tg-me.com/qmtu_express/6254
Last Update:
Joriy yilning 2-aprel kuni "Qoβqon lokomotiv deposi" filialida βQoβqon MTUβ filiali bosh muhandisi U.R.Majidov, βQoβqon MTUβ filiali boshligβi oβrinbosari Q.B.Ahmadjonov, Qoβqon MTU Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti bosh noziri A.I.Toshmatovlar boshchiligida va βQoβqon lokomotiv deposiβ filiali lokomotiv brigadalari va masβul xodimlar, VKS orqali stansiya boshliqlari ishtirokida muhokama yigβilishi boβlib oβtdi.
Yigβilishda oxirgi vaqtlarda poyezdlar harakat xavfsizligini buzilish holatlari aks etgan videoroliklar taqdim etilib, yoβl qoβyilgan xato kamchiliklar muhokama qilindi.
Kamchiliklarni bartaraf etilish boβyicha yuzaga keladigan muammolar yuzasidan barcha ishchi xodimlar bilan ochiq muloqot oβtkazilib, savollarga javoblar berildi.
Mutasaddilarga muammolarni bartaraf etish boβyicha tavsiyalar berildi va lokomotiv brigadalariga bilimlarni doimiy oshirib borish, harakat davomida hushyor va eβtiborli holda harakat xavfsizligini taβminlash alohida taβkidlab oβtildi.
Mazkur muhokama yigβilishi xizmat sifatini oshirish va harakat xavfsizligini taβminlashga xizmat qiladi.