Telegram Group Search
Bugun, Sariosiyo tuman hokimi - 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev hududdagi “Tortuli” mahallasi yettiligi va aholisi bilan uchrashib, mahallani rivojlantirish bo‘yicha faollarning istiqbolli takliflari hamda murojaatlarini tinglandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Bugun, Shanba 29-iyun
Surxondaryo, Sariosiyo tumani


29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga

🌤 24°...37°, Ochiq havo

Hozir:  29°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: ☀️ 26°
Kun: 🌤 36°
Oqshom:☀️ 31°
Namlik: 34%
Shamol: G'arbiy, 5 m/s
Bosim: 1001.7 mb.

Quyosh chiqishi: 05:06
Quyosh botishi: 19:54

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Konstitutsiyani o‘rganamiz!

XXIII bob. Sud hokimiyati

136-modda.

Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.

Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.

Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
#Kun_iqtibosi

Nima sababdan to‘lqinlar ko‘p bo‘lsa ham kema ularning ustidan g‘alaba qozonadi, hattoki u yolg‘iz bo‘lsa ham?

Chunki, kemada maqsad bor, to‘lqinlarda esa yo‘q.

Maqsadiz aniq bo‘lsa hech bir to‘siq sizni ortga qaytarolmaydi, atrofizda sizga ishonganlar bormi siz baxtlisiz, to‘xtamay olg‘a yurishda davom qiling hammasi yaxshi bo‘ladi...

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Sariosiyo tumanida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining jamiyatimizda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini aholiga tezkorlik va xolislik bilan yetkazish barobarida mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida faxriy jurnalistlar va faollar tomonidan so‘z erkinligini ta’minlash, aholiga haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va mashaqqatli faoliyatida soha faollariga ulkan yutuqlar hamroh bo‘lishini tiladi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektr uskunalaridan foydalanish qoidalariga rioya qiling! Ogoh bo‘ling hayotingiz va mol-mulkingizni yong‘in xavfidan himoya qilish o‘z qo‘lingizda.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni!

Bugun yoshlar bayrami. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan edi.

Siz aziz yoshlarning bilim va shijoatingiz, kuch va g‘ayratingiz bilan Yangi O‘zbekistonimizda uchinchi rennessans barpo etilmoqda. Vatanimiz kelajagi va istiqbolining bunyodkori bo‘lgan siz yoshlarga doimo sog‘lik-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Barcha yoshlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
#Qutlov

⚡️ Aziz yoshlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sariosiyo tuman hokimligi jamoasi mamlakatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan Siz yoshlarni samimiy qutlaydi.

Biz Sizlar bilan faxrlanamiz. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Sizlar O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasisiz!

Har qanday islohotlarning drayveri, ulkan marralarni zabt etuvchi kuch ham Siz – yoshlarsiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
2024/06/30 05:33:35
Back to Top
HTML Embed Code: