tg-me.com/bmtu_press/25419
Last Update:
Bugun 28 fevral 2025 yil, Juma.
➡️ BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon “Facebook”siz kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇸🇦 Saudiya Arabistoni, 🇲🇦 Marokash, 🇦🇪 BAA, 🇧🇭 Bahrayn, 🇹🇳 Tunis, 🇪🇬 Misr, 🇩🇿 Jazoir, 🇯🇴 Iordaniya, 🇱🇾 Liviya, 🇾🇪 Yaman, 🇴🇲 Ummon - O‘qituvchilar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Ilm-fan kuni.
🇪🇬 Misr - Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy umumiy uyqu kuni.
🇹🇼 Tayvan - Xotira va tinchlik kuni.
🇦🇲 Armeniya - Qotillik qurbonlarini xotirlash kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Andalusiya kuni.
🇫🇮 Finlandiya - Kalevala kuni.
🇧🇯 Benin - Xalq suvereniteti kuni.
➡️ VOQEALAR:
- 1066 - Angliyada Vestminster abbatligi ochildi.
- 1732 - Sankt-Peterburgda birinchi kadetlar korpusi ochildi.
- 1825 - Shimoliy Amerikadagi Rossiya va Angliya mulklarini chegaralash to'g'risida konvensiya tuzildi.
- 1835 - «Kalevala» eposi nashr etildi.
- 1854 - AQSHda Respublikachilar partiyasi tashkil topdi.
- 1913 - Daniya fizigi Nils Bor vodorod atomining ichki tuzilish nazariyasini yaratdi.
- 1922 - Misr Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 1933 - Germaniyada Reyx Prezidentining fuqarolik huquqlarini bekor qiluvchi xalq va davlatni himoya qilish to'g'risidagi farmoni e'lon qilindi.
- 1935 - Uolles Karozers neylonni ixtiro qildi.
- 1956 - AQShda kompyuter uchun tarmoq kabeli patentlandi.
- 1975 - Loma shahrida Yevropa iqtisodiy hamjamiyati Afrika, Karib havzasi va Tinch okeanining 46 ta davlati (ACT mamlakatlari) bilan Iqtisodiy va savdo aloqalari to'g'risidagi birinchi Loma konvensiyasini imzoladi.
- 1989 - O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
- 1991 - Fors ko’rfazidagi urush tugadi.
- 1992 - Bosniya va Gersegovinada Serbiya Respublikasi tuzigani e’lon qilindi.
- 1995 - Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki - "Oʻzprivatbank" oʻz faoliyatini boshladi.
- 1996 - Rossiya Yevropa Kengashiga qo’shildi.
- 1998 - Kosovo urushi boshlandi.
- 2010 - Vankuverdagi (Kanada) BBC Pleys stadionida Qishki Olimpiya o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.
- 2013 - Benedikt XVI taxtdan voz kechdi.
➡️ TAVALLUDLAR:
- 772 - Bo Szyuyi (846) - xitoy shoiri.
- 1395 - Amir Temur Oltin O'rda hukmdori To'xtamishga qarshi ikkinchi yirik yurishga chiqdi.
- 1533 - Mishel Monten (1592) - fransuz yozuvchisi, Uyg'onish davri faylasufi.
- 1663 - Tomas Nyukomen (1729) - ingliz ixtirochisi.
- 1683 - Rene Reaumur (1757) - fransuz tabiatshunosi, fizigi va matematigi.
- 1690 - Aleksey Petrovich (1718) - rus taxtining vorisi, podshoh Pyotr I ning to'ng'ich o'g'li.
- 1863 - Vernadskiy Vladimir (1945) - tabiatshunos, mineralog va kristallograf; geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya va biosfera asoschilaridan biri.
- 1864 - Ftabatey Simey (Xasegava Tasunoske) (1909) - yapon yozuvchisi.
- 1887 - Ibrohimov Gʻalimjon - (1938) - tatar yozuvchisi, olim, jamoat arbobi, zamonaviy tatar adabiyoti asoschilaridan.
- 1896 - Filip Hench (1965) - amerikalik revmatolog, Nobel mukofoti sohibi (1950).
- 1901 - Laynus Poling (1994) - amerikalik ximik va kristallograf, jamoat arbobi, ikki marta Nobel mukofoti sohibi (1954, 1962).
- 1915 - Piter Medavar (1987) - ingliz biologi, Nobel mukofoti sohibi (1960).
- 1925 - Luis Nirenberg - amerikalik va kanadalik matematik, Abel mukofoti bilan taqdirlangan (2015).
- 1930 - Leon Nil Kuper - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1972).
- 1954 - Jan Burgeyn (2018-yil) - belgiyalik matematik.
- 1962 - Abduqayum Yo’ldosh - o‘zbek adibi.
- 1978 - Benjamin Reyx - avstriyalik tog' chang'isichi, 2006-yilgi ikki karra Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni.
- 1995 - Medison Biti - amerikalik aktrisa.
- 1999 - Luka Donchich - sloveniyalik basketbolchi, Yevropa chempioni (2017).
- 2003 - Laylo Sobirova - oʻzbek erkin kurashchisi.
https://www.tg-me.com/us/telegram/com.bmtu_press
BY BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Share with your friend now:
tg-me.com/bmtu_press/25419