tg-me.com/bmtu_press/25681
Last Update:
Bugun 22 mart 2025 yil, shanba.
➡️ BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Butunjahon suv kuni.
🌍 Yevropa davlatlari – Boltiq dengizi kuni.
🌏 Xalqaro tyulenlar kuni.
🌏 Xalqaro taksi haydovchilari kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇿 O‘zbekiston - Mahalla tizimi xodimlari kuni.
🇩🇪 Germaniya - Berlin ayig'i kuni.
🇵🇭 Filippin - Emilio Aguinaldo kuni va Filippin armiyasining tashkil topgan yilligi.
🇱🇦 Laos - Xalq partiyasi kuni.
🇸🇽 Sint-Marten - Daraxt kuni.
🇵🇷 Puerto Riko - Ozodlik kuni.
➡️ VOQEALAR:
- 1314 - Fransiya qiroli Filipp IVning talabi bilan rim papasi Kliment V tampliyerlar ordenini tarqatib yubordi.
- 1613 - Puritanlar guruhi Angliyadan Amerikaga jo'nab ketishdi va u erda Bostonni qurishni boshlaydilar.
- 1633 - Galiley cherkov sudi oldida tiz cho‘kib, o‘z ilmiy qarashlaridan voz kechdi.
- 1675 - Grinvich observatoriyasi tashkil etildi.
- 1772 - Angliyada qullik bekor qilindi.
- 1841 - AQShda kraxmal ishlab chiqarish uchun patent olindi.
- 1848 - Venetsiya Avstriyadan mustaqilligini e’lon qildi.
- 1849 - Avstriya-Italiya urushi: Novara jangi.
- 1859 - Melburnda dunyodagi birinchi ishchilar partiyasi - Viktoriya siyosiy mehnat ligasi tuzildi.
- 1873 - Puerto Rikoda qullik ta’qiqlandi.
- 1874 - Katta tennis sporti tarixida birinchi o'yin bo'lib o'tdi.
- 1876 - Ispaniya konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1882 - AQSh Kongressi ko’pxotinlikni bekor qildi.
- 1888 - Londonda 12 ta futbol jamoasi Angliya Futbol ligasiga asos solishdi.
- 1894 - Stenli Kubogi uchun birinchi xokkey o’yini bo‘lib o‘tdi.
- 1894 - Dagomeya fransuz koloniyasi deb e’lon qilindi.
- 1895 - Parijda birinchi marta ommaviy film namoyishi bo'lib o'tdi.
- 1897 - Moskvada badiiy teatr ochildi.
- 1907 - London ko‘chalarida birinchi hisoblagichli taksilar paydo bo‘ldi.
- 1917 - AQSh birinchi bo‘lib Rossiya Muvaqqat hukumatini tan oldi.
- 1920 - Shusha (Tog'li Qorabog') shahrida armanlarni qirg'in qilish boshlandi.
- 1933 - Dachauda fashistik Germaniyada birinchi kontsentratsion lager ish boshladi.
- 1935 - Fors davlati Eron deb atalishni boshladi.
- 1943 - Fashistlar Belorussiyadagi Xotin qishlog‘ini yo‘q qilishdi.
- 1945 - Qohirada Arab mamlakatlari ligasi tashkil topdi.
- 1951 - SSSRda birinchi Markaziy televizion studiya tashkil etildi.
- 1995 - Valeriy Polyakov fazoda 438 kun bo’lib, Yerga qaytdi.
- 2016 - Bryusselda bir qancha terroristik aktlar sodir etildi.
- 2021 - Kolorado shtatining Boulder shahridagi supermarketda otishma, 10 kishi halok bo'ldi.
➡️ TAVALLUDLAR:
- 1181 - Umar ibn Ali Ibn al-Farid - arab shoiri.
- 1394 - Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon (1449) - Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruxning oʻgʻli. Buyuk Oʻzbek astronomi va matematigi.
- 1549 - Maksimilian I (1519) - Germaniya qiroli (1486-yildan), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1508-yildan).
- 1768 - Brayan Donkin (1855) - ingliz muhandisi, qog‘oz ishlab chiqarish dastgohini ixtiro qilgan.
- 1797 - Vilgelm I(1888) - 18-yanvar 1871-yildan german imperatori (kayzer).
- 1868 - Robert Endryus Milliken (1953) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1923).
- 1895 - Leonid Utyosov (1982) - qo‘shiqchi, aktyor, SSSR xalq artisti.
- 1905 - Nikolay Baskakov (1996) - Qoraqalpog‘istonda, Turkmanistonda, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori.
- 1915 - Georgiy Jjyenov (2005) - sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1931 - Berton Rixter (2018) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1976).
- 1948 - Endryu Lloyd-Uebber
ingliz bastakori.
- 1949 - Fanni Ardan - fransuz teatr va kino aktrisasi, rejissyor.
- 1958 - Valeriy Syutkin - sovet va rus qo'shiqchisi va musiqachisi, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1961 - Aleksandr Sekalo - rus musiqachisi, aktyor, prodyuser, teleboshlovchi.
- 1963 - Martín Alberto Vizcarra Cornejo - Peruning 67-chi va amaldagi Prezidenti.
- 1970 - Leontin van Morsel - niderlandiyaliki velosportchi, 4 karra Olimpiya va 8 karra jahon chempioni.
- 1981 - Gulsanam Mamazoitova - Oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti.
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.bmtu_press
BY BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Share with your friend now:
tg-me.com/bmtu_press/25681