tg-me.com/seul_global_markazi/1618
Last Update:
Biz Koreyada farzand tarbiya qilar ekanmiz, eng muhim ishimiz bolani ruhan sog'lom qilib tarbiyalash kerakligini angladim.
Ruhan sog'lom bola kim?
Ruhan sog'lom bola - bu o'zidan uyalmaydigan, ya'ni tashqi qiyofasidan, dinidan, hammaga o'xshash bo'lmaganidan uyalmaydigan, o'zini yaxshi ko'radigan bola desa bo‘ladi. Bu yerdagi o'zini yaxshi ko'radigan bola, egoistik ma'nodagi mazmun emas.
Buning uchun ota-ona bolasini qadrli ekanligini his qildirishi kerak.
Masalan, men har kun farzandimizdan "To maktabdan kelguningizcha qaysi ovqatni qilay" deb so'rayman. Bolamiz yaxshi ko'radigan ovqatini aytadi. Shu ovqatni tayyorlab qo'yaman. Qozonda yaxshi ko'radigan ovqatini ko'rib, xursandligidan ko'zlari yonib ketadi.
Bu sekin-sekin bola o'zini qadrli ekanligini his qilib, borgan sari ota-ona bilan aloqasi, o'zini yaxshi ko'ra boshlashi oson bo'ladi.
Ikkinchidan, ota-ona tomonidan har kuni bolaga quyida gapni(message)ni yetkazish kerak.
"Seni bizga Alloh bekorga yubormagan. SENGA BU DUNYONING EHTIYOJI BORLIGI UCHUN yuborgan".
Bola kattalashgan sari bu gap uning ichki motivatsiyasiga aylanadi, InshaAlloh.
@seul_global_markazi
BY Seul Global Markazidagi tajribam
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/seul_global_markazi/1618