Telegram Group Search
#premyera

Netflix’da rossiyalik Ruferchilar haqida hujjatli film namoyish etildi.

Ivan va Anjelina sug'urtasiz va ko'pincha noqonuniy ravishda dunyodagi eng baland binolarga chiqishadi.

"Dunyoning tepasida turish erda yashashdan ko'ra 100% osonroq", deydi Ivan.

@boredpandablog
Bored Panda
Undayam kastimim o'zimga qolgan😏 @boredpandablog
#haqida

Qimmat kelin-ko'ynak

To'g'risi, man ham, ayolim ham odmi, sodda kelin ko'ylak tarafdori bo'lganmiz. Va ijara emas, sotib olish maqsad edi.

Lekin bozor (To'rtko'l)da odmi kelin ko'ylaklar yo'q ekan. Aniqrog'i, bor arzonrog'i - biroq ular shunchalar sifatsiz va didsizki, pul bekor ketadi. Ustiga-ustak, barcha sotuvchilar qimmat ko'ylakka shunchalik o'rganib qolishganki, sifatli, lekin oddiy va arzon ko'ylaklarni olib kelishni hatto hayoligayam keltirmaydi.

Aholining daromadi va topish-tutishiga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan narxlar ko'pligi bois, ularniyam ko'p ayblab bo'lmaydi.

Biz ham oxir-oqibat ayolim o'zi xohlaganini Urganchdan oldirganmiz. (Toshkentdan opkelish qimmatga tushardi)

Mana bir kunlik to'y ham o'tdi. Xudoga shukr baxtli yashab kelayapmiz:)

@boredpandablog
Bored Panda
Undayam kastimim o'zimga qolgan😏 @boredpandablog
Kuyov Panda.

Kastim-shim, galstuk turkcha butik "Damat"dan olingan edi lekin:)

Qiziq, hozir sig'armikanman😭😂

P.s: Videoda adashibman. Kelinni ikkita ko'ynegi puli shuni ichida ekan.

@boredpandablog
#kinonews

IMDb — “One Piece” va “Shogun” 2024-yilning eng yaxshi seriallari ro‘yxatida yetakchi

Reyting sayt foydalanuvchilarining baholari asosida tuzilgan. Demak:
1. "One Piece" (Yakuniy saga)
2. “Shogun” (1-fasl)
3. "X-Men 97" (1-fasl)
4. "Ayiq" (3-fasl)
5. "Fallout" (1-fasl)
6. “The Boys” (4-mavsum)
7. “Ajdar Xonadoni” (2-fasl)
8. "Haqiqiy detektiv" (4-fasl)
9. “Bir kun” (mini-serial)
10. “Jentelmenlar” (1-mavsum)

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parlament quyi palatasi yalpi majlisida "obed"ga chiqish masalasi ko'rib chiqilyapti😂

@boredpandablog
Bored Panda
Parlament quyi palatasi yalpi majlisida "obed"ga chiqish masalasi ko'rib chiqilyapti😂 @boredpandablog
Tezis

Qachondir bizda ko'pchilik holatda qanday yo'l tutilishini ifodalashni so'rashsa, Spikerning oxiridagi gapini iqtibos qilishiylar mumkin.

“Ko‘pchilikning fikrini e’tiborga olamiz, lekin tanaffus e’lon qilamiz".

so bo'lasla.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #Joker

Todd Fillips rejissorligidagi Xoakin Feniks va Ledi Gaga ishtirok etgan “Joker: Ikki kishilik telbalik” filmining yangi treyleri chiqdi.

Premyera 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

@boredpandablog
Amerikacha Gorbachev

Aytishlaricha, Kamala Xarris 24 soat ichida prezidentlik kampaniyasi uchun $81 million dollar yig‘gan. Ammo bu shunchaki arzimas chaqa.

Kelgusi oylarda har bir ommaviy axborot vositasi - radio, televidenie, gazetalar, jurnallar, blogerlar, Facebookdagi manipulyatorlar, Instasamkalar va TikTokerlar - faqat uni alqashadi, uni ajoyib notiq va xaloskor sifatida ko'rsatishadi, Siyosiy reklama uchun o'n milliardlab dollarlik xizmatlarni taqdim etadilar. Barcha Administrativ va mediaresurslar "Amerikacha Gorbachev" operatsiyasiga tashlanadi, garchi bu shunchaki deep state tomonidan tayinlangan o'yin bo'lsa ham.

Suiqasddan so‘ng Tramp, albatta, "ma’naviy" g‘alaba qozonib bo'ldi, biroq katta ehtimol bilan u noyabrdagi “saylovlarda” yutqazadi.

- Rashev

@boredpandablog
#Olympic2024

Olimpiada-2024. Bugun O‘zbekiston o‘zining tarixiy yurishini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Afsonaviy musiqachi Bob Dilan hayoti haqidagi "A Complete Unknown" filmi treyleri e'lon qilindi.

Bosh rolda o'zimizning Timoti Shalame.

@boredpandablog
Kim biladi, Uzbekistan's Club'ga qanday a'zo bo'lsam bo'ladi? A to meniyam xorijga, Parij Olimpiadalariga davlat hisobidan borgim kelayapti.

Instagramda otmetka qilishga va'da beraman:)

@boredpandablog
Bored Panda
Kim biladi, Uzbekistan's Club'ga qanday a'zo bo'lsam bo'ladi? A to meniyam xorijga, Parij Olimpiadalariga davlat hisobidan borgim kelayapti. Instagramda otmetka qilishga va'da beraman:) @boredpandablog
#haqida

Tepadagi mavzu haqida

Endi jiddiy gapiradigan bo'lsak.

Aslida dunyoda hech bir davlat bir guruh Instablogerlarni, shunchaki Instagramda ko'proq obunachisi bo'lgani uchun davlat hisobidan Delegatsiyaga qo'shib jo'natmaydi. Chunki bu pul soliqto'lovchilarniki. Biz boy davlat bo'lsak mayli, bunday olganda boylarku umuman unday qilmaydi. Vatanni sevsa, unga shu joyiga borib muxlislik qilishni istasa, bemalol o'z hisobidan boraversin, nima to'xtatib turibdi?

E'tibor bersangiz, bizda ba'zi bir blogerlar juda oson yo'l topib olishgandek: Ya'ni davlat piar loyihalarini egallash. Rostanam, shunaqa loyihaga kirib olsangiz, marra sizniki. Qiynalib reklama qidirib yurmaysiz, davlat o'zi homiy topib beradi. Jaa heyt qilishni boshlashsa, ularga: "Biz byudjetdan ketmadik, mana homiylarimiz Uzairways" deysiz tamom. Borgach, baribir reklamayam ovurasiz. Kimni nima ishi bor?

Aslida meni hech kimga husumatim yo'q. Ничего личного. Просто бизнес. Ulardayam ayb yo'q. Ayb shunaqa imkon yaratib berilayotganida. Sizdayam shunaqa imkon bo'ganda, balki siz ham shu yo'lni tanlardiz.

O'zi Sportni haddan ortiq moliyalashtirishimiz haqida ko'p tanqidiy fikrlar gapiriladi. Davlat Olimpiya g'oliblariga $200.000, $100.000lab pul, ustiga-ustak, qimmatbaho moshina, 3 xonali uylar berilishi — iqtisodimiz qay ahvoldaligini bilgan har qanday insonda savollar tug'dirishi aniq. Nahot boshqa rivojlangan davlatlardayam sport shu tarzda rag'batlantirilsa? Gumonim bor. Yaxshisi shu pullar infrastrukturaga, maktablar, basseynlar qurilishiga, bolalar sog'ligi va ovqatlanishiga yo'naltirilsa ko'proq foydali emasmi? Buni hamma biladi, ammo bu effekti hozir bilinmaydida. Bizda esa doimgidek uzoq muddatli rejalarni kutishga vaqt yo'q.

Aytgancha, tepadagi savolim haliyam aktual.

@boredpandablog
#kinonews

Hindlar "Bobur" haqida film suratga olishibdi deyilmoqda

Mo'g'ul imperiyasi to'g'risidagi tarixiy filmda mashhur aktyor Shoxruh Xon rol ijro etgani aytilmoqda.

Ko'ramiz.

@boredpandablog
Ват зе мазе фазе систе бразе?!🤦🏻‍♂️

Давлат ҳисобидан яъни бюджет пулларидан Парижга Олимпиадачиларимизга мухлислик қилиш, пиар кампания уюштириш учун олиб кетилган блогерлардан бири Никита Макаренко “Ҳусанов ким?!” деб юрибди🤷🏻‍♂️

😎 ФУТБОЛИЩЕЕЕ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/07/25 09:06:29
Back to Top
HTML Embed Code: