Telegram Group & Telegram Channel
Internet zamonida hakim zotning o’g’liga qilgan oltinga teng tavsiyalari.

“O’g’lim! Google, Facebook, Twitter, WhatsApp, Telegram, Instagram va barcha ijtimoiy tarmoqlar bamisoli tubsiz dengizdir. Unda qanchadan qancha kishilarning axloqlari g’arq bo’lgan, aqllari cho’kkan. Ularning ichida yigitlar ham, qariyalar ham bor… Uning to’lqinlari iffatli qizlarning hayosini yutib yuborgan… U juda ko’p xaloyiqni halok qilgan. Unga sho’ng’ib ketishdan ogoh bo’l. Internetda go’yoki asalari kabi bo’l, avvalo o’zingga, keyin o’zgalarga foyda keltirishing uchun sahifalarning eng pokizasini ziyorat qil.

O’g’lim! Pashsha kabi gulga ham, go’ngga ham qo’nib, o’zing bilmagan holda kasalliklarni tashima…

O’g’lim! Internet katta bozorga o’xshaydi. U yerda hech kim molini tekinga tarqatmaydi. Hamma muqobiliga biror narsa xohlaydi. Kimdir molining muqobiliga odob-axloqni olmoqchi bo’ladi. Kimdir shubhali fikrlarini tarqatmoqchi bo’ladi… Yana kimdir shuhrat qozongisi keladi… Yana kimdir jamiyatni isloh qilmoqchi bo’ladi… Molni yaxshilab tekshirmaguningcha sotib olma.

O’g’lim! Mish-mishlarni va bo’lmag’ur latifalarni tarqatishdan, harom narsalarni ko’chirib yoyishdan hazir bo’l!
Bilgin, sen bu yaxshi va yomon narsalar bilan tijorat qilmoqdasan. Tovaringni birovga taklif qilishingdan oldin pokizasini tanlab ol, chunki mijoz sendan maslahat so’rab o’tirmaydi, sotib olaveradi.

O’g’lim! Biror narsa ostiga fikr yozib qoldirmoqchi bo’lsang, yaxshilab o’yla, bu gaplaring Allohni rozi qiladimi, yo’qmi?!

O’g’lim! Ko’zing bilan ko’rmagan inson bilan do’st tutinma. Odamlarga yozgan narsalari orqali hukm chiqarma… Chunki ismlari yasama, suratlari sohta, axloqlari bezalgan, so’zlari yoqimli, yuzlarida niqob, rostlari yolg’on bo’lishi mumkin. Qanchadan-qancha olimlikni da’vo qilganlar qip-qizil johil, go’zallar badbashara, sahiylar ziqna, jasurlar qo’rqoq… Alloh rahmatiga olganigina mustasno. Sen ham Alloh rahmatiga olganlar safida bo’l.

O’g’lim! O’zlariga sohta ism qo’yib oladiganlardan ehtiyot bo’l. Chunki ular o’zlariga ishonmaydilar. O’ziga ishonmaganga sen ham ishonma. Sen ham birovning ismini qo’yib olma, chunki Alloh sirni ham, undan-da maxfiyrog’ini ham bilib turadi.

O’g’lim! Senga ozor berganga ozor berma. Sen o’zingning, u o’zining axloqini namoyish qiladi. Sen bu ishing bilan o’z axloqingni ko’rsat, uning axloqini emas… Qozon - ichidagi narsasi bilan toshadi.

O’g’lim! Yozayotgan narsangni saralab ol… sen yozasan, farishtalar ham yozishadi. Alloh barchani kuzatib, hisob-kitob qilib turadi.

O’g’lim! Dahshatli internet dengizida sen uchun eng qo’rqadigan narsam harom, fisqu fujur, behayo narsalarni tomosha qilishingdir. Agar ushbu harom narsalardan chetlab o’ta olsang, internetdan o’zingning manfaating uchun foydalan, jamiyating bilan muloqot qil, diningni yoyishga harakat qil. Agar harom narsalar girdobida qolganingni ko’rsang, internet dunyosida yirtqich hayvondan qochganingdek qoch, chunki qiyomatda do’zax boradigan joyingga, haq-huquqini toptagan insonlarning hasmingga aylanishadi.

O’g’lim! Shaytonning qaramog’iga g’aflatda qolganlar, shahvatga berilganlar ilinadi. Bu ikkisi internetning ustunlaridan hisoblanadi. Internet g’aflating uchun emas, hizmating uchun yaralgan. Sen uni ikki dunyo mafaating uchun ishlat, u bilan kelajagingni qur, seni buzib, yer bilan yakson qilishiga yo’l qo’yma! Oxiratda sening foydangga hujjat bo’ladigan qil, ziyoningga hujjat qilma!Alloh barchamizmi to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!”

#Muhammad Ali Muhammad Yusuf

@afiyfun

tg-me.com/afiyfun/2099
Create:
Last Update:

BY A’fiyfun

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/afiyfun/2099

View MORE
Open in Telegram

A’fiyfun Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

In many cases, the content resembled that of the marketplaces found on the dark web, a group of hidden websites that are popular among hackers and accessed using specific anonymising software.“We have recently been witnessing a 100 per cent-plus rise in Telegram usage by cybercriminals,” said Tal Samra, cyber threat analyst at Cyberint.The rise in nefarious activity comes as users flocked to the encrypted chat app earlier this year after changes to the privacy policy of Facebook-owned rival WhatsApp prompted many to seek out alternatives.A’fiyfun from sa

Telegram A’fiyfun
FROM USA