tg-me.com/javokhir_toshpulatov/602
Last Update:
“Tezroq oila qur!”
Uylanmagan do’stlarim bilan suhbatlashamiz. Ular oila, farzand tarbiyasi va erkaklik burchlarini ba’zi uylanganlardan ko’ra yaxshiroq his qilishadi.
Biz ta’limdagi insonlarmiz. Uylanib farzand tarbiyasini eplay olmasdan farzandi qanchalik ularni qiynayotganini ko’ramiz.
Bog’bonni xatosini bog’mon, sartaroshnikini sartarosh va tarbiyadagi xatolarni esa tarbiyachi ko’radi.
Hayotni kichik sinovlarini kuchli zarbadek qabul qilib ajrashayotgan oilalarni ko’ramiz. Qiynalayotganlar esa bolalar.
Ayolni eri oldidagi haqqi, erni esa ayolini oldidagi. Bularga e’tibor bermasdan yashab kamiga nima bo’lsa ham tezroq oila qurishni maslahat berayotgan insonlarga,
Oilasi parokanda. Ammo turmush o’rtoq tanlashni o’rgatayotgarga esa chidab bo’lmaydi. So’ralganda berilgan maslahat bu boshqa.
Bularni har kuni ko’rib yashayotganlar tabiiy ehtiyot bo’lishadi. Bu degani ular harakat qilmayapti degani emas.
Ular ehtiyotkor bo’lishadi.
Bu ularni oila masuliyatidan qochayotganini bildirmaydi. Hadisga e’tiborsizligini ham.
Shunchaki jamiyat qilayotgan ba’zi xatolardan xulosalar olib harakatlanayotgan bo’lishi ham mumkin.
Oddiy va umumiy qoida bor. Loyiq bo’lganing keladi. Moddiyat qo’rquviga o’xshab ko’rinayotgan harakatlar Ohirat qo’rquvidan bo’lishi ham mumkin.
Oilasizlarni orzusidagiga loyiq bo’lib olishlari uchun vaqt bering.
@javokhir_toshpulatov
BY Javokhir Toshpulatov | Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/javokhir_toshpulatov/602