tg-me.com/Panda_books/6513
Last Update:
#review #taqriz
📙Mixail Bulgakov — "Ityurak"
Jaholatga qarshi pamflet. Agar bu asarni 3 so'z bilan ta'rfilash mumkin bo'lganda men shunday atagan bo'lardim.
Qadimdan beri faylasuflar inson tabiati haqida fikr yuritib kelishgan: Platon uni qalbdan, Aristotel aqldan, Freyd esa ongostidan izlagan. Bulgakov shunchaki a’zolar ko‘chirib o‘tkazish bilan it odamga aylanmasligini ko'rsatib beradi. Chunki inson - bu faqatgina tana emas. Bu madaniyat, shaxsiyat, o'tmish, tarbiya va axloqdir. Shaklni ilmiy yo‘l bilan o‘zgartirish - uni mohiyatni ham o‘zgartirish degani emas.
Preobrajenskiy ham, o‘z navbatida, mukammal emas. Preobrajenskiy axloqiy mas’uliyatini unutgan Aql timsoli hisoblanadi. U mo‘jiza yaratadi-yu, uni oqibatlarini o‘ylamay qo‘yib yuboradi. Bunday misollar hozirgi zamonimizda ham qanchalik ko'pligini mendan yaxshi bilasiz. Ammo har safar Xudolikka da'vo qiladigan bunday jamiyat Sharikov kabi tajovuzkor va yovvoyi kimsani yaratadi.
Insoniyat tarixida "ityuraklar" hokimiyat tepasiga kelgan ko‘plab misollar mavjud: Stalin davri, Xitoyda Mao hukmronligi, Kambodjadagi Pol Pot diktatorligi. Har safar - agar inqilobdan so‘ng madaniy va ma’naviy yuksalish yuz bermasa - u vahshiylikka aylanib ketgan.
Bulgakov ta'kidlaganidek, laboratoriyada "odam" yaratib bo‘lmaydi. Skalpel bilan qalb o‘stirib bo‘lmaydi. Bu kitobning asosiy falsafiy xulosasi bo‘lib, u Dostoyevskiy, Nitsshe, Xaydegger g‘oyalari bilan hamohangdir: inson shunchaki tana yoki oddiy murvat emas. U ong, xotira, tarix va erkinlikdir. Agar buni e’tiborga olinmasa, har safar inson emas, balki Sharikov yaralaveradi.
"Ityurak" - bu ogohlantirish qo'ng'irog'i: agar oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishga tayyor bo‘lmasangiz, inson tabiati bilan o'ynashmang.
Kitob katta emas, tezda o'qib tugatish mumkin. Siz ham ushbu qissaga biroz vaqt ajratishingizni maslahat beraman.
@panda_books
BY Panda Books

Share with your friend now:
tg-me.com/Panda_books/6513