Telegram Group & Telegram Channel
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Majlis Yaqinda maktabimizda ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shu o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yili uchun rejalarning hisobotini taqdim etdik. Baraka topishsin, ko‘pchilik ota-onalar vaqt ajratib, yig‘ilishga tashrif…
Kechagi bir kun haqida...

Kecha maktabda vaqtincha direktor vazifasini bajardim. Direktorimiz 2 kunlik ta’tilga chiqqan edilar. Kun shunday tez o‘tdiki, qanday qilib ish vaqti tugab qolganini sezmay ham qoldim. Quyidagi ishlar bilan vaqt o‘tdi:

1. Uchta ota-ona bilan suhbat qildim.
 – Birinchisi: 9-sinf o‘quvchimiz futbolga qiziqar ekan. Otasidan futbol klubiga olib borishini anchadan beri iltimos qilib kelar ekan. Otalari ham yoshlikda futbolchi bo‘lganliklari bois, tanishlaridan borib so‘rabdilar — potensiali bormi, tortib keta oladimi, deb. Murabbiy tanishlari ham imkon berish kerak deb aytgan ekan. Shu masala bo‘yicha maslahatlashdilar. Uzoq suhbat qurdik. Yakunda otalari bilan fikrimiz bir joydan chiqdi: 3 ta shart asosida bolaga imkon berish kerakligini ta’kidladik:
  1) matematikani davom ettirish;
  2) ingliz tilini o‘rganishda davom etish;
  3) ertalabgi vazifalarini tark qilmaslik.
 Agar xohish ichidan kelayotgan bo‘lsa, u ishni sevib qiladi. 1 yil kuzatib, keyin yakuniy xulosaga kelamiz dedik. Bu yilgi o‘quv yilini tugatib, u yerga borishi to‘g‘riroq degan qarorga keldik. Otalari ham xursand bo‘ldilar.

 – Ikkinchi o‘quvchimizning onalari Andijondan kelgan ekanlar. Farzandlari 10-sinfda o‘qiydi. “Keyingi yil qaytib ketsakmikan?” degan fikrga kelib, maslahatlashgani kelgan ekanlar. Avval ular bilan biroz suhbat qurdik. Bu fikrga kelishga sabab bo‘lgan holatni so‘raganimda: “O‘g‘lim o‘zi xohlayapti, biroz xavotirlari bor,” degan fikrni berdilar. Keyin o‘quvchini ham chaqirdik — o‘zidan so‘rab ko‘rish maqsadida. Ingliz tili va matematikadan biroz orqada ekanligi, qo‘shimcha shug‘ullana olmayotgani, keyingi yili o‘qishga kirishi kerakligi, ammo tayyorgarligidan ko‘ngli to‘lmayotganini aytdi. U bilan shug‘ullanishi uchun 2 ta alohida ustoz tayinlab bersak, qo‘shimcha shug‘ullansa, 2 oy kanikulda ham bosib shug‘ullansa, yaxshi imkon bo‘lishini taklif qildik. Bolaga ma’qul keldi. O‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi. Onalari ham ko‘ngillari xotirjam bo‘lib qaytib ketdilar.

 – Uchinchi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat bizning tashabbusimiz bilan bo‘ldi. O‘quvchimiz sigaret bilan qo‘lga tushgan va bu holat takrorlanganligi, boshqa kechirilmasligini aytib, maktabdan ketkazish masalasi ko‘tarildi. Ota-onaga vaziyatni tushuntirdik, uyda ham o‘zini nazoratga olishi kerakligini aytdik. Ammo maktabda bu holatlardan maksimal himoyalash uchun, maktab muhitini saqlash uchun, boshqa bolalarni ham bundan himoyalash uchun chora sifatida bu kabi o‘quvchilar bilan davom ettira olmasligimizni tushuntirdik. Juda katta iltimoslar bilan qolishini so‘rashganida ham, bunday qila olmasligimizni aytib xayrlashdik.

2. To‘rtta o‘quvchi shaxsiy masalasi bilan kirdi, ular bilan ham qisqa suhbat qilib, yechim topdik.

3. Bir shogirdimiz shaxsiy va oilaviy masaladagi muammosi tufayli maslahatga kelgan ekan. U bilan suhbat qilib, u xursand bo‘lgan yechim bilan suhbatni yakunladik.

4. Bir yangi xodim ukamiz bilan suhbat qildik. Katta qarzga kirib qolgan ekan. Sabablarini so‘rab aniqladik. Muammoni qanday yechish haqida gaplashib, kelishib oldik. Yordam berishimizni, faqat kelishuvga xilof ish qilmasligini ta’kidladik.

5. Yangi sifat nazorati bo‘limiga qabul qilingan singlimiz bilan suhbat qildik. Maktab ulardan nima kutayotganini, maktabning missiyasi va maqsadlari haqida savollariga javob berdim. Ular ham suhbatdan mamnun bo‘lib chiqdilar.

6. Bir ona telefon qilib, farzandlari bir masalada ikkilanayotganini aytib, “Yonimga kirsa, yordam bera olasizmi?” deb iltimos qilgandilar. U bola bilan ham suhbatlashib, masalaga chiroyli yechim topgandek bo‘ldik. Onalari ham xursand bo‘lganlarini yozib yuboribdilar.

7. Bir xodim-shogirdimiz uylanish masalasida kichik muammo bo‘layotgan ekan. Shu bo‘yicha suhbat qildik. Yana birida sovchilar rad javobini berayotgan ekan, shu bo‘yicha suhbatlashdik.

8. 2023-yilgi bitiruvchimiz ham uylanish masalasida maslahat so‘ragani kelibdi. U bilan ham suhbat qildik.

tg-me.com/hasankhojaBlog/1733
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/hasankhojaBlog/1733

View MORE
Open in Telegram

Hasankhoja Muhammad Sodiq Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Start with a fresh view of investing strategy. The combination of risks and fads this quarter looks to be topping. That means the future is ready to move in.Likely, there will not be a wholesale shift. Company actions will aim to benefit from economic growth, inflationary pressures and a return of market-determined interest rates. In turn, all of that should drive the stock market and investment returns higher.

Telegram Gives Up On Crypto Blockchain Project

Durov said on his Telegram channel today that the two and a half year blockchain and crypto project has been put to sleep. Ironically, after leaving Russia because the government wanted his encryption keys to his social media firm, Durov’s cryptocurrency idea lost steam because of a U.S. court. “The technology we created allowed for an open, free, decentralized exchange of value and ideas. TON had the potential to revolutionize how people store and transfer funds and information,” he wrote on his channel. “Unfortunately, a U.S. court stopped TON from happening.”

Hasankhoja Muhammad Sodiq from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM USA