Telegram Group Search
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” bo‘lib o‘tdi

Yoshlar oyligi doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Zakovat klubi hamkorligida “Vazir kubogi” tashkil etildi.

Musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi.

O‘yin yakuniga koʻra:

🥇1-o‘rinni - Vazirlik markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi;
🥈
2-o‘rinni - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi;
🥉
3-o‘rinni - “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi egalladi.

🏆 G‘olib jamoa — “Blockchain” vakillariga Vazir kubogi topshirildi.

Shuningdek, gʻolib jamoalar medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tahlil”ning sirli boshlovchisi kim?

Loyihaning 4-sonida Chempionlar kubogi hamda Professional liganing amaldagi g‘olibi — Benom jamoasining o‘yinidagi yutuq va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar hamda Talabalar ligasi g‘oliblari taqdirlandi!

9 oy davomida o‘tkazilgan har uchala liganing 2023/24-o‘quv yili g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ligalarda mos ravishda quyidagi jamoalar g‘alaba qozondi:

O‘quvchilar ligasi:

1-o‘rin: Geksagon (Pop tumani 67-IDUM);
2-o‘rin: U-17 (To‘raqo‘rg‘on tumani 17-DIMI);
3-o‘rin: PI (Ishtixon tumani 48-maktab).

Talaba-o‘quvchilar ligasi:

1-o‘rin: Uzbek Power (Qashqadaryo yuridik texnikumi);
2-o‘rin: Vast idea (TDTU Olmaliq filiali  akademik litseyi);
3-o‘rin: Major Pride (IIV Farg‘ona akademik litseyi).

Talabalar ligasi:

1-o‘rin: Dream team (BDTI);
2-o‘rin: JIDU;
3-o‘rin: Gallaktikos (URDU).

G‘olib jamoalar book reader, kitoblar, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi Zakovatni tomosha qilib ham pul ishlash mumkin!

Zakovat teleo‘yini muxlislari uchun ajoyib yangilik! Yozgi mavsumdan boshlab har o‘yinda boshlovchi tomonidan muxlislar uchun alohida 2 ta savol o‘qib boriladi. Ushbu 2 savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan tomoshabin 4 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Muxlislar har ikkala savolning javobini bitta xabarda @zakovattanlov_bot telegram botiga jo‘natishlari talab etiladi. 2 ta savolga alohida jo‘natilgan javoblar qabul qilinmaydi.

Yozgi mavsum o‘yinlari tez kunda boshlanadi! Zakovat klubi kanalini kuzatib boring.

@zakovatharakati
Forwarded from Zakovat harakati
Diqqat, ajoyib e’lon! 🤩

#ZakovatYaqinlashtiradi
heshtegi ostida Zakovat tufayli do‘st, dugona, yor, jufti halol topganingiz haqida o‘z hikoyangizni yozing va bizni belgilang!

Eng qiziqarli hikoyalar bilan biz shu kabi roliklar tayyorlaymiz va barcha bilan bo‘lishamiz!

@zakovatharakati
👮🏻‍♂Milliy gvardiyachilar o‘rtasida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi

🏆Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda Zakovat klubi hamkorligida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida Zakovat o‘yini o‘tkazildi

🥳 Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchi, xodim, kursant hamda o‘quvchilardan tashkil topgan jami 30 ta jamoa qatnashgan musobaqada sovrinli o‘rinlarni quyidagi jamoalar egalladi:

🥇1-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universitetining “Favorit” jamoasi
🥈2-o‘rin: “Qalqon” brigadasining “Everest” jamoasi
🥉3-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universitetining “Alfraganus” jamoasi

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2024/06/25 04:27:49
Back to Top
HTML Embed Code: