tg-me.com/hasankhojaBlog/1734
Last Update:
9. Bir akamiz maktab qurishni reja qilayotgan ekanlar. Maslahatga keldilar. Ular bilan ham uzoq suhbat qildik. Barcha savollariga javob berib, ularni ham jo‘natdik.
10. Juma kuni hayriya aksiyasini o‘tkazgan edik. Shunda yig‘ilgan pullarni jamladik. “Taskin” bolalar hospisi rahbarlarini chaqirib, yig‘ilgan pullarni berdik. Jami 18,5 million so‘m pul yig‘ilgan ekan. Ular ham juda xursand bo‘lib olib ketishdi.
11. Bir ustozimiz keyingi yili robototexnika to‘garagini o‘tkazish uchun kursga borishlari va kerakli narsalarni sotib olishlari kerak edi. Shu masalani ham suhbatlashib hal qildik.
12. “World Scholar’s Cup” musobaqasining global bosqichi uchun Qatarga borishimiz kerak edi. Bir o‘quvchimiz ota-onasidan ruxsat so‘ray olmayotganini aytib, bizdan so‘rab berishimizni iltimos qildi. Uning ota-onasi bilan suhbatlashib, masalani hal qildik. O‘quvchimiz juda xursand bo‘ldi. U yerga boradigan yakuniy ro‘yxatni tuzdik.
13. Matematika ustozlarimiz milliy sertifikat imtihoniga kirishgan edi. Ular bilan ham bu imtihon qanday o‘tganligi haqida suhbatlashdik.
14. Sifat nazorati bo‘limi rahbari bilan maktabning yangi mobil ilovasi va undagi ba’zi funksiyalar haqida fikr almashdik.
15. Seven School maktabi direktorimiz bilan u yerdagi 2–3 ta masala bo‘yicha telefonda gaplashib, muammolarga yechim topdik.
16. Seven Schooldan 3 ta ota-ona telefon qilishdi. Ular bilan suhbat qilib, muammolarga yechim qildik.
17. Iyul oyida Amerikaga matematikadan musobaqaga borish bo‘yicha mas’ul inson bilan tashkiliy masalalarni muhokama qildik.
Yana boshqa maishiy va kunlik vazifalar, 5–6 ta shaxsiy qo‘ng‘iroqqa javob berish, rafiqam bilan suhbatlashish kabi ishlar bilan vaqt o‘tdi. Tushlik va choyga vaqt ajratish imkoni bo‘lmadi.
O‘quvchilarimiz maktab saytini yaratishgan edi. Ular taqdimot qilishmoqchi bo‘lib kutishdi, ammo ularga vaqt yetmadi.
Shu bilan soatga qarasam, 21:00 bo‘libdi. Uyga borib, farzandlarim bilan do‘konga chiqib, soat 23:00 da uhlab qolibman.
O‘ylab qarasam, kunim “gaplashish” bilan o‘tibdi.
P.S. Hurmatli direktorimiz, tezroq o‘z joyingizga qayting...
26.05.2025,
Sodiq school
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/hasankhojaBlog/1734