Telegram Group Search
#savolimbor Корхонамизда фаолият юритаётган ходимимиз (эркак) киши 401-моддага асосан 12 ёшга тўлмаган иккита фарзанди борлиги учун 4 кундан иборат қўшимча таътилни меҳнат таътилига қўшиб беришимизни сўраб мурожаат қилди. Ходимни аёли хеч каерда ишламайди деган эди, аммо хотини ўзини-ўзи банд қилган шахс сифатида рўйхатда турар экан.

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi 📤:

MK 401-moddasiga ko’ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ushbu kafolatdan ota foydalanmoqchi bo’lsachi Bu holatda MK 410-moddasiga murojaat qilamiz.

MK 410-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma’lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak.

Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga mazkur kafolatlar berilmaydi.

“Aholi bandligi to’g’risida”gi Qonun 45-moddasiga ko’ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ishsiz deb e’tirof etilmaydi. Ayrimlar mana shu qoidadan kelib chiqib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ishsiz emas, ishlaydigan shaxs deb hisoblashlari mumkin.

MK 410-moddasi 2-qismidagi “ishlamasa va ishlasa” jumlalarini tahlil qilamiz. E’tibor bering, “Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa deyilmoqda. MK 11-moddasiga ko’ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi: xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ya’ni Mehnat kodeksidagi kafolatlar xodimga nisbatan tatbiq qilinadi. MK 19-moddasiga ko’ra, mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, ushbu Kodeksda belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin.

Ya’ni ishlasa deganda, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan shaxs ya’ni xodim nazarda tutilmoqda. O’zini o’zi band qilgan shaxs esa xodim hisoblanmaydi. Batafsil: https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi/9409

MK 237-moddasiga ko’ra, 401-moddada nazarda tutilgan 4 kun ta’til ijtimoiy ta’til hisoblanadi. MK 236-moddasiga ko’ra, ijtimoiy ta’til xodimga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun emas, balki ijtimoiy maqsadlar uchun, masalan bolani parvarishlash uchun beriladi.

Agar bolaning onasi o’zini o’zi band qilgan bo’lsada, bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa otaga MK 401-moddasidagi kafolat ya’ni 4 kalendar kun ta’til berilmaydi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
Bugun O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari yurist va kadrlari uchun seminar-trening tashkil qilindi. Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ular tomonidan ko‘tarilgan bir qator muammolarga huquqiy yechim berildi.

Vazirlik va idoralar bilan hamisha hamkorlikka tayyormiz: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
#savolimbor Biz chet ellik fuqaro bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzmoqchi edik. Unga tasdiqnoma olish kerakmi?

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi📤:

❗️O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 107-moddasiga ko’ra, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet ellik fuqaro ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi hududida yollanib ishlashi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan beriladi https://lex.uz/docs/-5055690

❗️“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilova “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari” 118-pozitsiyasida ham O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan taqdim qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olish belgilangan https://lex.uz/ru/docs/-5511879#-5516628

⚠️ Diqqat! E’tibor bering! Gap bu yerda mehnat munosabatlari ya’ni xodim va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar haqida ketmoqda. Fuqarolik-huquqiy shartnoma - buyurtmachi tomonidan koʼrsatilgan muayyan ishni (xizmatni) bajarish maqsadida tuziladi. Bunday munosabatlar Mehnat kodeksi (MK 11-moddasiga qarang) bilan emas, balki Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Ya’ni bu yerda mehnat munosabatlari mavjud emas. FHSH buyurtmachi va ijrochi o’rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Ya’ni mehnat munosabatlari mavjud emas.



❗️Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 20-ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma” pasportida ham mehnat munosabatlari haq gap ketmoqda. Masalan, ushbu ilovada ish beruvchiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talab va shartlardan biri sifatida: O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddati tugashidan keyin chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan https://lex.uz/docs/-5871129#-5874828

📌 Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʼzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarosi tasdiqnoma olishi belgilangan. fuqarolik-huquqiy shartnomada esa tasdiqnoma olinmaydi.

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi

Telegram
#test Maxsus iqtisodiy zonalar hududida tashkil etiladigan yuridik shaxslarning xodimlari shtatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xodimlar umumiy sonining kamida ... foizini tashkil etishi kerak.
Anonymous Quiz
41%
50
25%
55
29%
75
6%
90
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Masofaviy ishlovchi chet el fuqarosiga ham tasdiqnoma olishimiz kerakmi?

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi

2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni 3-ilova 5-pozitsiyasiga ko'ra, xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda faoliyat ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnoma olish shart emas https://www.lex.uz/uz/docs/-5971599#-5974248

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
🔉 Diqqat! Diqqat! Diqqat! Kadrlaru kadrlar, eshitmadim demanglar! “Qisqarish”ga bag’ishlangan qo’llanmamiz ham tayyor bo'ldi! Qo’llanmada qisqarish jarayoni bilan bog’liq hujjatlardan namunalar keltirilgan. Video va audikontentlar ham ilova qilinadi.

Qo'llanmani elektron shaklda sotib olmoqchi bo'lganlar, muallifga telegram ijtimoiy tarmog'i orqali murojaat qilishlari mumkin: @MuhammadaminKarimjonov

Shuningdek, boshqa mavzulardagi qo’llanmalar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi/8470

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
Forwarded from YURISTKADR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#test Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organning xodimga ish haqini to‘lash, lekin ... oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun to‘lash to‘g‘risidagi qarori ham darhol ijro etilishi lozim.
Anonymous Quiz
32%
1
21%
2
44%
3
3%
4
#savolimbor? Ассалому алейкум устозлар яхшимисизлар. Бир саволим бор эди. Ходим сокрошенияга тушган, огохлантириш хати берилган. Огохлантириш муддати тугашига 15 кун қолганда ўқиш жойидан (сиртқи таълим талабаси эди) чақирув маълумотномасини олиб келди. Бу орада огохлантириш муддати тўхтатилиб турадими.

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi

MK 165-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno.

❗️Demak, e’tibor bering MK 165-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish) oxirgi qismida ta’til haqida gap-so’z yo’q. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtida o’tmay turadi. Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga qaysi holatlar kirishi MK 282-moddasida tartibga solingan.

❗️Yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning ta’tilda bo’lgan vaqtida o’taveradi.

Diqqat! Lekin MK 163-moddasiga ko’ra (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlash), xodim ta’tilda bo’lgan davrda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda xodimning qaysi ta’tilda ekanligining ahamiyati yo’q. MK 213-moddasiga ko’ra ta’tilning 4 turi mavjud: har yilgi mehnat ta’tili;ijtimoiy ta’tillar;ish haqi qisman saqlanadigan ta’til; ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

❗️Demak, savoldagi holatda xodim o’quv ta’tiliga chiqsa ogohlantirish muddati o’taveradi. Tasavvur qilaylik, xodim 20 kunga o’quv ta’tiliga chiqqan, 15 kundan so’ng ogohlantirish muddati tugaydi. Lekin xodim ta’tilda bo’lganligi uchun ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.

Unda mehnat shartnomasini qaysi kuni bekor qilish kerak bo'ladi

Bu holatda MK 235-moddasiga ham chalg’imaslik lozim. Ya’ni ushbu moddaning 1 va 2- qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi. 235-modda mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida xodimga har yilgi mehnat ta’tilini berishni tartibga soladi. Ya’ni 235-moddani MK 213-moddasidagi boshqa ta’til turlariga (ijtimoiy ta’tillar, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, ish haqi saqlanmaydigan ta’til)larga tatbiq qila olmaymiz.

❗️Bu holatda xodim o’quv ta’tilidan ishga chiqqan 1- kuni mehnat shartnomasini bekor qilish lozim.

⚠️Diqqat! MK 164-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
#test Mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali mutaxassislar yoki malakali mutaxassislar ... boshqa ish joyini izlashga haqlidir, bi davrda tasdiqnomalar, shuningdek vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlanadi.
Anonymous Quiz
20%
10 ish kuni ichida
34%
15 kuni ichida
41%
30 ish kuni ichida
5%
40 ish kuni ichida
Raqamli gigiyena.pdf
20.9 MB
Рақамли гигиена — кибермаконда маълумотлар хавфсизлиги. Қўлланма замонавий кибертаҳдидлар, шахсий маълумотларга қарши хуружлар ва улардан ҳимояланиш усулларини ўз ичига олган.

Ушбу қўлланма (ўзбек ва рус тилларида) Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамда Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати ҳузуридаги «Киберхавфсизлик маркази» ДУК ҳамкорлигида тайёрланган.

❗️Барча давлат хизматчиларига қўлланма билан танишиб чиқиш тавсия этилади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кўмакчи_эксперт

Ўн икки ёшга тўлмаган икки нафар фарзанди бор ходимга бериладиган таътилни пулли компенсация билан алмаштириш мумкинми?

⏺️Эксперт Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум яхшимисиз сизга мени қизиқтирган бир саволим бор . Мана қаранг мен бир ташкилотда ишлайман 1% лик Инпс пенсиённи фондга ҳар ойлик ажратиб бориладиган жамғармамни ҳозирда олиб биламанми ташкилотда ишлаяпман ўзим 2-группа ногирониман. Жавоб учун олдиндан раҳмат иложи бўлса тўлиқроқ маълумот берсангиз Аллоҳ розилиги учун шу пулга эҳтиёжим бор.

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi 📤:

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga (ruschada“ ИНПС” - индивидуальный накопительный пенсионный счет) 1% emas, 0.1 % ushlab qolinadi. Jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda to‘lab boradi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.

“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun bilan adashtirib yubormanglar. Bular boshqa-boshqa qonunlar) 16-moddasiga ko’ra, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya to‘lovlari oluvchi sifatida jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega.

Shuningdek, Qonuning 18-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘ladi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasiga ko’ra, davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.


Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, nogironlik pensiyasiga chiqish ham jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘ladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
#test Yuqori malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
...O'z.R.da mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga ... ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi.
Anonymous Quiz
36%
30
25%
45
28%
50
11%
60
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кўмакчи_эксперт

Ўриндош ходим ўрнига асосий ходим ишга олинса, ўриндош билан меҳнат шартномаси қайси асосга кўра бекор қилинади?

⏺️Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
⚠️ O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi bilan bog'liq muhim o'zgarish bo'yicha quyidagi video va fayllarda batafsil ma'lumot berilgan 👇

Mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kabi to'lovlarni hisoblashda eng avvalo o'rtacha ish haqini hisoblab olish kerak bo'ladi. Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasi asos bo'lib xizmat qiladi. 2025-yil 13-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi va 257-moddaning ham bir qancha qismlariga o'zgarish kiritildi. Eng asosiy o'zgarish esa uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:

“Mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlaridagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.”

❗️Quyidagi video va faylda shu bo'yicha ma'lumot berilgan👇

https://www.tg-me.com/uzasboyangiliklari/388

https://www.tg-me.com/uzasboyangiliklari/389

👉 Elektron qo'llanmalar haqida bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin: https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
Prokuror protesti asoslimi?

#savolimbor Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz, ishla bilan qiynalmayapsimi. Ustoz prokratura Mkning 385-modda 4-qismi boyicha protest keltiribdi. Keyin xodim Toshkent shahar xodimi bolsa, uni yol kira haqi metro,avtobus yoki taksi ekanligini qatda biladi. Shu qismi bilan butun toshkent shaharda muammo bovotti. Iltimos ustoz yordam berib yuboring

https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi javobi📤:
MK 385-moddasi 4-qismiga ko’ra, ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi.

⚠️ Demak, e’tibor bering bu kafolat sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotgan xodimlarga taqdim qilinadi. Agar xodim transport xarajatlarini tasdiqlovchi hech qanday hujjat (masalan, aviachipta yoki temir yo’l chiptasi) taqdim qilmagan bo’lsa, ish beruvchi qaysi asosga ko’ra yo’lkirani to’lab beradi. Agar hech qanday asossiz to’lab bersangiz, yana protest kiritishadi baribir))

“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga ko’ra, qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Prokuror qonunga zid hujjat, mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan protest keltiradi. Agar sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotgan xodim ish beruvchiga transport xarajatlarini tasdiqlovchi hech qanday hujjat tadqim qilmagan bo’lsa, prokuror asossiz ravishda protest keltirgan bo’ladi. Agar xodim tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilganu, lekin ish beruvchi yo’lkirani to’lab bermagan bo’lsa, unda protest asosli hisoblanadi.

❗️Ha, yana bir masala. “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomga chalg’ib ketmanglar! Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda xizmat safari yo‘lkirasiga har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida ya’ni 375 so’m haq to‘lanadi! E’tibor bering ushbu nizom tashkilotlarning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlariga yuborish, xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish, xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron jurnallarni yuritish hamda xizmat safariga yuborilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi.

Ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizom MK 385-moddasiga umuman aloqasi yo’q! Chunki o’quv ta’tiliga chiqish va xizmat safari boshqa-boshqa tushunchalardir!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/Mehnat huquqi/com.mehnathuquqi
#test 12 varaqli daftarda aks ettirilgan Amir Temur portretini kim chizgan?

P.S. Amir Temur tavalludiga 689-yil to'ldi.
Anonymous Quiz
20%
Chingiz Ahmarov
25%
Malik Nabiyev
36%
Ro'zi Choriyev
19%
O'rol Tansiqboyev
2025/04/09 01:00:14
Back to Top
HTML Embed Code: