Telegram Group Search
#hamkorlik

🇺🇿 Joriy yilning 14-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov boshchiligidagi ishchi guruhning o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuvi o‘tkazildi.

📌 Ushbu uchrashuv doirasida hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad: iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mahsulotlarning sifat darajasi, belgilangan standartga muvofiqligi va talab darajasida ekanligi yuzasidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarida samarali hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ''Sifat nazorati'' yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat xaridlari ko‘lamini kengaytirish va bu borada yangi loyihalar ishlab chiqish borasida fikrlar almashildi.

🔬Shu bilan birga, Agentlikning oziq-ovqat laboratoriyasi faoliyati va imkoniyatlari bilan ham tanishildi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
_________

#сотрудничество

🇺🇿 14 июня текущего года состоялась встреча рабочей группы под руководством заместителя председателя Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей А.Каюмова и директора Узбекское агентства по техническому регулированию А.Жуманазаров по вопросам взаимосотрудничества.

📌 Основной целью данной встречи было укрепление сотрудничества в области защиты прав потребителей, обсуждение вопросов эффективного сотрудничества в проведении контрольных мероприятий относительно качества продукции, соответствия установленным стандартам и требованиям.

Также в ходе встречи обсуждались вопросы расширения объема контрольных закупок в рамках «Контроля качества» и разработки новых проектов в этом направлении.

🔬 Кроме того, участники встречи ознакомились с деятельностью и возможностями пищевой лаборатории Агентства.

В рамках встречи были достигнуты договоренности по проектам, реализуемым в рамках совместной деятельности.

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining haftalik dayjesti.

(
📆 10-15 iyun kunlari)

🗓 10-iyun
🔝 O‘zbekiston FM-103.1 radio

✉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori
______

🔝 Har bir murojaat zamirida, inson manfaatlari yotadi: Qo‘mita bu borada aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda.

✉️ Davlat xaridlarida qonun buzilish holatlari aniqlandi

🗓 13-iyun
✉️ Fuqaroga 48 mln 466 ming so‘m mablag‘ qaytarlishi ta’minlandi
______

🗓 11-iyun
✉️ O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilmoqda
______

✉️ Mineral o‘g‘itlar bozorida narx manipulyatsiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo‘llanildi
______

🗓 12-iyun
🔝 Tender savdolari

✉️ Tender savdolari qonuniyligi ta'minlanmoqda
______

🗓 13-iyun
🔝 Infografika

✉️ Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishda murojaatlar bilan ishlash natijalari infografika ko‘rinishida
______

🗓 14-iyun
🔝 Huquqiy savodxonlik
✉️ Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi qanday talablar mavjud?
______

✉️ Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib boriladi
______

✉️ Joriy yilning 14-iyun kuni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov boshchiligidagi ishchi guruhning o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuvi o‘tkazildi
______

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan Qurbon hayiti xalqimizga muborak bo‘lsin. 

🕌 Har bir oilaga mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilaymiz.

🇺🇿 Jonajon Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

🏬 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  qo‘mitasi
__________

Дорогие соотечественники!

🇺🇿 Сердечно поздравляем вас с праздником Курбан-хайит! Этот праздник вот уже столетия играет особую роль в духовной жизни нашего народа и способствует укреплению в обществе таких важных ценностей, как взаимное уважение, доброта и толерантность.

🕌 Желаем каждой семье крепкого здоровья, счастья и удачи.

🇺🇿 Пусть на нашей дорогой Родине всегда будут царить мир и стабильность!

🏬 Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIR MUROJAAT ORTIDAN 1780 ta XONADONDA ISTIQOMAT QILUVCHI ISTE'MOLCHILARNING HUQUQLARI TIKLANISHI TA’MINLANDI

🌫 2016 yildan shu kunga qadar markaziy tarmoqlarda va isitish qozonxonalarida avariya holatlari (ta’minotdan uzilish) hamda tabiiy gaz bosimi pastligi tufayli iste’molchilarga belgilangan me’yorda va sifat darajasida issiqlik manbai yetkazib berilmagan.
Ammo bu holatlar inobatga olinmay, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan aholiga asossiz qarzdorliklar qo‘yiladi.


Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.X xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiladi.

➡️ Birgina murojaatni o‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyati “Issiqlik ta’minoti” IChDB tomonidan 1780 ta xonadonlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aholiga to‘liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi uchun hisoblangan 798,4 mln so‘m mablag‘ asossiz deb topildi va iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

🔝 Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

🤔 SIFATSIZ ISSIQXONA QAYTA TA’MIRLANDI

🏬 Joriy yilning may oyida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining ishonch telefoniga Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat yo‘llangan.

🪪 Murojaatda, fuqaro bankdan issiqxona uchun kredit olganligi va sifatsiz issiqxona qurilganligi, qurilishidan hech qancha vaqt o‘tmay qurilma yaroqsiz holatga kelganligi, bu holat yuzasidan bank xodimlari va issiqxona qurib bergan quruvchi kompaniya ham e’tibor qaratmaganligidan norozi ekanligi keltirilgan.

🌫 Ushbu murojaat hududiy boshqarma xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” Qonunining 19-20 moddalariga asosan iste’molchi roziligi asosida 12 000 000 so‘mlik issiqxona qayta taʼmirlanib berildi va iste’molchi huquqi tiklandi.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons #Sifat_nazorati

🍼 BOLALAR QO‘SHIMCHA OZUQASINI TANLASHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH ZARUR?

🌀 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bolalar uchun mo‘ljallangan ozuqalarni sifat nazoratidan o‘tkazdi.

✈️"Nestle"
✈️"HEINZ"
✈️"ФРУТО НЯНЯ"

🔝 Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:

✈️ tovar (ish, xizmat) majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
✈️ tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
✈️ ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
✈️ ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
✈️ tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari.

🔝Batafsil

👥 Hurmatli iste’molchilar, xarid qilgan tovarlaringiz nuqsonli yoki sifatsizligidan norozi bo‘lsangiz Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish
🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👣 TOVAR YOKI MOLIYA BOZORLARIDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING USTUN MAVQEINI E’TIROF ETISH

🌫 2024-yilning birinchi besh oyi davomida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini e’tirof etish bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazildi.

🌆 Tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi.

Jumladan,
🔘 “JV Continaz” MChJ formalin mahsulotida;
🔘 “Gazli Gas Storage” MCHJ QK tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish xizmatida ustunlikka ega deb topildi.

Shu bilan birga, “Interterminal” MCHJ QK temir yo‘l liniyasini ijaraga berish xizmati bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.

🔝Batafsil
______

👣 ТОВАР ЁКИ МОЛИЯ БОЗОРЛАРИДА ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЪЕКТЛАРНИНГ УСТУН МАВҚЕИНИ ЭЪТИРОФ ЭТИШ

🌫 2024 йилнинг биринчи беш ойи давомида, Рақобат қўмитаси томонидан товар ёки молия бозорларида хўжалик юритувчи субъектларнинг устун мавқеини эътироф этиш бўйича кенг қамровли таҳлиллар ўтказилди.

🌆 Таҳлил натижаларига кўра, 6 та корхона турли товар ва хизматлар бўйича устун мавқега эга деб эътироф этилди.

Жумладан,
🔘 “JV Continaz” МЧЖ формалин маҳсулотида;
🔘 “Gazli Gas Storage” МЧЖ ҚК табиий газни ер остига қуйиш, сақлаш ва тортиб олиш хизматида устунликка эга деб топилди.

Шу билан бирга, “Interterminal” МЧЖ ҚК темир йўл линиясини ижарага бериш хизмати бўйича устун музокара кучига эга деб эътироф этилди.

🔝Батафсил

Kanalga ulanish
🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👣 ПРИЗНАНИЕ ДОМИНИРУЮЩЕГО ПОЛОЖЕНИЯ ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТОВ НА ТОВАРНЫХ И ФИНАНСОВЫХ РЫНКАХ

🌫 В течение первых пяти месяцев 2024 года Комитет по конкуренции провел изучения в товарных и финансовых рынках в целях определения доминирующего положения хозяйствующих субъектов.

🌆 По результатам анализа шесть компаний были признаны доминирующими в различных товарах и услугах.

В частности:
🔘ООО “JV Continaz” в производстве формалина;
🔘ООО “Gazli Gas Storage” в услугах по закачке, хранению и добыче природного газа из подземных хранилищ.

Также, ООО “Interterminal” признано обладающим превосходной переговорной силой по сдаче в аренду железнодорожных линий.

🔝Подробнее

Подключиться к каналу
🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ веб-страница | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

ISTE’MOLCHIGA 112 MLN SO‘M MABLAG‘ TO‘LIQ QAYTARILISHI TA’MINLANDI

✈️ Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro "FAVORITE-SERVICE" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan norozi bo‘lib Raqobat qo‘mitasiga murojaat yo‘llagan.

✈️ Fuqaro 2023-yilda TRACKER rusumli avtomashinasini sotib olish maqsadida shartnoma imzolagan va 112 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Biroq, oilaviy sharoiti tufayli, 2024-yilning 16-fevralida shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida kompaniyaga murojaat qilgan.

✈️ Murojaatdan so‘ng bir necha oy o‘tgan bo‘lsa-da, shartnoma bekor qilinmagan va mablag‘ fuqaroga qaytarilmagan. Bu vaziyat, fuqaroning huquqlarini buzilishiga olib kelgan va u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaat asosida hududiy boshqarma mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-22-moddalari asosida o‘rganishlar olib borgan. Ushbu moddalar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tijorat subyektlarining majburiyatlarini aniq belgilab beradi.

Hududiy boshqarma mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan, fuqaroga “FAVORITE-SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 112 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi.

🔝 To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich 1972-yil 21-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, "Do'stlik" ordeni sohibi.

1992-2008
yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda, xususan, Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi (2014-2017);
2008-2017 yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda, xususan, davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari;
2017-2020
yillar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori;
2020-2021 yillar O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori kabi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

🔝 Ushbu tayinlovga qadar 2021-yildan - hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi Halilillo Sobirjonovichga yangi mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

🤔 Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining haftalik dayjesti.

(
📆 17-22 iyun kunlari)

🗓 19-iyun
🔝 Bir murojaat ortidan 1780 ta xonadonda istiqomat qiluvchi iste'molchilarning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.
______

🔝Har bir murojaat zamirida, inson manfaatlari yotadi: Qo‘mita bu borada aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda.

✉️ Sifatsiz issiqxona qayta ta’mirlandi.

🗓 21-iyun
✉️ Iste’molchiga 112 mln so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
______

🔝 Sifat nazorati

🗓 20-iyun
✉️ Bolalar qo‘shimcha ozuqasini tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur?
______

🔝 2024-yilning birinchi besh oyi davomida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini e’tirof etish bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazildi.
______

🗓 21-iyun
🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi.
______


Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons #Sifat_nazorati

BOLALAR UCHUN MEVALI SHARBATLAR QANDAY TANLANADI?

🌀 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bolalar uchun mo‘ljallangan mevali sharbatlarni sifat nazoratidan o‘tkazdi.

✈️"MEVA"
✈️"Bliss"
✈️"СОЧНАЯ ДОЛИНА"

🔬 Sinov natijalari qanday?

🔝Batafsil

👥 Hurmatli iste’molchilar, xarid qilgan tovarlaringiz nuqsonli yoki sifatsizligidan norozi bo‘lsangiz Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish
🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JST #Toshkent

🌫 Raqobat qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i S.Atamurotov O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi haqida:

"Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlar o'zining milliy ishlab chiqaruvchilariga chet el bozorlariga yo'l ochib beradi. Ya'ni, yagona qoidalar asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro bozorlarga kirish imkoniyati yaratiladi, bu esa eksportni rivojlantiradi.
"

👣 Shuningdek, qonunchilik bilan taqdim etilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinayotgani bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tdi.

🔝Batafsil Toshkent telekanali "Yangi taraqqiyot davri" ko'rsatuvida

Kanalga ulanish
🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇷Ayni damda Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha sherikchilik Bitimi loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan muzokaralarda ishtirok etishmoqda.

➡️ Ushbu Bitimning asosiy maqsadi elektron tijorat orqali a'zo davlatlar o'rtasida savdo aloqalarini mustahkamlash bilan birga raqamli bozorlarda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat.
______

🇺🇿🇹🇷 Currently, the officials of the Competition Committee are participating in the meeting of the permanent experts of the Organization of Turkic states (OTS) on the discussion of the draft Digital Economy Partnership Agreement between the Governments of the Member States of the OTS.

➡️ The main objective of this Agreement is to strengthen trade relations between member states through electronic commerce, as well as to develop competition in digital markets and protect consumer rights.

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

FUQARODAN SAVOL:

- Radioda beriladigan reklamalarga qanday talablar belgilangan?

🔝 MUTAXASSIS JAVOBI:

✈️ Radioda tarqatilayotgan reklamaning, radiodasturlarni reklama bilan uzib qo‘yishning umumiy davomiyligi eshittirish vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada eshittirish vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab eshittirishlari faqat reklama radiodasturlariga ixtisoslashtirilgan radiokanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✈️ Quyidagilar taqiqlanadi:

☑️ reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib qo‘yish;
☑️ reklama va uning anonsi, shu jumladan radioeshittirishlar haqidagi anons tovushining balandligi darajasini reklama va radioeshittirishlar reklamasi haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan eshittirish tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash...

➡️ Batafsil
_________

#Правовая_грамотность

ВОПРОС ОТ ГРАЖДАНИНА:

- Какие требования предъявляются к рекламе на радио?

🔝 ОТВЕТ СПЕЦИАЛИСТА:

✈️ Общая продолжительность распространяемой рекламы на радио, прерывания радиопрограмм рекламой не может превышать двадцати процентов времени вещания в течение часа, но не более пятнадцати процентов вещания в сутки. Это требование не распространяется на радиоканалы, вещание которых специализируется исключительно на рекламных радиопрограммах.

✈️ Запрещается:

☑️ прерывать с целью размещения рекламы трансляцию государственных мероприятий и церемоний;
☑️ устанавливать уровень громкости звука рекламы и анонса, в том числе анонса о радиовещаниях, выше прерываемой рекламой и анонсом о рекламе радиовещания...

➡️ Подробнее

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мониторинг

🌀 МАИШИЙ ЧИҚИНДИ ТАШИШ ХИЗМАТИДАН ҲИСОБЛАНГАН 260 МИЛЛИОН СЎМДАН ОРТИҚ МАБЛАҒ ИСТЕЪМОЛЧИЛАРГА ҚАЙТА ҲИСОБ-КИТОБ ҚИЛИНДИ

📝 Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси Сирдарё вилояти ҳудудий бошқармаси томонидан Сирдарё вилояти “TOZA HUDUD” ДУК Гулистон шаҳар филиалининг 2023 ва 2024 йилнинг январь-апрель ойлари давомида истеъмолчиларга маиший чиқинди ташиш хизматларини кўрсатиши соҳасида қонунчилик талабларига риоя этилиши юзасидан ўрганиш ва таҳлил ишлари олиб борилди.

🏬 Сирдарё вилояти “TOZA HUDUD” ДУК Гулистон шахар филиалининг 2023-2024 йилларда ҳудудлар (маҳалла фуқаролар йиғинилари) кесимида мавжуд техникалар билан қамраб олинган аҳолига хизмат кўрсатиш йўналиш жадваллари (маиший чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш графиклари) тасдиқланган бўлиб, ушбу тасдиқланган жадвалларда белгиланган маҳалла фуқаролар йиғинида яшовчи жами аҳоли сони билан ҳақиқатда биллинг дастурига киритилган аҳоли сонини таққослаб кўрилганда айрим маҳалла фуқаролар йиғиниларида яшовчи аҳолидан кам маиший чиқинди олиб чиқиб кетилганлиги ҳолатлари кузатилди.

🟡 Ўрганиш нажаларига кўра, “TOZA HUDUD” ДУК Гулистон шаҳар филиали томонидан 2023 ва 2024 йил январь-апрель ойларида 41 992 нафар аҳолига нисбатан жами ҳисобда 260 618 677 сўм миқдорида ортиқча тўловлар ҳисоблаганлиги аниқланди.

Рақобат қўмитаси томонидан “TOZA HUDUD” ДУК Гулистон шаҳар филиалига иш қўзғатилиб, ортиқча олинган даромадни қайтариш тўғрисида бажарилиши мажбурий бўлган кўрсатма берилиши натижасида 260 618 677 сўм пул маблағлар истеъмолчилар фойдасига қайта ҳисоб-китоб қилинишига эришилган.

🔝 Батафсил
🔝 Батафсил лотин алифбосида

Каналга уланиш 🔝 https://www.tg-me.com/Raqobat qo‘mitasi/com.RaqobatGovUz

🖼️ веб-саҳифа | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/26 07:19:09
Back to Top
HTML Embed Code: