Telegram Group Search
#Savol: Assalamu alaykum. Yoshim 24 da. Bir oilaning ehtiyojlariga yaray oladigan daromadim bor. Onamning sog‘liqlari biroz yomonroq (ko‘zlarida muammo bor), uy ishlarida qiynaladi (non yopish). Biz qilishga unasak, yo‘q, bu ayollarning ishi siz o‘z ishingizni qiling deydi. Men esa tezroq uylanib, onamni og‘irlarini yengil qilish, qolaversa o‘zimni ham turli xil fitnalardan tiyishni istayman. Hali shu paytgacha onam bilan bu haqida hech gaplashmaganman. Aytishga jur’at qilolmayman. Shuning uchun oila qurish haqida uydagilarga aytsam odobsizlik bo‘lmaydimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Aytsangiz bo'ladi. Agar biror kimni oraga qo'ya olsangiz, amma-xola, amaki-tog'a kabi yaqinlaringiz taklif bildirsa, yanada yaxshi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muslimalar, siz uchun...

📕 Nozik xilqat vakillari boʻlmish qizlarimizni ommaviy madaniyatning har xil taʼsirlaridan qanday himoya qilamiz? Jaholatga qarshi maʼrifatni qanday shakllantiramiz?

Moʻminalar hayotidan soʻzlovchi "Solihalar gulshani" kitobi shu va boshqa koʻplab savollaringizga javob boʻladi. Kitobni tafakkur qilib, hayotiga tatbiq qilgan muslimalarimiz solihalar gulshanining eng aʼlo gullaridan boʻlishadi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 216 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Ayol iffatining komilligi  shundaki, u erining hayosi va hijobi xususida qaygʻurishi va qattiq eʼtiboridan gʻazablanmaydi, jahli chiqmaydi.
Albatta, erkak boshqa erkakning nazarini biluvchiroqdir!

Shayx Ahmad Toyyib

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Albatta, erkak uylanayotganda qizga nisbatan yurak jiz etishi eng birinchi omillardan. Lekin bu oilaviy hayotni boshlab olishda muhim, xolos.

Oila qurgandan keyin erkak uchun eng muhim narsa xotirjamlik va ruhi oromdir. Shu ikki narsa oilada topilmasa, ming‘ir-sing‘ir gaplar, gina-kudurat ko‘paysa, endi oilaning qadri tushayotgan bo‘ladi.

Har qancha qaddi-qomati ketvorgan krasotka bo‘lsangiz ham, oilada erkakka xotirjamlik va ruhiy osoyishtalik berolmas ekansiz, yakun ajrashishgacha borishi mumkin.

Gʻarbda ham, sharqda ham ajrim o‘ta ko‘p bugun. Chunki oilalarda aynan xotirjamlik yo‘q.

P. S. Erkak mas’uliyati boshqa mavzu. Shu mas’uliyatni bajarmayotgan erkaklar boshqa mavzu. Ammo shu mas’uliyat qanaqa ekanini ayollar belgilamaydi. Ayollar belgilab beryaptimi, ayolning ham, erkakning ham tugagani shu.

Abdulaziz Saidalikhanov

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xodima rahbariga yozyapti:

— Men homiladorman.
— ?
— Shuning uchun turmush o'rtog'im bilan shifokorga borishim kerak.
Ruxsat bersangiz, ishga bormasam.
— Avvalo gapni bittada to'liq qilib yozishni o'rganing. Ikkinchidan, bu haqida ayolimga tushuntirishingiz kerak bo'lyapti.

Ps: ayollar gapni bittada to'liq qilib gapirishi kerakligi haqida ajoyib misol ekan.

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz sogʻlom boʻlishini istasangiz, bu ishni aslo qilmang

Yuqoridagi lavha koʻpchilikka manfaatli boʻlishi uchun koʻproq ulashing.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilaviy munosabatlarda erkaklarning hurmati, mehr-muhabbati va mas'uliyatni his qilishi muhim o'rin tutadi. Yaqinlaringiz bilan sifatli vaqt o'tkazish, ularni tinglash va qo'llab-quvvatlashingiz oila mustahkamligiga katta hissa qo'shadi. Farzandlar uchun esa otaning o'rni beqiyos – ularga haqiqiy erkak sifatida namuna bo'lish, ijtimoiy munosabatlarni o'rgatish bilan kelajakda ularning baxli va muvaffaqiyatli inson bo'lishlariga yo'l ochiladi.

Oila uchun qilgan har bir sa'y-harakatingiz baxtli va farovon hayot uchun xizmat qiladi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
YAXSHI KO‘RGAN OVQATINI QILING 🥞

Ayollar, oilada er bilan maslahatlashib, ruxsat so‘rab qilinadigan ishlar bor, o‘zingiz hal qiladigan ishlar bor. Bir-birining o‘rnini almashtirib yuborsangiz, erkak kishiga yoqmaydi. Masalan, farzandingizning o‘qishi borasida maslahat qilasiz, lekin nima ovqat qilish haqida hadeb so‘rayverishingiz to‘g‘ri emas.

Siz juftingiz nima ovqatlarni yaxshi ko‘rishini bilib oling, imkon bo‘lsa, o‘sha ovqatlarni qilasiz, bo‘lmasa, masalliqqa qarab qilaverasiz. Shuningdek, u yoqtirmagan ovqatni qilmaslik imkoni bo‘lsa, qilmang.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhtaram oila boshlig'i, ayolingizga ba'zida gul berib turishni, bolalarni o'zingiz bilan olib chiqib, uning dam olishiga sharoit qilib berishni, ba'zida sababsiz-so'roqsiz o'zi ishlatishi uchun pul berishni, gohida u bilan yolg'iz ovqatlanishga, sayr-safarga chiqishni unutmang!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga chidab yashayapman, sizdan nima koʻrdim emas, hammasi uchun chiroyli sabr va yaxshi gumon qilamiz ustiga qurilgan oila uzoqqa boradi.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Instagram ishlatasizmi?
Anonymous Poll
47%
Ha
53%
Yo'q
Xabaringiz bor, oxirgi vaqtlarda faqat eski savollarga javob berilyapti, yangi savol qabul qilinmayapti. Ammo "Qayerga savol bersak bo'ladi?" degan murojaatlar bo'lyapti. Shuning uchun bugun Instagramda story orqali 24 soat davomida ulgurganimcha qisqa savollarga javob beraman. Instagramda buni an'anaga aylantirishga harakat qilaman, obuna bo'lib qo'yib, story'larni kuzatishni unutmang.
Yaxshiyam bu beshafqat hayotda sen borsan!

#izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi Farzandingiz Registon maktab-litseyida mutlaqo bepul ta`lim olishi mumkin!

Ingliz tili va matematikaga ixtisoslashgan “Registon maktab- litseyi” umumiy qiymati 1mlrd so`m bo`lgan ta`lim grandini e`lon qiladi.

Grand yangi 2024-2025 o`quv yilida 9-10-11-sinflarga o`tadigan o`quvchilar uchun maxsus o`tkazilmoqda.

Grant haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish va ishtirk etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting!

👉🏼 https://www.tg-me.com/Litsey_granti_bot

Nega siz aynan Registon
maktab-litseyini tanlashingiz kerak?


- Xalqaro sertifikatlar bo`lmish IELTS va SAT ga tayyorlov
- Bepul IELTS Mock imtihonlari va haqiqiy IELTS imtihonnini litseyning o`zida topshirish imkoniyati.
- Haftasiga 14 soat ingliz tili va matemakita darslari, 9 soat asosiy, 5 soat yordamchi o`qituvchi bilan
- Ingliz tilida so`zlashuvni kuchaytirish uchun horijiy o`qituvchilarda o`qish
- Litsey hisobidan qo`shimcha maxsus kitoblar va qo`llanmalar

Grant g’oliblari “Registon maktab-litseyi” da 50% dan 100% gacha chegirma asosida tahsil olishlari mumkin!

Grantda qatnashish uchun quyidagi bot orqali ro`yhatdan o`ting!

👉🏻 Ro’yxatdan o’tish

Reklama
Qiyoslanish, albatta, yoqimli emas.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar uchun oila – muhabbat, qo'llab-quvvatlash va baxtning manbayi. Oiladagi mehr-muhabbat va hurmat uyda xotirjam va halovatli muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Farzandlar uchun ona mehri va tarbiyasi juda muhim – bu ularning jismoniy va ruhiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir kichik sa'y-harakat, e'tibor va g'amxo'rlik oilaning mustahkamligi va baxt-saodati uchun xizmat qiladi.

Oila uchun qilgan har bir sa'y-harakatingiz baxtli va farovon hayot uchun xizmat qiladi.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/06/19 13:44:30
Back to Top
HTML Embed Code: