Telegram Group Search
#jurnal_sahifalaridan

SUN'IY INTELLEKT TO'G'RI QO'LLANILSAGINA INSONLAR HAYOTINI OSONLASHTIRADI

"Tanishing — Mashxura Eshmatova. INHA universiteti kompyuter injeneriyasi yo'nalishining 4-kurs talabasi. Shuningdek, 1,5 yildan beri Alif Tech kompaniyasida sun'iy intellekt (AI) sohasida muhandis (ML Engineer) bo'lib ishlash barobarida kompaniya qoshida tashkil etilgan "Alif Academy" IT akademiyasini ham boshqarib kelmoqda. Sun'iy ong bilan qanday "sirlashganini", yaxshisi, uning o'zidan eshitsak..."

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan

Sunʼiy intellekt qachon paydo bo‘lgan?
U odamdan ham “aqlli”mi?


Shu kabi savollarga javob olish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi АKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sherzod Аbdullayev bilan suhbatlashdik.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
​​🔎 Nobel mukofati sovrindori

👉Vant-Goff Gollandiyaning Rotterdam shahrida nufuzli va ziyoli oilada 1852 yili 30 avgustda dunyoga keldi.

✔️Ikki yil mobaynida Yakob Vant-Goff mashhur olim Fridrix Kekul rahbarligida Bonn shahrida o‘ztkazilgan ilmiy tadqiqotlarda faoliyat yuritdi. Yosh kimyogar ustozi bilan birgalikda propion kislotasini kashf etib, katta yutuqqa erishadi. Hozirgi kunda ushbu kislota ayrim dori vositalarini ishlab chiqarishda keng qo‘llanilib kelinmoqda.

✔️1874-1875 yillari Vant-Goff ilmiy ishlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida to‘plangan nazariy va amaliy natijalarni umumlashtirib, kimyoviy jarayonlarni oddiy tenglamalar bilan ifodalab berdi.

✔️Jumladan, termodinamikaning asosi hisoblangan izoxora va izoterma tenglamalarini yaratdi. U harorat ortishi bilan kimyoviy
jarayon
ning tezlashishini aniqladi.

✔️M.Faradey tomonidan elektroliz hodisasining kashf qilinishi bilan elektrokimyoga asos solindi. Uning asosida elektr toki ta’sirida kimyoviy birikma molekulalari alohida moddalar ionlariga ajraladi. Vant-Goff esa o‘zi o‘tkazgan tadqiqodlar asosida bu jarayon elektr tokisiz ham yuz berishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.

✔️Bu kashfiyot suyuqliklarda osmotik bosimni o‘rganish jarayonida yuzaga kelgan bo‘lib, bu bosim moddani tashkil etgan atom va molekulalar xususiyatlarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi hamda shu modda uchun Avagadro qonunini qo‘llash imkonini beradi.

✔️Aynan shu kashfiyotlari uchun Yakob Vant-Goff 1901 yili kimyo sohasida Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan edi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚 “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim, professional ta’lim va xalq ta’limi sohasida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlab kelmoqda.

✔️ “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”ning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ilmiy monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, avtoreferatlar, bukletlar, bannerlar va h.k.larni nashr etadi.

✔️ Bundan tashqari korxona o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kitoblar chop etish, turli sohadagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash, kitob va turli matnlarni tahrir qilish, dizayn, maketlashtirish, illustratsiya ishlari, kitoblarni qattiq va yumshoq muqovalash, shuningdek, bukletlar va plakatlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

✔️ Shuningdek, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnali hamda “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop jurnalini nashrga tayyorlaydi.

Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.

📞 Bog‘lanish uchun telefon:
+998977059035

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Doʻstlaringizni ham kanalimizga taklif qilishni unutmang 👉 https://www.tg-me.com/telegram/com.Innovatorjurnali
#motivatsiya

Kambag'al otam tez-tez aytardi: "Men boy bo'lishdan ko'ra baxtli bo'lishni hohlayman!"

Boy otam aytardi: "Nega endi ikkalasi ham emas?!"

Robert Kiyosaki (<Boy ota- kambag'al ota> kitobidan).

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jurnal_sahifalaridan

So‘nggi yillarda ixtirochilik qobiliyati bilan dunyoga tanilayotgan, yuksak minbarlarda Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilayotgan yoshlar ko‘paymoqda. “TASS VISION” startap firmasi rahbari Shahzod Umirzakov shunday iqtidorli yoshlardan biridir. U xalqimiz va tadbirkorlarimizga o‘zining innovatsion g‘oyalari bilan ko‘maklashib kelmoqda. Qahramonimiz faoliyati bilan quyidagi statistik maʼlumotlar orqali yaqindan tanishasiz.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#yangiliklar

Amazfit kompaniyasi o'zining aqlli uzugini ishlab chiqdi

Amazfit Helio Ring nomini olgan ushbu mahsulot sportchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga oid ma'lumotlarni qayd etib borishda foydalaniladi.

Manba: https://www.tg-me.com/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​#Innovator

🎉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi hamda "Innovator" jurnali qahramoni Urunov Asadbek "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Asadbek o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladigan qahramonlarimizdan. Robototexnika sohasidagi ilmi orqali bir qancha ishlanmalarni yasashga muvaffaq bo'ldi. Natijada, ko'plab tanlovlar g'olibiga aylandi. Jumladan, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan "TechnoWays" texnologik marafonida "Fresh Energy" lohiyasi bilan respublika bosqichida g'olib bo'lgan. Shuningdek, ushbu marafon orqali "Dubay Expo 2020 xalqaro ko'rgazmasi"ga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. Inkubatsion markazlar mavjud universitetlar o'rtasida tashkillashtirilgan "Student CUP" loyihasida TTPU bosqichi g'olibi bo'lgan. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan elektromobillar taraqqiyotini yurtimizda ham bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadida ajratilgan 30 000 000 so'm grant sohibiga jamoasi bilan erishdi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimiznii samimiy muborakbod etadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
2024/06/28 17:54:05
Back to Top
HTML Embed Code: