Telegram Group & Telegram Channel
Shukronalikni kuylagan shoir

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir, uyushma aʼzosi, “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri Axtamquli tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid olib bordi. Unda professorlar – Nurboy Jabborov, Uzoq Jo‘raqulov, Bahodir Karim, ijodkor Ahtam Safarov va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Axtamquli akaniing sheʼrlari To‘polang daryoning suvidek tiniq, odamlarning qalbiga yetib boradigan, ko‘nglida yorug‘likning yog‘dusini yoqadigan, tafakkurida o‘zgarish yasaydigan sheʼriyatdir, – dedi Nurboy Jabborov. – Shoir asl tuyg‘ularni topib yozadi. Buni uning "Shukr qil" sheʼrida ham ko‘rish mumkin. Har bir satrida samimiylik, tabiiylik mujassamdir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar asli agronom bo‘lgan ijodkor keyinchalik O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy adabiyot kursida tahsil olgani va sheʼriyat ilmini ham puxta egallaganini taʼkidladi. Kechada shoir sheʼriyatining ahamiyati hamda ijodiy faoliyatiga eʼtibor qaratildi. Aruz vaznida yozilgan g‘azallari bilan o‘z muxlislariga ega ekani aytildi.
– Axtamquli aka ijodga kirib kelishida ustoz Abdulla Oripovning nazariga tushgan edi, – dedi Bahodir Karim. – Sheʼrlarini yaxshi ko‘raman. Shu sababli Berlinga borganimda u yerdagi “Staats” kutubxonasiga shoirning kitoblarini sovg‘a qilganman. Axtamqulining sheʼriyati Berlingacha yetib borgan.
Adibning asarlarida ko‘ngil, yoshlik, Vatan kuyining sehrli navosi, borliqning betakror jilosi aks etadi. U “Bodomginam”, “Qorachiqda asraganimsan”, “Bahorimdan kechikkan gul”, “Qirq g‘azal”, “Boshimda osmon aylanar”, “Qarog‘imda gullaydi Vatan”, “So‘z chamani”, “Ismingni yurakka yashirdim” nomli sheʼriy hamda “Ibratli hayot”, “Baxt izlagan odam”, “Yakkabog‘da ulg‘aygan chinor” nomli qissalari va “Tog‘lar ham qariydi”,  “Lolazorim Shotiro‘d” nomli hikoyalar to‘plami muallifidir.
Ijodiy kechada sanʼatkorlar – Mahmud Namozov, Asliddin Do‘stov, Malika Egamderdiyeva, Alijon Eshonqulov, Axtamquli sheʼrlariga bastalangan qo‘shiqlarini ijro etdi, Tolib Xojiyev g‘azallaridan o‘qidi.
Ko‘tarink ruhda o‘tgan tadbirda ijodkorga Yozuvchilar uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va ma'rifat markazi, "Tong yulduzi" gazetasi va mehmonlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zulayho Ahmadjonova,
jurnalist

tg-me.com/yozuvchilar_uz/30397
Create:
Last Update:

BY O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/yozuvchilar_uz/30397

View MORE
Open in Telegram

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Unlimited members in Telegram group now

Telegram has made it easier for its users to communicate, as it has introduced a feature that allows more than 200,000 users in a group chat. However, if the users in a group chat move past 200,000, it changes into "Broadcast Group", but the feature comes with a restriction. Groups with close to 200k members can be converted to a Broadcast Group that allows unlimited members. Only admins can post in Broadcast Groups, but everyone can read along and participate in group Voice Chats," Telegram added.

If riding a bucking bronco is your idea of fun, you’re going to love what the stock market has in store. Consider this past week’s ride a preview.The week’s action didn’t look like much, if you didn’t know better. The Dow Jones Industrial Average rose 213.12 points or 0.6%, while the S&P 500 advanced 0.5%, and the Nasdaq Composite ended little changed.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi from no

Telegram O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
FROM USA