Telegram Group Search
👮🏻‍♂Milliy gvardiyachilar o‘rtasida Zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi

🏆Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda Zakovat klubi hamkorligida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida Zakovat o‘yini o‘tkazildi

🥳 Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchi, xodim, kursant hamda o‘quvchilardan tashkil topgan jami 30 ta jamoa qatnashgan musobaqada sovrinli o‘rinlarni quyidagi jamoalar egalladi:

🥇1-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universitetining “Favorit” jamoasi
🥈2-o‘rin: “Qalqon” brigadasining “Everest” jamoasi
🥉3-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universitetining “Alfraganus” jamoasi

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🏦 Banklardagi yosh xodimlar Zakovatda bellashdi

🫱🏻‍🫲🏻 Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi hamda Zakovat klubi hamkorligida yosh bank xodimlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida I Banklararo Zakovat yoshlar kubogi musobaqasi o‘tkazildi

🏆 22 ta tijorat banklaridan kelgan jami 40 ta jamoa ishtirokida o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Xalq banki jamoasi
🥈2-o‘rin: Milliy bank jamoasi
🥉3-o‘rin: Invest finance bank jamoasi

💰 G‘olib jamolar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🏆 Zakovat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi respublika ochiq turniri o‘tkazildi

Yoshlar oyligi doirasida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 39 ta jamoa o‘zaro bellashdi

Jami 48 ta savol asosida boʻlib oʻtgan turnir yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Kaydzen jamoasi (Farg‘ona viloyati)
🥈2-o‘rin: Google jamoasi (Qashqadaryo viloyati)
🥉3-o‘rin: Antanta jamoasi (Navoiy viloyati)

🖥 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat teleo‘yini muxlislari diqqatiga!

Xabaringiz bor, endilikda har o‘yinning boshida va oxirida muxlislar uchun alohida 2 ta yutuqli savol berilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tanlovga iloji boricha ko‘proq qatnashchilarni jalb qilish hamda qatnashchilar o‘rtasida imkoniyatlar teng bo‘lishini ta’minlash maqsadida endilikda telegram kanalimizda teleo‘yinlar translyatsiyasi olib borilmaydi. Shuningdek, teleo‘yinning to‘liq videosi o‘yin efirga ketganidan bir hafta o‘tib YouTube kanalimizga joylanadi.

Yozgi mavsumda teleo‘yinlar “Milliy” telekanalida juma kunlari soat 22:10 da efirga uzatiladi. Barcha qatnashchilarga omad tilaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2024/06/26 13:04:26
Back to Top
HTML Embed Code: