tg-me.com/bmtu_press/26810
Last Update:
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ bosh muhandisi SH.T. Kadirovning 2025-yil 17-may kunidagi 312-NZ-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Tinchlik lokomotiv deposining Mexnat muxofazasi bo'yicha muhandisi hamda xodimlar bo'limi boshlig'i tomonidan:
Joriy yilning 10-iyun kuni Uchquduq-2, Karak-ata, Qizilquduq, bekatlarida joylashgan lokomotiv brigadalar dam olish uyi hamda Uchquduq-2 aylanma deposi teplovozlarni ta'mirlovchi chilangarlar, depo navbatchilari, bekatlarda faoliyat yuritayotgan lokomotiv brigadalar va yordamchi xo'jalik ishchilarining ish faoliyati qolaversa joylardagi tozalik ishlari o'z vaqtida olib borilayotganligii yaqindan o'rganildi, usta va brigadirlarning TNU-19 kitobi va xizmat vazifasini olib borishi ko'zdan kechirildi. “Yong'in xavfsizligi oyligi” doirasida Chilangarlar, lokootiv brigadalar,depo navbatchilari ishtirokida qizg'in savol-javob tarzida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Tinchlik lokomotiv deposida “Yong'in xavfsizligi oyligi” da barcha xodimlar faol ishtirok etmoqda.
Telegram