tg-me.com/javokhir_toshpulatov/595
Last Update:
Gap va amal
15 daqiqa kech qolgan o’quvchilarimni, qolganlarning vaqtiga xiyonat qilganlikda aybladim. Vaqt qadri haqida o’zimcha nimalarnidir tushuntirdim.
O’sha kuni, o’sha darsda qolgan 30 minut va undan keyingi shu sinfdagi 1 soat darsimni qo’shib o’zimga bog’liq bo’lmagan sabab bilan o’ta olmay qoldim.
Muhim ish bilan chaqirib qolishdi. Yangi mavzuni esa matematikani to’liq tugatgan o’quvchimdan o’tib qo’yishini aytib yubordim.
Aslida bu norma. Lekin bu ko’p yillik o’quvchilarim tomonidan qarasa norma. Chunki ular bilishardi men darsimni shunchaki tark qilmasligimni.
Lekin hali o’qitayotganimga bir yil bo’lmagan o’quvchilarim uchun bu holat hurmatimning bir parchasi ketishiga sabab bo’ladi.
Endi men bu sinfdan kamida 3 ta xato qilish imkoniyati qarz bo’ldim. Aniqrog’i: Endi bu sinf o’quvchilarini darsga vaqtida kelishlarini talab qilishim qiyinlashadi.
Voqealar ildizida albatta sabablar bo’ladi. Kim uchundir muhim sabab kimlar uchundir arzimasdek.
Vazifa qilmagan o’quvchida ham, kech qoladiganiga ham, hatto darsga kirmagan o’quvchida ham o’zi tomondan qarasa sabab bor.
U uchun muhim sabab, holis baho berganda muhim bo’lmasligi mumkin. Bu o’sha insonning mas’uliyati va o’ziga nisbatan talabchanligidan kelib chiqib belgilanadi.
Xulosa
1. O’zimizga nisbatan talabchan bo’la olmasak, qo’l ostimizdagilarga nisbatan ham talabchan bo’la olmaymiz.
2. Ba’zi insonlarning noroziligidan qochib ko’plab haqdorlarning haqqini unutib qo’yamiz.
3. Gapimiz bilan amalimiz to’g’ri kelmasa gapimiz ta’siri ham, e’tibori ham bizni hurmat qiladiganlar oldida yo’qolib boraveradi.
@javokhir_toshpulatov
BY Javokhir Toshpulatov | Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/javokhir_toshpulatov/595