Telegram Group Search
#tavsiya
O‘zbekiston yosh rassomlarining "Regeneration" san’at festivali

Yaqinda MOCFEST24ga oilaviy tashrif buyurgandik. Ertaga nasib qilsa, ushbu art-festivalga ham qatnashmoqchimiz. Vaqt bo'lsa, siz ham o'ting, nega deysizmi?

"Regeneration" - bu O‘zbekistonning iste’dodli yosh rassomlar avlodini taqdim etishga qaratilgan keng ko‘lamli san’at tadbiri. Unda turli san’at turlarini o‘z ichiga oladi: bir maydonda rassomlar, suratchilar, shoirlar, musiqachilar va hunarmandlar to‘planadi.

"Regeneration" zamonaviy o‘zbek san’ati va ijodiy dunyosining xilma-xilligini isbotlaydi degan umiddaman.

Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha. Kirish bepul.
Manzil: Axelon Karting Club (Anhor park)


Tekin reklama.
@boredpandablog
Mashnaqamush.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avlodlar orasida farq kattadek, lekin musiqalar o'sha-o'sha.

Xo'sh, siz Millenialmisiz yoki Zumer?

@boredpandablog
Rahmat😊 Jaa birinchimasdirmanu, lekin haqqatda GoT haqida kontent kamroqdek.

Ps: Shunaqa maqtab turiylarey orada)!

https://www.instagram.com/reel/C-LYTRCI1XM/

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #Arcane #Arkeyn

⚡️Netflix "Arkeyn" serialining so'nggi mavsumi katta treylerini taqdim etdi.

Premyera bu yil noyabrda.
@boredpandablog
“Eng yaxshi fentezi orzu tilida yozilgan. Fentezi orzu kabi jonli, reallikdan ancha real boʻlgan uzoq hamda sehrli lahzadir. Fentezi – kumush va toʻq qizil rang, indigo va moviy rang, oltin va lojuvard rangdagi taram-taram chiziqlarga ega obsidiandir. Reallik esa – kirlangan jigarrang, sariq-yashil boʻyoqlardagi yupqa yogʻoch hamda plastik kabidir.

Bu janr xabanera va asal, dolchin va chinnigul, mazali qizil goʻsht hamda yoz kabi shirin sharobning xayoliy taʼmidir. Reallik esa loviya va tofu hamda oxir-oqibat arzimas kuldir. Realligimiz bu Berbak doʻkonlari, Klivlend moʻrilari, Nyuark avtoturargohlaridir. Fentezi esa Oʻrtadunyodagi Minas-Tirik minoralari, Gormengastaning qadimiy xarsanglari, Kamelot zallari demakdir. Fentezi Janubi-gʻarbiy havo yoʻllaridan foydalanmaydi, u chaqqon Ikarning qanotlarida uchadi.

Nega orzularimiz roʻyobga chiqqanda juda kichik va kamtarona koʻrinish kasb etadi? Menimcha, biz yoʻqolgan boʻyoqlarni qaytarish, noodatiy ziravorlarni tatib koʻrish hamda afsonaviy sirenalarning qoʻshiqlarini eshitish uchun fentezini oʻqiymiz. Fentezida qalbimizning chuqur torlariga taʼsir qiladigan qadimiy va asl bir narsa bor. Fentezi tunda oʻrmonlarda ov qilishni, togʻ etaklarida ziyofat uyushtirishni hamda Oz mamlakati janubi va Shangri-La shimolida abadiy davom etadigan muhabbatini topishni orzu qiladigan bolakayga murojaat qiladi.”

Jorj Martin

@insusambil
Kechadan barcha bolajonlar yana maktabga chiqishdi. Mening bolalik orzuyim esa allaqachon amalga oshgan. Men kattaman va har kuni maktabga borish uchun ertalab 08:30 da turishim shart emas.

Lekin endi ishga borishim uchun 07:20 da uyg'onishim kerak, bla:(

@boredpandablog
Innovatsiya!
Mahalliy yangiliklar turkumidan.

@boredpandablog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kinonews

Guy Ritchiening "Yosh Sherlok" seriali suratga olish jarayonidan ilk fotosuratlar

Britaniyalik rejissyor Gay Richining bo'lajak detektiv seriali Endi Leynning "Yosh Sherlok Xolms" romanlari turkumining ekranlashtirilishi hisoblanadi. Bosh rolni Xiro Fayns-Tiffin ijro etadi. Serial ustida ish 2024-yilda boshlangan bo‘lib, uning premyerasi Prime Video platformasida namoyish etiladi.

@boredpandablog
#review

"Qudrat Uzuklari" 2-mavsumni ilk 4 ta qismini ko'rib tugatdim. Ijodkorlar bu safar Tolkin ijodiga hurmatlarini yana bir bor ko'rsatishga urinishgani tahsinga loyiq. Masalan, biz nihoyat Elflarning Qudrat uzuklari qanday taqsimlangani guvohi bo'ldik. Shuningdek, keyingi qismlarda qolgan uzuklarga ham shohid bo'lsak ajab emas.

Bu mavsumda syujet liniyalari kamroq, lo'ndaroq. Nihoyat, metereoritdan tushgan afsungar Gendalf degan tahmin kuchaymoqda. Tom Bombadil ham ko'rinish berdi. Sauron ham qanday zotligini yaqindan bilayapmiz. Ammo..

Nimadur kamdek? Qandaydur ulug'vorlik, Lindon va Numenor bor bo'yi bilan namoyish etilmagandek, ommaviy sahnalar kam. Dialoglar haddan ortiq..

Aytgancha, dialoglar. Tolkin asari eng avvalo lingvistik dunyo. Ammo negadur kuchli, esda qoladigan dialoglar yo'q. Judayam amerikancha sahnalar, ba'zi nuqtalarda siyqasi chiqqan klishelardan foydalanilgani serial ta'sirini biroz kamaytirgan.

Balki keyingi qismlar umidni to'la oqlar.. Ko'ramiz.

@boredpandablog
HODOR nomini yod etdik bugun🫡

Reelsni ko'rish majburiy:
https://www.instagram.com/reel/C_n3mtcoC8e/

@boredpandablog
#kinonews

Venetsiya festivalidagi Bosh sovrindorlar ma'lum bo'ldi:

"Oltin sher"ni – "Qo'shni xona" filmi qo'lga kiritdi.

Gran Pri g'olibi esa – "Tog'lik kelin" filmi bo'ldi.

@boredpandablog
To'g'ri, nafaqat elflar, gnomlar, Hobbitlar... umid qilamanki, shourannerlar faqat tana rangi bilan cheklanishadi)

Xullas, bizni yangi O'rta Dunyo kutib turibdi😊

@boredpandablog
2024/09/08 00:51:20
Back to Top
HTML Embed Code: