Telegram Group Search
#news

Durov 100dan ortiq biologik bolalari borligini ma'lum qildi

Pavel Durovning 15 yil oldin farzand ko'rishda qiynalayotgan do'sti undan spermasini so'ragan: Telegram rahbari oldin bu gapdan qattiq kulganini aytdi, ammo klinikada "yuqori sifatli donorlik materiallari" yetishmasligi muammo borligini aytishadi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, uning spermasi tufayli 12 mamlakatda yuzdan ortiq juftlik farzand ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Ko'p yillar o'tgach, u donor bo'lishni to'xtatdi, ammo uning muzlatilgan seminal suyuqligi hali ham mavjud.

Telegram rahbari donor bo‘lganidan afsusda emasligini ta’kidladi: u butun dunyo bo‘ylab tobora jiddiylashib borayotgan sog‘lom sperma tanqisligi muammosiga o‘z hissasini qo‘shganidan faxrlanadi.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vot imenno, biza o'zbemiz, doljinmasmiz ruscha gapirishga"

@boredpandablog
Bored Panda
#news Durov 100dan ortiq biologik bolalari borligini ma'lum qildi Pavel Durovning 15 yil oldin farzand ko'rishda qiynalayotgan do'sti undan spermasini so'ragan: Telegram rahbari oldin bu gapdan qattiq kulganini aytdi, ammo klinikada "yuqori sifatli donorlik…
Poligamiyaga qaytish

Bugun dunyo Pasha Durovning "sperma bank" orqali homilador bo'lgan turli ayollardan 100 nafar farzandi borligi haqida bildi. U Ilon Mask (uning turli ayollardan 12 nafar farzandi bor) bilan birgalikda norasmiy ravishda G'arb jamiyatini "yumshoq poligamiya"ga qaytishiga olib kelayapti. Qaysidir ma'noda, ular o'sha eski feodal haramlarni jonlantirishmoqda.

Ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda odamlar kamroq jinsiy aloqa qilishadi, kamroq oila yaratishadi, kamroq farzand ko'rishadi va natijada butun boshli xalqlar (masalan, Shvetsiya va Yaponiya) yo'q bo'lib ketish arafasida. Hech kim tug'ilishning pasayishi sabablarini aniq tushuntira olmaydi. Moliyaviy inqiroz, erkaklik quvvati yomonlashuvi, feminizm va LGBT bilan bir qatorda, oilaviy qadriyatlarni bekor qilish, "incels" (seks bilan shug'ullanmaslik harakati) va "Child free" (bolalarsiz hayot) kabi global ravishda aholi sonini kamaytirishga qaratilgan katta mafkuralar ham ta'sir qilayapti.

Biroq, tabiat har doim o'ziga yo'l topadi. Endilikda ayollar o'z xohishiga ko'ra, tabiiyki, yuqori iqtisodiy-ijtimoiy mavqega ega, faol va quvvatli alfa-erkaklar atrofida to'planishyapti. Ya'ni ular haramlarga to'planishadi. Bu yangi tendensiya emas. Antik davrda va o'rta asrlarda erkaklarning atigi 30-40%i o'zidan nasl qoldirgan bo'lsa, bu ko'rsatkich monogam 20-asrda 60% ga ko'tarildi va bugungi kunda biz yana Chingizxon davridagi singari 20-25% darajasigacha tushib ketayotgandekmiz.

Qizig'i shundaki, tarixiy nuqtai nazardan, urushlar, mojarolar, kasalliklar, epidemiyalar va boshqa ofatlar tufayli "past maqomga ega" erkaklar genofonddan chiqarib yuborilgan. Bugun ular o'lishmayapti va ayollar uchun raqobatlashishmoqda. Biroq, Tinderning statistik ma'lumotlariga ko'ra, undagi erkaklarning atigi 20%i tanishuv ilovalarida muvaffaqiyat qozonishadi va oxir-oqibat seksga erishishadi. Ayollar orasida bu ko'rsatkich 80%ga yaqin. Ya'ni, 20% erkaklar 80% ayollar bilan birga. To keksalikka qadar, xuddi Mik Jagger yoki Al Pachino kabi hatto 80 yoshda ham farzand ko'rishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, G‘arb dunyosi asta-sekin avlod qoldirish imtiyozga aylanadigan o‘rta asr feodal holatiga qaytadi. Boy erkaklar o'z haramlariga ega bo'ladi. Erkaklarning 50%i umuman jinsiy aloqa qilmaydi, uni o'rnini pornografiya va video o'yinlar bilan almashtiradi. Qolganlarda esa imkoniyat yo'q. Ayollar bitta yigit uchun 3-5 ta boshqa ayollar bilan raqobatlashadi. Mening yuzlab ayollar bilan yotib, bir necha farzandli bo‘lgan do‘stlarim ham, 30 yoshida bokiraligidan ayrilgan va hali ham farzandsiz yurgan do‘stlarim ham bor.

Sharqda, qayerdaki norasmiy poligamiya doimo mavjud bo'lgan (va hozir ham mavjud) va tug'ilish bilan bog'liq muammolar hali kuzatilmagan joyda nima bo'lishini bilish qiziq. "Yumshoq poligamiya" — tug'ilish muammosining kalitimi? Bo'lishi mumkin, bo'lishi mumkin.

- Rashev

@boredpandablog
#review

"Spartak"

Serialning birinchi mavsumini tugatdim. Ha, bitta o'tirishda. O'tkazib-o'tkazib ko'rdim. Unchalik yoqdi deyolmayman. Lekin jaa yomon ham emas.

18+ sahnalari ko'pligi biroz mavzudan chalg'itishi mumkin, lekin ssenariy yomon emas. Menga so'nggi qismlaridagi lavhalar ko'proq manzur bo'ldi. Spartak do'sti Varronni o'ldirishga majbur bo'lgan sahnasi ayniqsa ta'sirli.

Umuman olganda, yaxshi yakun bo'ldi. Aytishlaricha, 2-mavsumda bosh rolni o'ynagan aktyor o'zgaribdimish. Shunga davomini ko'rish uncha yoqmayapti.

@boredpandablog
Forwarded from Panda Books
Sizni sevimli ajdaringiz (dragon) qaysi, masalan?

@panda_books
Tanishing, Olimpiadada ishtirok etayotgan koreyalik mergan Yeji Kim.

U menga anime yoki koreys jangari filmlaridagi sahnalarni eslatib yuboryapti.

Vayb😎🔥

@boredpandablog
#nostalgiya #HarryPotter #GarriPotter

Garri Jeyms Potter - so'nggi yuz yillikdagi eng mashhur Xogvarts talabasi, "Avada Kedavra" jodusiga qarshi tura olgan birinchi sehrgar, Qora Lord bilan oltita jangdan keyin tirik qolishga muvaffaq bo'lgan va oxir-oqibat uni mag'lub etgan yagona inson. Vafodor do'st, samimiy hamkor, g'amxo'r ota.

Bugun 31-iyul. Garrining tug'ilgan kuni. Shu munosabat bilan u haqidagi ilk film suratga olish ishlari arxividan eng samimiy videolarni ulashmoqchiman.

@boredpandablog
Kuni kecha Xalqlar do'stligi kuni edi. Rasmda esa "ikki xalq" vakillari birga selfi tushmoqda.

@boredpandablog
YouTube sizlarda qanday ishlayapti?
Birpasda avgust ham kelib qolibdi...🥲

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #KalmarOyini #SquidGame

💥Netflix "Kalmar o'yini" serialining 2-fasli 26-dekabrda chiqishini e'lon qildi.

Serialning 3-final mavsumi 2025-yilda ekran yuzini ko'radi.

@boredpandablog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/08/01 12:43:27
Back to Top
HTML Embed Code: