Telegram Group Search
💪🏻 Zakovat o‘yini bo‘yicha Yoshlar kubogi bo‘lib o‘tdi!

🚫 Musobaqa 26-iyun - Хаlqаrо giyohvandlikka qarshi kurаsh kuniga bag‘ishlab respublikamizning ko‘plab hududlarida tashkil etildi

🏆 39 ta jamoa ishtirok etgan Toshkent shahridagi o‘yinda No Surprises jamoasi 1-o‘rinni egallab, Yoshlar kubogini qo‘lga kiritdi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐

“Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik.

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

@zakovatharakati
Kecha Zakovat yozgi mavsumi doirasida shou o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida teletomoshabinlar uchun birinchi bor maxsus tanlov o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan teletomoshabinlarimiz tomonidan yuborilgan javoblar ko‘pligidan yaxshi ma’noda hayratda qoldik, aftidan Telegram ham. Chunki Telegramda efir vaqtida botdan foydalanuvchilar soni keskin oshib ketganidan so‘ng kichik texnik muammolar kuzatildi. Ammo bu muammolar tezda bartaraf etildi va barcha javoblar vaqtida qabul qilindi. Zakovat butun mamlakatda shunday qiziqishga sabab bo‘lganidan xursandmiz va buning uchun siz — aziz muxlislarimizdan minnatdormiz.

Hozirda tanlov g‘olibi kim bo‘lganligiga aniqlik kiritish maqsadida javoblarni o‘rganish jarayoni boshlandi. Tez orada biz g‘olib bilan bog‘lanamiz. G‘olib nomi Zakovat teleo‘yinining keyingi efirida e’lon qilinadi. Shu sababli keyingi juma kunida efirga beriladigan o‘yinni o‘tkazib yubormang. Tanlov qoidalarida yozilganidek, savollar uchun javoblar o‘yin efirga ketganidan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi, bot bu vaqt davomida ishlab turadi.

Ko‘rsatgan faolligingiz uchun sizga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz.

@zakovatharakati
🏆 Neologizm cup turniri bo‘lib o‘tdi

44 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada Abdulaziz Sultonov muallifligidagi 36 ta savol o‘ynaldi

🥇36 ta savoldan 26 ochko to‘plagan Jobir Ahmedov jamoasi 1-o‘rinni egalladi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatchilar yana nimani boshlashdi? 🤫🧐

Bu videoda nima sodir bo‘layotganini birinchi bo‘lib topgan bilimdonimizga kichik sovg‘amiz bor 🙌🏻😉😃

Javoblarni izohlarda yozib qoldiring 😉

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2024/06/29 11:59:10
Back to Top
HTML Embed Code: