Telegram Group Search
🇺🇸🇬🇧Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha bugungi kunda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda!

Siz ham magistratura yoki bakalavriat talabalari qatorida bo‘lmoqchimisiz⁉️

Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti sizga bu imkoniyatni berishga tayyor!

Hoziroq hujjat topshiring!

👉Bakalavriat
👉Magistratura
👉O'qishni ko'chirish
👉Ikkinchi mutaxasislik

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 78 555 21 21
✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda maktabning 11-sinfini bitiganlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishlari kerakmi?

my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

Yo‘nalishlar:

🏦 Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar

👩🏻‍🏫 Pedagogika:
• Pedagogika
• Psixologiya
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Tarix

📖 Tillar va adabiyot:
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti

🖥 Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540
#savollarga_javoblar

SAVOL: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak?

💡 JAVOB: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўқитувчилар аттестация тест синови ҳақида

Аттестация тест синовларидан ўтолмасликнинг энг биринчи сабаби бу - фан йўналиши бўйича билимларнинг етишмаслигидир. Агар ўзингизга ишонсангиз ҳар қандай синовлардан бемалол ўта оласиз.

Ўқитувчи аттестация тест синовидан ўта олмаса, демак уларни қуйидаги 3 та асосий муаммо кутиб туради:

Биринчи муаммо,
ўқитувчи аттестациядан ўта олмаган тақдирда ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли у билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Иккинчи муаммо, агар ўқитувчи аттестациядан ўтмаса, унинг нафақат жамиятдаги балки, мактаб жамоаси олдида ҳам обрўси тушиб боради. Бу эса жуда ёмон.

Учинчи муаммо, аттестациядан ўта олмаслик педагог ходимнинг ойлик маошига ҳам жуда катта таъсир ўтказади. Чунки ўқитувчиларга дарс тақсимот қилишда ҳам уларнинг малака тоифалари муҳим рол ўйнайди.

Ўқитувчи юқорида санаб ўтилган муаммоларга дуч келмаслиги учун катта тажрибага эга бўлган мутахассисларда тайёргарлик кўриши керак бўлади.

Бугун сизларга 7,5 йиллик тажрибага эга бўлган, бухоролик мутахассис томонидан репетиторлар тажрибаси асосида малака тест синовидан ўтиб олиш учун тизимли тарзда ишлаб чиқилган курсларни таклиф этамиз.

Эътиборли жиҳати шундаки, ушбу курсда тайёрланган 1181 нафар ўқитувчидан 1142 нафари аттестация имтиҳонидан муваффақиятли ўтган. Бу дегани ўрта ҳисобда курсда тайёрланган 96,7 фоиз ўқитувчи аттестация имтиҳонидан ўтган.

Дарслар онлайн равишда ҳар бир киши билан алоҳида индивидуал тартибда олиб борилади. Ушбу курсларда:

📚Математика

📚Кимё

📚География

📚Тарих

📚Бошланғич таълим

📚Биология

📚Инглиз тили

📚Рус тили

📚Она тили фанларига 100 % кафолат асосида тайёрлашади.

Бериладиган кафолат шундан иборатки, агар сиз ушбу курсда ҳар кунлик дарсларга қатнашиб, имтиҳондан ўтолмасангиз, ҳеч қандай гап сўзсиз 100% пулингиз қайтариб берилади.

❗️Курсга ёзилиш учун ҳозирда 128 та жой бор холос. Бошқа ўқитувчи олишни имкони йўқ. Чунки назорат қилиш имконияти чекланган.

📝РЎЙХАТДАН ЎТИНГ

@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak

Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi.

Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir.

Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilari imtihonga tayyorlanishi uchun telegram botga yangi testlar joylashtirildi

Prezident maktablaridagi 16 ta hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 6-7-8-9-10-sinflaridagi 3 395 ta bo‘sh o‘rinlarni o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilingan haqida xabar bergan edik.

👫 Bo‘sh o‘rinlar uchun tanlovda o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi va eng yaxshi natija ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan namunaviy testlar maxsus telegram botga joylashtirildi.

Hozirgi paytda telegram botga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar sinflar kesimida joylashtirilgan:

Matematika 5-6-7-8-sinflar
Ingliz tili 5-6-7-8-sinflar
Fizika 7-8-sinflar

Biologiya 7-sinf

🗂 Tez fursatda boshqa sinflar uchun ham test topshiriqlari botga joylashtiriladi.

✔️ Test ishlash uchun bot 👉 @piimatestbot

📌 Ushbu bot orqali test topshiriqlarini bajarish bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi? OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.

👉 Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha imtiyozlar.

📌 Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Psixologiya - idrok va xulq-atvorni o‘rganadigan fandir!

Sizga esa xalqaro darajadagi psixolog bo‘lish imkoniyatini Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti beradi!

AIFU universiteti sizga:
- Bakalavriat / O'qishni ko'chirish
- Magistratura darajalarini qo'lga kiritish imkoniyatini beradi

Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot

📞Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefon raqamini yo'qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin.

Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berishicha Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar (50,1 %) xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan, 18 372 nafar (49,9%) talabgorga tavsiyanoma berish rad etilgan.

Talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Shuningdek, tavsiyanoma olish uchun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali o‘zlarida tavsiyanoma bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Berilgan tavsiyanomalar xotin-qizlar.uz elektron platformasida mavjud. Platforma ma’lumotlari Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markaziga ko‘chirilganligi bois, integratsiya jarayonlarida tegishli IP manzillarda o‘zgarish yuzaga kelgan. Hozirda mazkur texnik masalalar bartaraf etilganidan so‘ng, berilgan tavsiyanomalar Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integratsiya qilinadi.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/5166/

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent #qabul2024

🗓 Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)ga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

‼️ Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim.

❇️ Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak.

‼️ Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Izoh. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqarilmoqda.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testologlar jamoasiga qo‘shiling!

Malakali va sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni "Testchi" jamoasi “Testologiya asoslari” onlayn kursiga taklif qiladi.

🟢 Biz bilan test tuzish asoslarini o‘rganing. KURS MUTLAQO TEKIN!

Quyidagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar kursda ishtirok etishi mumkin:
▶️Matematika
▶️Fizika
▶️Kimyo
▶️Biologiya
▶️Geografiya
▶️Tarix
▶️Ona tili va adabiyot
▶️Davlat va huquq asoslari

▶️Pedagogik va psixologiya

Kursda quyidagilarni o‘rganasiz:

🔹baholashni loyihalashtirish
🔹 kodifikator
🔹 test va uning turlari
🔹distraktorlar
🔹baholash domeni
🔹 testning qiyinlik darajasi
🔹 validlik
🔹 ishonchlilik
🔹adolatlilik va shaffoflik
🔹 ekspertiza


BİZDA NAZARIY VA AMALIY DARSLAR.

🟢 Diqqat! Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar baholash yuzasidan loyihalarga jalb etiladi.

Unutmang!
O‘rinlar soni cheklanagan.

So‘rovnomani to‘ldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

So‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/YkXVtHRbuL3wc8hU8

Ro‘yxatdan o‘tish: 1-iyul 23:59 gacha
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UBS — har bir maktab bitiruvchisi uchun munosib tanlov

👍 “University of Business and Science”da shunday ta’lim muhiti mavjudki, u Sizga ham, oila a’zolaringizga ham birday ma’qul keladi.

UBS — haqiqiy ilm egalari tanlovi!

👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari
👉
Magistratura mutaxassisliklari

UBSda o‘qib TOP darajadagi mutaxassisga aylaning.

🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Telegram: @ubsuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VM 320-sonli qaror (05.06.2024).pdf
1.1 MB
⚡️O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish tartibi yangilandi

Hukumat qarori bilan (05.06.2024, №320) qarori bilan O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatishning yangi tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

akademik litseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xususan ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz orqali har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, ayni kunlarda kunlarda akademik litseylarga qabul jarayonlari davom etmoqda. 9-sinfni tamomlagan o'quvchilar 10-iyulga qabar my.edu.uz portali orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma: 👉 https://www.tg-me.com/Ta& 39;lim nazorati/com.uztdi/8501

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.

2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilib, unda 190 mingdan ziyod o‘qituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/5184/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ota-onalar!

2024-2025-o‘quv yilida farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.

Shuni eslatib o‘tish joizki, dastlab joriy yilning 20-iyun sanasidan 31-iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
#qabul2024 #magistratura #sertifikat

⚡️Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati

Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)

Xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlarning yangi ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin: 👉 https://www.tg-me.com/Ta& 39;lim nazorati/com.uztdi/8464

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

🔰 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

💻 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/20 10:58:09
Back to Top
HTML Embed Code: