tg-me.com/hasankhojaBlog/1719
Last Update:
Matematikani biladiganlar funksiya degan tushunchani yaxshi bilishadi. Funksiya siz o`ylagandek juda oddiy emas shunday funksiyalar borki kichik vaqt oralig`ida qarasangiz na o`sayotgan bo`ladi na kamayayotgan bo`ladi(rasmga qarang). Lekin uzoq vaqt oralig`iga qarasangiz o`zgarishni ko`rasiz. Buni 2 qadam oldinga bir qadam orqaga yoki 1 qadam oldinga 2 qadam orqaga deb tushunsangiz bo`ladi.
Davlatlarda ham shunday har bir vaqt oralig`ida hammasi yaxshi ketayotgandek tuyuladi, lekin umumiy olib qarayotganda cho`kayotgan bo`ladi. Yoki teskarisi cho`kayotgan kabi ko`rinib kuchayayotgan bo`ladi.
Rivojlangan davlatlarda uzoq vaqt davomida grafikda ko`tarilishni asosiy sababi ularda ilm egalari ko`pligi deb o`ylayman. Chin olimlar (diplomi boru ilmi yo`qlar olim emas) millat kelajagini ko`ra oladi, ya'ni umumiy grafikda cho`kib cho`kmayotganligini his qila oladi va millatni to`g`ri yo`lga boshlashga harakat qiladi. Agar shunday olimlar ko`p bo`lsa millat asta sekinlik bilan yuksaladi agar ular soni kam bo`lsa millat cho`kishda davom etadi.
Xo`p ayrim millatlarda haqiqiy ma'nodagi olimlar ko`paymasligini asosiy sabablari nimalar deb o`ylaysiz?
Men ayrim muhim sabablarini bilaman lekin yozsam yoshlar xafa bo`lib qolishadi, axir biz ham pul topib yaxshi yashashimiz kerakku deyishadi, boshqalardan yaxshiroqmizku deyishadi va oxirida toshingni ter ilm qilib millioner bo`ldingmi, mana biz ilm qilmasdan sendan boymiz deyishadi.
Qo`shimcha qilaman boylikni pul bilan o`lchagan millat umumiy grafikda cho`kayotgan bo`ladi.
@karimraximov
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/hasankhojaBlog/1719