Telegram Group Search
Ochlik hissi [27.04.2024, Bek Olimjon Academy]

Ovqat tanamiz uchun energiya. Ovqatlar barchasi qoringa tushgandan keyin qonga so'riladi va shakar moddasiga aylanadi. Miyamiz esa shakarni juda yaxshi ko'radi. Ba'zi ovqatlar tezroq (tort, kola, issiq non va h.k), ba'zilari esa sekin (pishloq, yong'oq) shakarga aylanadi. Insulin esa qonga tushgan ovqatni boshqa a'zolarga mos keladigan energiyaga aylantirib beradi.

0.5 kola ichsak qondagi shakar birdaniga oshib ketadi, tana xursandlikdan birdaniga ko'p insulin ishlab chiqaradi. Insulin esa koladagi shakarlarni energiyaga aylantirib tashlaydi va qondagi shakar miqdori pasayadi.

Qondagi qand miqdori pasayishi bizga ochlik hissini beradi. Bosh aylanishi ham shundan chiqadi.

Ochlik hissini boshqarish uchun qonda shakar miqdorini birdaniga oshib ketishiga yo'l qo'ymaslikdir. Buning uchun qonda tez shakarga aylanuvchi ovqatlarni ko'p iste'mol qilmaslik kerak: oq non, pishiriqlar, kola, oq guruchli ovqatlar, makaron, kartoshka, fastfood.

Ochlik hissini kamaytirish uchun shakardan voz kechish kerak!

@VMblogi
Ro'za paytida sport [27.04.2024, Bek Olimjon Academy]

Ramazon paytida ko'p terlashga sabab bo'ladigan sport (yugurish, jang sporti va b.) ni to'xtatib tursak ham bo'ladi.

Bosh og'rishiga ko'pincha suvsizlik va terlashda kerakli tuzlarni tanadan chiqib ketishi natijasida hujayralar qurib, puchayib qoladi va o'z faoliyatini bajara olmaydi. Bunday paytda namakop (gipotonik eritmas) yordam beradi. Chanqoq qolishi bilan birgalikda tuzlarni ham o'rnini to'ldirish kerak bo'ladi.

Dorixonalarda regidron kunini (bolani ichi ketganda beriladigan dori) olib 1 litr suvga bir paketini qo'shib ichib yurilsa bo'ladi. Bu esa suvsizlik + tuzlar yetishmasligiga yechim bo'ladi.

@VMblogi
Telefonga qullik [27.04.2024, Bek Olimjon Academy]

Telefon qulligidan qutilishga yordam beruvchi amallar:
1. Yotoqxonaga telefon olib kirmaslik
2. Uyg'ongan zahoti tel ishlatmaslik
3. Hojatxonaga tel olib kirmaslik
4. Ovqatlanish paytida telni uzoqroq qo'yish
5. Sayrga telsiz chiqish
6. Tel ni yo'l va ishda sumkada olib yurish

@VMblogi
Aqliy faoliyatimizning samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar [27.04.2024, Bek Olimjon Academy]

Ayni paytda atrofimizda juda ko'p "shovqin"lar mavjud, ularga ijtimoiy tarmoqlar va ulardagi "juda baxtli insonlar", atrofimizdagi turli bosimlar, chalg'ishlar va h.k larni keltirish mumkin.

Shunday sharoitda ham maqsadga erishish bo'yicha bir qancha tavsiyalar berilgan:
1. Bir vaqtda bir qancha ishlarni qilmaslik kerak. Stop multitasking!
2. Ma'lumot to'plashga emas, natijaga erishishga harakat qilish kerak. Masalan, ingliz tilini o'rganish uchun yuzlab kitob yuklashdan ko'ra 3-4 ta gap tuzishni o'rganish foydaliroq.
3. Maqsadlar aniq bo'lishi kerak. Bir vaqtda bir nechta maqsad emas, bir maqsadni amalga oshirish uchun intilish kerak.
4. Har kuni qilinishi kerak bo'lgan ishlar aniq bo'lishi kerak va ular maqsadga eltishi zarur. Maqsadga olib bormaydigan amallardan voz kechish kerak!
5. Emailni kuniga 2 marta tekshiring. Bek aka ijt. tarmoqlardan kechishni tavsiya qilgan.

Kasallikka shifo topishni eng birinchi qadami inson o'zidagi "kasallik"ni tan olishidir.

@VMblogi
Ikkinchi darajali fikrlash [28.04.2024, Bek Olimjon Academy]

Biror muammoga yechim topishda 2-darajali fikrlash muhim: muammo > yechim > dastlabki natija > 2-darajali natija/asorat > 3-daraja va h.k.

@VMblogi
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman).pdf
422.6 KB
O'gay ona kitobi yakunlandi
#kitob

ℹ️ Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asarini tugatdim, Munir dasturi orqali sotib olib o'qidim (dasturdagi kamchiliklar sababli ham kitobni tugatish choʻzilib ketdi), lekin bepul pdf versiyasi ham bor ekan :)

👍 Asar yoqdi, Fotimaxondek insonlar Allohning mo'jizasi deyishim mumkin. O'zi dunyoga nega kelganimizni bilsak, yashashimiz ham ancha oson bo'ladi.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Decision fatigue

Buning maʼnosi "qaror qabul qilish orqali miyani charchasi" boʻlar ekan. Inson miyasi qancha koʻp savollarga javob bersa, qarorlar qabul qilsa borgan sari javob va qarorlarni sifati pastlab ketar ekan.

Demak har bir hodisa miyamizdan "nima boʻldi?", "nega bunaqa?" kabi savollar soʻralishi orqali energiyani ishlatadi. Ijtimoiy tarmoqlar koʻp energiyamizni yeyishiga ham shu sabablidir.

Miyamizni energiyasini asrashimizga kunimiz, uzoq muddatli rejalarni tuzishimiz, miyamizdagi gʻoya va fikrlarni tartiblashimiz ham foyda beradi.

Reja boʻlmasa, nimani qachon qilishimiz haqida aniqlik boʻlmasa miya oʻylayverib ham charchab qoladi.

Bek aka kundalik yozar ekan, buni ham foydasi tegar ekan. Ertalablari miyasidagi hamma narsani 2-3 bet qilib jurnalga yozishi haqida ham postlari bor edi.

@VMblogi
💛 Allohning taqdiriga ko'nish qanday rohatli...

🔹 Shuncha harakat qilib kelsangiz ham poyezd/samalyotga ulgurmadingiz; 3-4 yil ingliz tilini o'rganib IELST'dan 5-5.5 oldim...

😔 Aslida yuqoridagi misollardan juda ko'piga hayotimizda duch kelamiz va o'zimizcha o'ylaymiz: "Agar unday qilmaganimda, bunday bo'lardi va h.k". Lekin bilmaymizki hayotimizdagi barcha hodisalar Allohning xohishiga ko'ra amalga oshadi.

🎯 Eng yaxshisi esa "Allohning taqdiri ekan samalyotga kech qoldim", "Alloh bundanda yaxshiroq narsalarni menga ravo ko'rgani uchun ham IELTS'dan pastroq baho oldim" kabi xulosalar qilish orqali quyidagilarga erishamiz:
1. Avvalo Allohning taqdiriga ko'nganimiz uchun savob va Allohning muhabbatiga erishamiz inshaalloh.
2. Ko'nglimizdagi turli g'ashliklar ketadi. "Nasib qilmagan ekan shunday bo'lmadi" deb "omadsizlik"larni osonlik bilan qabul qilamiz.

☺️ 2014-yil o'qishga kirolmay yiqilgan paytimda bu dunyodagi eng baxtsiz insonlardan biriman deb o'ylagan edim, lekin mana shu yiqilishni menga berilgan ne'mat ekanligini keyinchalik anglaganman. Bu haqida ham keyinchalik aytib berarman.

Tavsiya: Allohning taqdiriga ko'ning, shunda ancha ko'nglingiz taskin topadi.

⚠️ Diqqat! Taqdirga ko'nish deganda imtihondan yiqilib bori shu ekan deb ortga qaytish kerak emas, imkon qadar maksimal harakat qilish va kelgan natijani ijobiy qabul qilish kerak.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏋️‍♂️ Tana haqida g'amxo'rlik qilamiz!

🙂 Kecha bismillah deb zalda shugʻullanishni boshladik. Toʻgʻrisini aytganda tanam mazza qildi, kun davomida ofisda, stulda oʻtirishdan soʻng zal tanani quvontirar ekan.

Oʻzi zalga chiqishimga 2 narsa sabab boʻldi:

1️⃣ 1Fit dan qulay narxlar evaziga cheksiz va ajoyib imkoniyatlar. Hozirda 410 ming/oyiga evaziga istalgan joyimda, istalgamn sport bilan shug'ullanishim mumkin (tepada rasmlari bor).

2️⃣ Axror akani intervyulari. Asosiy olgan xulosam sportni kamida sog'lig'imni saqlash va oilam uchun uzoq yillar davomida salomat bo'lib yurish uchun tanlash kerak.

😔 O'zi oxirgi paytlar turli kasalliklarga dori ichaverib, ichimni dorixona qilgadim. Endi sog'lig'imga sport orqali g'amxo'rlik qilmoqchiman.

💪 Agar siz ham mendek 1Fit orqali turli sportlar bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz keyingi postda tajribamni bo'lishaman.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1Fit'dan foydalanish bo'yicha qo'llanma

1️⃣ Birinchi navbatda 1Fit dasturini yuklab, o'rnatasiz. Ro'yxatdan o'tishingiz bilan sizga dastur hodimlari aloqaga chiqishadi. Ular keyingi amallarni qilishingizda ham yordam berishadi.

2️⃣ O'zimni holatimda 1Fit'dan 1 yillik abonementni Uzum Nasiya orqali 4 920 000 so'mga 1 yilda bo'lib to'lashga, hech qanday foizlarsiz oldim. Shunda oyiga 410 ming so'mdan ulangan plastik kartamdan pul yechim oladi. Uzum Nasiyadan boshqa dasturlar orqali ham abonementni olishingiz mumkin.

3️⃣ Menga yaxshilik qilish niyatingiz bo'lsa abonement sotib olish paytida meni promo kodimni kiritib ketishingiz mumkin: WMTEAM95. Shunda sizda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi, lekin menga +30 kun sovg'a qilasiz. Rasmda qayerga promo kodni kiritish ko'rsatilgan.

Menga 1Fit ni eng yoqqan tomoni endilikda men 1 oyga 410 ming so'm to'lab o'zim istagan vaqtda turli sportlar bilan shug'ullanishim mumkin, masalan, haftani toq kunlari workout, juft kunlari suzishga va yana qaysidir kuni stol tennis, kamondan otish, ot minish va h.k.

😎 Axad aka aytganidek sport bilan shug'ullanish bizni turli kasalliklarsiz, sog'lom turmush tarzi bilan barakali hayot kechirishimizga ko'makchi bo'ladi.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqish boʻyicha chelenj

📖 Bugun bir haftada tugataman deb shu kitobni oldim. Nasib qilsa bir haftada tugatamiz va keyingi shanba kuni kitobdan olgan xulosalarimni sizlar bilan boʻlishaman.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ideal odamga aylanish uchun namuna va murabbiy

Juda koʻpchiligimiz ideal odam boʻlish uchun oʻzimiz bilgan insonlarga oʻxshashga intilamiz. Kitoblar oʻqiymiz va yaxshilanishga intilamiz. Oddiygina misol, odamlar bilan yaxshi muloqatda boʻlish va doʻst orttirish uchun Deyl Karnegining kitoblarini oʻqiymiz. Lekin bizni ideal inson boʻlishimizga koʻmak beradigan ideal namuna va murabbiyimiz borligini har doim ham anglayvermaymiz.

Paygʻambarimiz s.a.v'ni Alloh taolo eng goʻzal hulq egasi deb taʼriflaganini oʻzi u insonni biz uchun eng yaxshi namuna ekanligini anglatadi.

Hozirda biz ergashayotgan odamlarni yaxshi tomonlari koʻpdir, lekin oʻziga yarasha kamchiliklari ham bor. Shunday ekan ustoz tanlashda adashmaylik...

@VMblogi
Valijon Maxmudov blogi
Kitob oʻqish boʻyicha chelenj 📖 Bugun bir haftada tugataman deb shu kitobni oldim. Nasib qilsa bir haftada tugatamiz va keyingi shanba kuni kitobdan olgan xulosalarimni sizlar bilan boʻlishaman. @VMblogi
Kitobni tugatish nasib qilmadi. Endigina 104-betga keldim, bu hali 1/3 ham emas 😅.

Lekin deyarli har kuni kitob oʻqiyapman. Nasib qilsa davom etamiz 💪.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qorning boʻlsa changalda shoʻrva 😁

💪 Meni zalga chiqishim va tinimsiz ishlashim kerakligi haqida bortib chiqqan "qorincham" sababchi. U mening motivatsiyam 😅

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayot qoidalari o'zi juda oddiy, o'zimiz uni murakkablashtiramiz
#xulosa

Fikrimni oddiy misol bilan ifodalashdan boshlamoqchiman, aytaylik biz ingliz tilini o'rganishimiz kerak. O'rganishni oddiy qoidasi kerakli usullarni intizomli ravishda qilib borish, bunda sizga hech qanday sehrli kitob emas shunchaki mehnat qilish kerak bo'ladi. Lekin buni o'rniga esa biz YouTube'dan soatlar yaxshi o'rganish bo'yicha videolar qidiramiz, turli kurslarni izlaymiz va h.k.

Dangasalikdan qutilish uchun ham "erinmasdan" dangasalikdan holi bo'lishga ko'mak beruvchi videodarslar, qo'llanmalar izlaymiz. Biroq dangasalikning yagona yechimi maqsad qo'yish va vaqtni bekor ketkazmasdan mehnat qilishdir.

Ushbu aytayotganlarim o'zimda juda ko'p bo'ladigan holatlardan, biror nimani o'rganaman deymanu tonnalab videolar, kitoblar jamlayman va ko'pincha o'sha narsani o'rganishda samarali natijaga erishmayman. O'zi biror nimani o'rganishda o'sha narsani mohiyatini anglash (bu haqida haliroq yozaman) va o'sha maqsad bo'yicha minamal natijalarga erishishga harakat qilish kerak deb o'ylayman.

Xulosa: Hayot oʻzi oson, oʻzimiz qiyinlashtirib muammolar yaratamiz va yechim izlab oʻzimizni qiynaymiz 😅.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz shunday qila olasizmi?
#xulosa

💣 Har safar granatani ko'rganimda Jasur kinosidagi shu lavha yodimga keladi va doimiy bir savol hayolimda aylanadi: "Shunday vaziyatda men bo'lsam askar qilgan ishni qilolarmidim?"

🤔 Bu savolga haqiqiy javob berish orqali qay darajada o'zimdan ko'ra atrofimdagi insonlarni o'ylashim haqida xulosaga kelishim mumkin.

👨‍🏫 Umuman olganda hozirgi turli zararli odatlar va chalg'ituvchi vositalar davrida millatimizni rivojlanishi uchun mehnat qiluvchi insonni videodagi askarga o'xshatish mumkin deb o'ylayman. Chunki hozirgi zamonamizning zamonaviy "jadid"lari millatimizni keraksiz narsalar bilan o'ralashib qolmasligi uchun harakat qilishyapti.

Endi sizga savol: "Askar qilgan ishni qilolasizmi? Hozirda atrofingizdagilarni asrash uchun o'zizni "bomba"ni ustiga otolyapsizmi?"

😢 Meni javobim: Men qilolmayapman, bunga loyihalarimga yaxshi e'tibor bermayotganimni isbot qilib keltirishim mumkin.

@VMblogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/19 17:36:42
Back to Top
HTML Embed Code: