Telegram Group & Telegram Channel
ALLOH BILAN TIJORAT

Ali Tantoviy rohimahulloh aytadi:

"Bu voqea o‘tgan asrning taxminan yetmishinchi yillarida Dimashqda sodir bo‘lgan. Katta savdogarlardan biri saraton bilan og‘rib qoladi. Bizning diyorlarda davolanishning iloji bo‘lmagani sababli odatdagidek davolanish uchun Amerikaga bormoqchi bo‘lishadi. Tahlil va analizlardan so‘ng davolanishning foydasi yo‘qligini, kasallik butun tanaga tarqalganligini aytishadi. Biror-bir umid uchquni qolmagan edi.

Amerikalik shifokor bemorga bir oylik umri qolganini, vataniga qaytib o‘sha yerda oilasi bag‘rida vafot etishini ochiq aytadi. Qolgan kunlarini g‘animat bilishini, istagan va yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti bilan mashg‘ul bo‘lishini aytadi.

Savdogar uyiga qaytdi. Qolgan bir oyning ham uchdan ikkisi qolgan edi. U o‘limini kuta boshladi.

Yomg‘irli kunlarning birida qalbida tanglik his qilib uyni tashlab ko‘chaga chiqdi. Yo‘lakdan yurib borayotib toliqdi. Nafas rostlash uchun yo‘lakning chetida o‘tirdi.

Yo‘lakda bir yosh juvon bilan ko‘rinishidan boy-badavlatligi bilinib turgan go‘zal yigit gaplashib turar edi. Yigit og‘zidagi saqichni egilib olib chaynar edi. Yigit bemor savdogarga e’tibor ham bermadi. Aftidan u juvonni pul bilan domiga tushirib nafsini qondirmoqchi edi. Yigit bilan faqir juvon qilayotgan past ovozli suhbatdan savdogar shuni angladi. Juvon yigitga molga, nonga ehtiyoji borligini aytar edi. Uni farzandlari bilan ijarada turgan joyidan ijarachi haydab chiqargan ekan. Yigit juvonning gaplariga ishonmadi. Juvon eski uyning ijarasini to‘lay olmabdi.

Yigit juvon talab qilgan pulni bermadi. U juvonning ozg‘in tanasiga arzimagan pul evaziga ega chiqmoqchi edi. Juvon u pulga ko‘nmagach yigit uni tashlab ketdi.
Savdogar juvonga yaqinlashib so‘radi:
- Qizim, kechirasiz! Sizga nima bo‘ldi? Boshingizga tushgan hodisani so‘zlab bera olasizmi? Bu ishni qilishga sizni nima majbur qildi?
Juvon dedi:
- Ijarachi bizni farzandlarim bilan uydan haydab chiqardi. Farzandlarim ko‘chada qolgan. Erim qamoqda. Uning ahvolidan bexabarman. Bizga ko‘rsatishmaydi. Mening boshqa hech kimim yo‘q.
Juvon Allohning nomi bilan qasam ichib aytdiki, bu ishga birinchi marta majbur bo‘layotgan ekan. Hatto shuning ham uddasidan chiqa olmadim, dedi.
Savdogar dedi:
- Ey qizim! Agar men sizga butun umr nafaqa berib tursam, farzandlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga yetarli mablag‘ berib tursam menga nima va’da bera olasiz?
Juvon dedi:
- Istagan narsangizni so‘rang.
Savdogar dedi:
- Men sizdan bitta narsa so‘rayman. Bir umr tanangizni haromga sotmaysiz. Men sizni va farzandlaringizni kafillikka olaman.
Juvon dedi:
- Men roziman.
Savdogar dedi:
- Bu ishni qaytib qilmasligingizga kafilingiz bormi?
Juvon dedi:
- Alloh taolo kafilim bo‘lsa shunga rozimisiz? Men butun umr bu ishni qilmaslikka, va’damni bajarishga Allohni guvoh qilaman. Mana bu qiyin holatda turganimda sizni yuborgan Allohga hamd aytaman.
Savdogar dedi:
- Kelishdik. Menga manzilingizni tushuntiring. O‘zingiz uyingizga, farzandlaringiz oldiga boring. Men keyinroq uyingizga boraman.

Savdogar darhol uyiga qaytdi. Xonasiga kirib bir varaqqa vasiyatini yozib uni seyfga qo‘ydi. Vasiyatda shunday yozilgan edi:
"Aziz farzandlarim! Sizlarga butun umr, mendan keyin varaq ostidagi manzilga har oy besh kishiga yetarli mablag‘ yuborib turishingizni vasiyat qilaman".

So‘ngra bir qancha pul va turli jihozlarni katta mashinaga ortib juvonning uyi tomon yo‘l oldi. Uy egasiga to‘lanmay qolgan ijara pullarini to‘ladi. Keyingi uch yillikni ham qo‘shib to‘ladi. Yana ayolning barcha qarzlarini ham to‘ladi.

O‘sha kuni savdogar juvonning uyidan qalbi farahga to‘lib qaytdi. U o‘limi oldidan qilgan xayrli ishidan shod edi. Shifokor aytgan vaqt ham keldi. Ammo savdogar o‘lmadi. Birinchi oylikni olib juvonning uyiga bordi. Oylikni berib darhol uyiga qaytdi.

Kunlar- oylar o‘tdi. Ammo u o‘lmadi. U oyma-oy mablag‘ni o‘zi juvonnikiga olib borib berib turdi. Yillar o‘tdi. Ammo u o‘lmadi. Vasiyat yigirma yildan ortiq vaqt seyfda qolib ketdi.

Savdogarimiz bir kuni tongda bomdodni o‘qidi. Xushu’ bilan Allohga sajda qildi.

tg-me.com/hasankhojaBlog/1672
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/hasankhojaBlog/1672

View MORE
Open in Telegram

Hasankhoja Muhammad Sodiq Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Telegram has exploded as a hub for cybercriminals looking to buy, sell and share stolen data and hacking tools, new research shows, as the messaging app emerges as an alternative to the dark web.An investigation by cyber intelligence group Cyberint, together with the Financial Times, found a ballooning network of hackers sharing data leaks on the popular messaging platform, sometimes in channels with tens of thousands of subscribers, lured by its ease of use and light-touch moderation.

Telegram is riding high, adding tens of million of users this year. Now the bill is coming due.Telegram is one of the few significant social-media challengers to Facebook Inc., FB -1.90% on a trajectory toward one billion users active each month by the end of 2022, up from roughly 550 million today.

Hasankhoja Muhammad Sodiq from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM USA