Telegram Group Search
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi, "O‘zbekiston 24" telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri Niyazov Norbek Ramazanovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Norbek Ramazanovichni navbatdagi yuksak ishonch bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz.

Rasm manbasi

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan sohaning barcha vakillarini samimiy muborakbod etadi hamda faol hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi.

Mamlakatda qonuniylik va adolat ustuvor bo‘lishi, ochiqlik va hisobdorlik taʼminlanishi, korrupsiya kabi illatlarga qarshi murosasiz kurashishda xolislik, tezkorlik va qatʼiylik prinsiplariga tayanib, o‘z so‘zingizni baralla ayta olishingizda yanada shijoat va jasorat tilaymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid media loyihalar amalga oshiriladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlar haqida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish hamda ushbu illatga kurashish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini kengaytishga oid qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Ayni maqsadlarda  korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha  “Kuchli O‘zbekiston pok vijdon bilan boshlanadi” nomli kommunikatsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaning maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyani ijtimoiy xavfsiz darajaga kamaytirishga erishish.

Loyihani samarali amalga oshirish quyidagi kompleks yondashuvni qamrab oladi:  

- Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy oqibatlariga, halol va shaffof boshqaruv sharoitida mamlakatni rivojlantirish istiqbollariga eʼtibor qaratgan holda axborot kampaniyalarini ishlab chiqish;

- Aholining turli guruhlari uchun korrupsiyaning zarari va uni bartaraf etish usullari haqida o‘quv dasturlari va materiallarni ishlab chiqish;

- Korrupsiyaga qarshi kurashda aholining o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, shuningdek, davlat organlari va hokimiyat organlari faoliyatini monitoring qilishda jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish;

- Korrupsiya muammosini faol yoritib berish, holatlarni fosh etish va unga qarshi madaniyatni yuksaltirish maqsadida OAV bilan hamkorlikni kengaytirish.

Memorandum doirasida Tomonlar media vakillarining sohada kasbiy mahoratini oshirishga o‘zaro ko‘maklashadilar.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritishda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar.

Batafsil yuqoridagi infografikada
—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2024/06/30 02:56:50
Back to Top
HTML Embed Code: