tg-me.com/trm_metodika/963
Last Update:
🧠 Diqqatni jamlash uchun neyrogimnastika mashqlari
So'nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, internetdagi qisqa videolar insonlarning diqqatni jamlash qobiliyatini qiyinlashtirmoqda.
Diqqatni jamlashning maksimal vaqti har bir yosh uchun taxminan yoshiga qarab 2-5 daqiqalik o‘lchamga ega.
Masalan, 5 yoshli bola 10-15 daqiqa, 10 yoshli bola esa 20-25 daqiqa e’tiborini jamlay oladi.
Ammo bu shaxsiy farqlarga ham bog‘liq bo‘lib, mavzuning qiziqarli yoki mos ekanligi diqqatni jamlash davomiyligiga sezilarli ta’sir qiladi.
➖ 2-3 yosh: 4-6 daqiqa
Ular tez chalg'ib ketadi, qisqa va qiziqarli mashg'ulotlar talab qilinadi.
➖ 4-5 yosh: 7-10 daqiqa
Diqqatni uzoqroq vaqt davomida jamlay oladi, lekin ko‘p tanaffus talab etiladi.
➖ 6-7 yosh: 10-15 daqiqa
Maktabga kirish davrida diqqatni ushlab turish yaxshilanadi, ammo vizual yoki amaliy faoliyat yordamida samaradorlik oshadi.
➖ 8-10 yosh: 15-20 daqiqa
Bu yoshdagi bolalar ko‘proq ma’lumotni qabul qila oladi, lekin faoliyatning xilma-xilligiga ehtiyoj seziladi.
Navbatdagi neyrogimnastika o‘yinimiz bolalarda diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Kanalga ulanish:👇
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.trm_metodika
BY TRM Metodik yordam
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/trm_metodika/963