tg-me.com/bmtu_press/25654
Last Update:
Bugun 20 mart 2025 yil, payshanba.
➡️ BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro baxt kuni.
🇺🇳 Xalqaro Fransuz tili kuni.
🌏 Butunjahon un kuni.
🌏 Xalqaro go'shtsiz kun.
🌏 Butunjahon chumchuq kuni.
🌏 Butunjahon qurbaqalar kuni.
🌏 Yer kuni.
🌏 Xalqaro astrologiya kuni.
🌏 Butunjahon hikoya qilish kuni.
🌏 Butunjahon xulq-atvorni tahlil qilish kuni.
🌏 Butunjahon bolalar va o'smirlar teatri kuni.
🌏 Butunjahon og'iz bo'shlig'i salomatligi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇯🇵 Yaponiya - Bahorgi tengkunlik kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Milliy daraxtlar festivali.
🇹🇯 Tojikiston - Madaniyat kuni va ijodkor ziyolilar kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy OIV/OITS haqida xabardorlik kuni.
🇳🇱 Niderlandiya, 🇧🇪 Belgiya - Muhandislar kuni.
🇮🇷 Eron - Neftni milliylashtirish kuni.
🇹🇳 Tunis - Mustaqillik kuni.
➡️ VOQEALAR:
- 321 - Rim imperatori Konstantin I yakshanba kunini bayram qilishni buyurdi.
- 1535 - Rossiyada birinchi pul islohoti o'tkazildi.
- 1792 - Fransiya Milliy Assambeliyasi qatl uchun gilotinadan foydalanishni ma’qulladi.
- 1815 - Napoleon I Elba orolidagi surgundan Parijga qaytdi.
- 1833 - Pushkinning “Yevgeniy Onegin“ romani nashr etildi.
- 1854 - AQShda respublikachilar partiyasi tashkil topdi.
- 1917 - Finlyandiya konstitutsiyasi qayta tiklandi.
- 1921 - Kansaz-Sitida Yolt Disneyning birinchi multfilmi prokatga chiqarildi.
- 1930 - Moskva aviatsiya instituti (MAI) tashkil etildi.
- 1933 - Komintern nomidagi dunyodagi eng yirik radiostansiyani sinovlari boshlandi.
- 1956 - Tunis Fransiyadan mustaqil boʻldi.
- 1988 - Tog‘li Qorabog‘ partiya oblast komiteti Armanistonga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
- 1992 - Oʻzbekiston Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi.
- 1992 - Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni ta’sis etildi.
- 1992 - Kiyevda MDH davlatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boshlandi.
- 1995 - “Aum Sinrikyo” ekstremistik sektasi Tokio metrosida terakt uyushtirdi.
- 1997 - Toshkent zarbxonasi ishga tushirildi.
- 2003 - AQSh va Buyuk Britaniya terroristik harakatlarga javob berish niqobi ostida mustaqil davlat - Iroqqa hujum boshladi.
- 2015 - Shimoliy yarimsharda Quyosh tutilishi kuzatildi.
- 2019 - Qosim-Jomrat To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi.
➡️ TAVALLUDLAR:
- 1639 - Ivan Mazepa (1709) - Zaporojye qo‘shini getmani (1687-1708).
- 1725 - Abdulhamid I (1789) - Usmonlilar imperiyasining 27-sultoni (1773-1789).
- 1770 - Fridrix Gyolderlin (1841) - taniqli nemis shoiri.
- 1828 - Genrik Ibsen (1906) - norvegiyalik shoir, publisist va dramaturg.
- 1890 - Benyamino Jili (1957) - italyan opera xonandasi (tenor).
- 1905 - Zarifov Hodi (1972) - oʻzbek folklorshunosligi asoschisi, o‘zbek sovet adabiyotshunosi va folklorshunosi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
- 1908 - Qalli Ayimbetov (1973) - qoraqalpoq adabiyotshunosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat (1957) va fan (1968) arbobi.
- 1911 - Alfonso Garsiya Robles (1991) - meksikalik siyosatchi, diplomat, Nobel mukofoti sohibi (1892).
- 1915 - Svyatoslav Rixter (1997) - rus pianinochisi, Xalq artisti (1961).
- 1925 - Devid Uorren (2010) - avstraliyalik olim, bort xabarlarini yozish moslamasi (“qora yashik”) ni ixtiro qilgan.
- 1934 - Abdulla Ubaydullayev - pulmonolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi (1998).
- 1938 - Sergey Novikov - sovet va rus matematigi.
- 1944 - Ervin Neer - nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1991).
- 1958 - Holli Patrisia Hanter - amerikalik kinoaktrisa.
- 1968 - Yekaterina Strijenova - rossiyalik aktrisa, teleboshlovchi.
- 1984 - Fernando Torres - ispaniyalik futbolchi, Yevropa va jahon chempioni.
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.bmtu_press
BY BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Share with your friend now:
tg-me.com/bmtu_press/25654