tg-me.com/bmtu_press/25719
Last Update:
Bugun 26 mart 2025 yil, chorshanba.
➡️ BAYRAMLAR:
🌏 Epilepsiya haqida xabardorlik kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇦 Ukraina - Milliy gvardiya kuni.
🇲🇱 Mali - Demokratiya kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh, Gavayi orollari - Kuxio kuni.
➡️ VOQEALAR:
- 1162 - Frederik I Barbarossa qo'shinlari Milanni egallab olishdi.
- 1328 - Ivan Kalita Kostromada O'zbekxondan yorliq oldi.
- 1351 - Bretanda “O‘ttizlar jangi” bo‘lib o‘tdi.
- 1668 - Angliya Bombeyni nazorat qilish huquqini oldi.
- 1828 - Frans Shubert tomonidan yagona mualliflik kontserti bo'lib o'tdi.
- 1845 - AQShda tibbiy plastirga patent olindi.
- 1871 - Parij Kommunasi kengashi saylandi.
- 1881 - Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
- 1899 - Nemis arxeologi Koldevey Bobil qoldiqlarini aniqladi.
- 1934 - Britaniyada avtomobil haydash uchun imtihon topshirish joriy qilindi.
- 1937 - Dunyodagi birinchi animatsion qahramon - dengizchi Papayaga haykal o'rnatildi.
- 1945 - Sovet Ittifoqi Qahramoni Sobir Rahimov vafot etdi.
- 1960 - Yangi futbol turniri - Kubok egalarining kubogi ta’sis etildi.
- 1971 - Bangladesh Respublikasi e’lon qilindi.
- 1995 - Umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra I. A. Karimovning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
- 1995 - Yevropaning besh davlatida Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
- 1998 - Buxoroda ma‘rifatparvar yozuvchi Abdurauf Fitrat haykalining ochilish marosimi bo‘ldi.
- 1998 - Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar" telekanalini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori chiqqan.
- 2000 - Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining ikkinchi prezidenti etib saylandi.
- 2001 - Afg'onistondagi hukmron Tolibon harakati vakillari jurnalistlarga Bomiyon viloyatidagi qoyalarga o'yilgan Buddaning ikkita vayron qilingan ulkan haykalini ko'rsatishdi.
- 2003 - Marsda muzlagan dengiz topildi.
- 2004 - O‘zbekistan Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil etildi.
- 2017 - Aleksey Navalniy tashabbusi bilan Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy aksiyalar Rossiyaning 80 dan ortiq shaharlarida o‘tkazildi.
➡️ TAVALLUDLAR:
- 1483 - Rafael (28-mart yoki 6-aprel ham bo‘lishi mumkin 1520) - italyan rassomi va me’mori.
- 1835 - Aleksandr Litovchenko - rus rassomi, akademik.
- 1849 - Arman Pejo (1915) - fransuz avtomobilsozi, “Pejo” firmasi asoschisi.
- 1875 - Robert Frost (1963) - amerikalik shoir, to'rt karra Pulitser mukofoti laureati
- 1900 - Aleksandr Lizyukov - Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1905 - Kukles Isaak (1981) - matematik olim, O’zbekiston FA muhbir a’zosi(1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1957).
- 1913 - Pal Erdyosh (1996) - vengriyalik matematik.
- 1938 - Aleksey Petrenko - sovet va rus kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti.
- 1941 - Klinton Dokinz - britan etologi, biologi hamda ilmiy-ommabop asarlar muallifi.
- 1949 - Patrik Suskind - nemis yozuvchisi va ssenariy muallifi.
- 1951 - Aleksey Buldakov - sovet va rus kino va teatr aktyori, xalq artisti.
- 1958 - Voqif Sultonli - Ozarbayjon adibi, adabiyotshunos, tarjimon va publisist.
- 1962 - Shermuhamedova Niginaxon - oʻzbek faylasufi, metodologi, taʼlim sohasidagi mutaxassis.
- 1973 - Lourens Peyj - „Google“ qidiruv tizimining asoschisi (Sergey Brin bilan birga), 2011-yildan Google kompaniyasining ijrochi direktori, axborot texnologiyalari, hisoblash texnikasi sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder.
- 1985 - Metyu Grivers - amerikalik suzuvchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 7 karra jahon chempioni.
- 1985 - Kira Naytli - ingliz aktrisasi.
- 1994 - Freya Tingli - avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi.
- 1998 - Muborak Abdullayeva - o‘zbek aktrisasi.
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.bmtu_press
BY BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Share with your friend now:
tg-me.com/bmtu_press/25719