tg-me.com/comp_sim_uz/1032
Last Update:
🚀 Ilmiy guruhimizdan yana bir quvonchli yangilik!
PhD talabam Akbar Qodirov o‘tgan yili yutib olgan grant doirasida bir oylik stajirovka uchun Malayziyadagi Sunway Universitetiga jo'nab ketdi.
Akbar kompyuter simulyatsiyasi yordamida turli xil ion suyuqliklarda zararli gazlarning yutilishini o‘rganmoqda. Bu tadqiqotlar atmosferadagi zararli gazlarni samarali tutib qolish uchun nihoyatda muhim bo‘lib, ekologik muammolarga yechim bo‘lishi mumkin. Bu yo‘nalish guruhimiz uchun yangi bo‘lib, dastlabki natijalar (Fluid Phase Equilibria jurnalida chop etilgan) shuni ko‘rsatdiki, ba’zi gazlar yuza interfeysida, boshqalari esa ion suyuqlikning ichki qismida yig'iladi. Bunday xususiyati membrana asosidagi ajratish texnologiyalarida ishlatish imkonini beradi.
2023-yilda Isfahonda bo‘lib o‘tgan Mustafa Award marosimida Prof. Mohamed Kheireddine Aroua bilan tanishganman. U CO₂ yutilishi, membrana orqali ajratish va biodizel ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biridir. Hamkorlik qilishga kelishib olgan edik — oradan ikki yil o‘tib ushbu guruhda tashrif amalga oshirilmoqda.
🔬 Akbar stajirovka davomida eksperimental tadqiqotlar olib boradi va o‘z simulyatsiya ishlariga tajriba natijalarini qo‘shadi.
Men Prof. Arouaga yordami uchun, hamda Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlariga moliyaviy qo'llab quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bunday tashriflar — talabalar uchun ilmiy networking shakllantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda juda muhim rol o'ynaydi.
Umid qilamizki, ion suyuqliklar kelajakda atrof-muhitni himoya qilish texnologiyalarida keng qo‘llaniladi.
BY Computer_simulations_Uz
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/comp_sim_uz/1032