tg-me.com/bmtu_press/25595
Last Update:
Bugun 15 mart 2025 yil, shanba.
➡️ BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🌏 Butunjahon uyqu kuni.
🌏 Tyulenlar uchun xalqaro harakat kuni.
🌏 Xalqaro politsiya zo'ravonligiga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon aloqa kuni.
🌏 Butunjahon nutq kuni.
🌏 Butunjahon asosiy ishchilar kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇧🇾 Belarus - Konstitutsiya kuni.
🇵🇼 Palau - Yoshlar kuni.
🇱🇷 Liberiya - Roberts kuni.
🇭🇺 Vengriya - 1948-yilgi inqilob boshlangan kun.
➡️ VOQEALAR:
- 493 - Qirol Teodorix poytaxti Ravenna bo‘lgan ostgotlar davlatini tuzdi.
- 1519 - Farvala jangi.
- 1730 - Rossiya imperatori Anna Ioannovna Katta maxfiy kengashni tarqatib yubordi.
- 1800 - Sankt-Peterburgda Mixaylov saroyining qurilshi tugadi.
- 1812 - Kaliforniyada ruslarning birinchi koloniyasi - Fort-Ross tashkil topdi.
- 1818 - Aleksandr I boshchiligida birinchi rus konstitutsiyasi ishlab chiqildi.
- 1867 - Avstriya-Vengriya imperiyasini tuzish to‘g‘risidagi avstriya-vengriya kelishuvi tuzildi.
- 1892 - Amerikalik ixtirochi Jess Reno birinchi eskalatorga patent oldi.
- 1906 - “Rols-Roys” kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tdi.
- 1917 - Nikolay II taxtdan voz kechdi.
- 1917 - Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi va hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.
- 1928 - Yaponiyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi.
- 1937 - Chikagoda birinchi qon beruvchilar banki ochildi.
- 1938 - Saudiya Arabistonida birinchi neft topildi.
- 1938 - VKP (b) ning bir guruh taniqli arboblari otib tashlandi.
- 1939 - Chexoslovakiya vermaxt tomonidan okkupatsiya qilindi.
- 1962 - AQShda prezident J. Kennedi “Iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi Bill” ni joriy qildi.
- 1970 - Osaka (Yaponiya) da “Ekspo-70” ko‘rgazmasi ochildi.
- 1985 - Com zonasidagi birinchi domen ro‘yxatga olindi.
- 1994 - Belarussiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 2004 - Yevropa Ittifoqi Microsoft kompaniyasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi bo'yicha komissiya xulosalarini ma'qulladi.
- 2011 - Suriyada Bashar al-Assad rejimiga qarshi norozilik namoyishlari boʻldi.
- 2019 - Yangi Zelandiya tarixidagi eng katta teraktlardan biri - Kraystcherch masjididagi ommaviy qotillik.
➡️ TAVALLUDLAR:
- 1767 - Endryu Jekson (1845) - AQShning 7-prezidenti (1829-1837).
- 1830 - Paul Heyse (1914) - nemis shoiri, yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
- 1854 - Emil fon Bering (1917) - nemis mikrobiologi, immunolog, Nobel mukofoti sohibi (1901).
- 1860 - Vladimir Xavkin (1930) - rus bakteriologi, immunologi va epidemiologi, vabo va xoleraga qarshi birinchi vaksinalarni yaratgan.
- 1878 - Rizo shoh Pahlaviy (1944) - Eronning 34- shohi (1925-1941), pahlaviylar sulolasidan.
- 1894 - Berdi Kerboboyev (1974) - Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan.
- 1909 - Nazrulla Mannonov (1981) - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, agronom olim, Mehnat qahramoni.
- 1913 - Hasan Rasulov (1992) - faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973).
- 1920 - Eduard Donnall Tomas (2012) - amerikalik gematolog, onkolog, Nobel mukofoti sohibi (1990).
- 1930 - Jores Alfyorov (2019) - sovet va rus fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2000).
- 1932 - Ubaydulla Abdurazzoqov (2014) - Oʻzbekiston davlat arbobi, diplomat, tashqi ishlar vaziri (1992-1993).
- 1934 - Yuriy Buryakov (2015) - arxeolog, tarixchi olim.
- 1936 - Amin Karimov - O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, dirijyor.
- 1937 - Valentin Rasputin (2015) - rus yozuvchisi.
- 1941 - Dаdахоn Hаsаn - o‘zbek shoiri, hofiz, siyosiy qo’shiqchi, jurnalist, bastakor, siyosat va jamoat arbobi.
- 1948 - Oʻtkir Rahmat - oʻzbek shoiri va jurnalisti. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.
- 1959 - Uday Kotak - Hindistonning eng badavlat kishilaridan biri, moliyachi, bankir, milliarder.
- 1975 - Veselin Topalov - bolgar shaxmatchisi, jahon chempioni 2005).
- 1993 - Pol Pogba - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.bmtu_press
BY BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Share with your friend now:
tg-me.com/bmtu_press/25595