Telegram Group Search
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

👉 Yuklab olish

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkaziladi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mandat javoblari 22-avgustga qadar eʼlon qilinadi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda, 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 yil qabuli boshlandi

Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Iqtidorli va faol talabalar uchun stipendiya va rag‘batlantirishlar, talabalar turar joyi, turli amaliyot dasturlari va chinakam xalqaro taʼlim shular jumlasidandir.

Bakalavr yo‘nalishlari:
Pedagogika
Psixologiya
Boshlang‘ich taʼlim
Maktabgacha taʼlim
Ingliz tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
O‘zbek tili va adabiyoti
Tarix
Jismoniy madaniyat
Iqtisodiyot
Moliya
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsevtika
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Konchilik ishi
Temir yo‘l transporti
Kimyo sanoati
Elektr Energetika
Neft-Gazkimyo sanoati texnologiyasi

Magistraturada o‘qish imkoniyati bor.

👉 Ariza topshirish

📞 Batafsil maʼlumot uchun: +998553050009

Sayt | Telegram
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Abituriyentlar hozir fanlar majmuasini tanlaganda kelgusida qaysi yo’nalishlarga kirishi mumkin?

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan jadvalni taqdim etdi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor bo'lishni xohlaysizmi?

TEAM University sizning muvaffaqiyatli biznes va tadbirkorlik olamiga yo'llanmangizdir!

TEAM University O'zbekiston tadbirkorlari tomonidan asos solingan birinchi tadbirkorlik universitetidir.

TEAM University bu:

— Zamonaviy standartlarga javob beradigan xalqaro ta'lim dasturlari;
— Dunyoning istalgan nuqtasida muvaffaqiyatli ish yuritish imkoniyatini beradigan Buyuk Britaniya diplomi;
— Bir maqsad sari intiluvchan talabalar va tajribali o‘qituvchilar jamoasi;
— Biznes va tadbirkorlik sohasida manfaatli aloqalarni o'rnatish;
— Amalda olingan bilimlarni – hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash orqali mustahkamlash.

Abiturientlarga talablar:

• TEAM ingliz tili imtihonidan o'tish yoki IELTS 5,5 yoki ekvivalentiga ega bo'lish.
• O‘rta ma’lumot (maktab, litsey, kollej) to‘g‘risidagi shahodatnoma / diplomga ega bo‘ling yoki hali ham o‘qiyotganligingizni tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim eting.

Hoziroq admissions.teamuni.uz sayti orqaIi hujjatlaringizni topshiring va TEAM universitetining a'zosi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

📞: +998-71-200-20-60
🌐: [email protected]
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇬🇧Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha bugungi kunda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda!

Siz ham magistratura yoki bakalavriat talabalari qatorida bo‘lmoqchimisiz⁉️

Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti sizga bu imkoniyatni berishga tayyor!

Hoziroq hujjat topshiring!

👉Bakalavriat
👉Magistratura
👉O'qishni ko'chirish
👉Ikkinchi mutaxasislik

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 78 555 21 21
✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda maktabning 11-sinfini bitiganlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishlari kerakmi?

my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

Yo‘nalishlar:

🏦 Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar

👩🏻‍🏫 Pedagogika:
• Pedagogika
• Psixologiya
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Tarix

📖 Tillar va adabiyot:
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti

🖥 Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540
#savollarga_javoblar

SAVOL: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak?

💡 JAVOB: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўқитувчилар аттестация тест синови ҳақида

Аттестация тест синовларидан ўтолмасликнинг энг биринчи сабаби бу - фан йўналиши бўйича билимларнинг етишмаслигидир. Агар ўзингизга ишонсангиз ҳар қандай синовлардан бемалол ўта оласиз.

Ўқитувчи аттестация тест синовидан ўта олмаса, демак уларни қуйидаги 3 та асосий муаммо кутиб туради:

Биринчи муаммо,
ўқитувчи аттестациядан ўта олмаган тақдирда ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Иккинчи муаммо, агар ўқитувчи аттестациядан ўтмаса, унинг нафақат жамиятдаги балки, мактаб жамоаси олдида ҳам обрўси тушиб боради. Бу эса жуда ёмон.

Учинчи муаммо, аттестациядан ўта олмаслик педагог ходимнинг ойлик маошига ҳам жуда катта таъсир ўтказади. Чунки ўқитувчиларга дарс тақсимот қилишда ҳам уларнинг малака тоифалари муҳим рол ўйнайди.

Ўқитувчи юқорида санаб ўтилган муаммоларга дуч келмаслиги учун катта тажрибага эга бўлган мутахассисларда тайёргарлик кўриши керак бўлади.

Бугун сизларга 7,5 йиллик тажрибага эга бўлган, бухоролик мутахассис томонидан репетиторлар тажрибаси асосида малака тест синовидан ўтиб олиш учун тизимли тарзда ишлаб чиқилган курсларни таклиф этамиз.

Эътиборли жиҳати шундаки, ушбу курсда тайёрланган 1181 нафар ўқитувчидан 1142 нафари аттестация имтиҳонидан муваффақиятли ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 96,7 фоиз ўқитувчи аттестация имтиҳонидан ўтган.

Дарслар онлайн равишда ҳар бир киши билан алоҳида индивидуал тартибда олиб борилади. Ушбу курсларда:

📚Математика

📚Кимё

📚География

📚Тарих

📚Бошланғич таълим

📚Биология

📚Инглиз тили

📚Рус тили

📚Она тили фанларига 100 % кафолат асосида тайёрлашади.

Бериладиган кафолат шундан иборатки, агар сиз ушбу курсда ҳар кунлик дарсларга қатнашиб, имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% пулингиз қайтариб берилади.

❗️Курсга ёзилиш учун ҳозирда 128 та жой бор холос. Бошқа ўқитувчи олишни имкони йўқ. Чунки назорат қилиш имконияти чекланган.

📝РЎЙХАТДАН ЎТИНГ

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak

Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi.

Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir.

Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilari imtihonga tayyorlanishi uchun telegram botga yangi testlar joylashtirildi

Prezident maktablaridagi 16 ta hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 6-7-8-9-10-sinflaridagi 3 395 ta bo‘sh o‘rinlarni o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilingan haqida xabar bergan edik.

👫 Bo‘sh o‘rinlar uchun tanlovda o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi va eng yaxshi natija ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan namunaviy testlar maxsus telegram botga joylashtirildi.

Hozirgi paytda telegram botga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar sinflar kesimida joylashtirilgan:

Matematika 5-6-7-8-sinflar
Ingliz tili 5-6-7-8-sinflar
Fizika 7-8-sinflar

Biologiya 7-sinf

🗂 Tez fursatda boshqa sinflar uchun ham test topshiriqlari botga joylashtiriladi.

✔️ Test ishlash uchun bot 👉 @piimatestbot

📌 Ushbu bot orqali test topshiriqlarini bajarish bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi? OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.

👉 Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha imtiyozlar.

📌 Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixologiya - idrok va xulq-atvorni o‘rganadigan fandir!

Sizga esa xalqaro darajadagi psixolog bo‘lish imkoniyatini Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti beradi!

AIFU universiteti sizga:
- Bakalavriat / O'qishni ko'chirish
- Magistratura darajalarini qo'lga kiritish imkoniyatini beradi

Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot

📞Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefon raqamini yo'qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin.

Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berishicha Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar (50,1 %) xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan, 18 372 nafar (49,9%) talabgorga tavsiyanoma berish rad etilgan.

Talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Shuningdek, tavsiyanoma olish uchun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali o‘zlarida tavsiyanoma bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Berilgan tavsiyanomalar xotin-qizlar.uz elektron platformasida mavjud. Platforma ma’lumotlari Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markaziga ko‘chirilganligi bois, integratsiya jarayonlarida tegishli IP manzillarda o‘zgarish yuzaga kelgan. Hozirda mazkur texnik masalalar bartaraf etilganidan so‘ng, berilgan tavsiyanomalar Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integratsiya qilinadi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/5166/

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent #qabul2024

🗓 Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)ga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

‼️ Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim.

❇️ Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak.

‼️ Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Izoh. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqarilmoqda.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/19 02:03:58
Back to Top
HTML Embed Code: