Telegram Group Search
#Yangilik 🔥 Tez kunda

Muhammad Ali, «Ulug’ saltanat»

Nashriyot: "Yangi asr avlodi"

Bizni kuzatib boring! 😊

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Kun hikmati

Kim Allohdan mol-dunyo so‘rasa, duodan oldin istig‘for aytib, gunohlariga tavba qilib olsin, chunki gunohlar duoning ijobat bo‘lishini to‘sadi yoki kechiktiradi. Masalan, Sulaymon alayhissalom mulk so‘rashdan oldin mag‘firat so‘raganlar.

"Oilam bilan 365 kun savobli amal o'rganaman" kitobidan

@bookuzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi kitob – bu mening hayotimdagi muhim bir hodisa.

Stendal

@bookuzbekistan
#Yangilik 🔥

Mohandas Karamchand Gandi,«Mening hayotim»

Nashriyot: Yangi asr avlodi

@bookuzbekistan
Bolalar klassik adabiyotidan joy olgan yana bir kitob, kichik kitobxonlarimiz uchun qayta nashr etildi

📘 Oskar Uayld, «Yulduz bola»

Mazkur to'plamdan joy olgan «Baxtiyor shahzoda», «Baliqchining qalbi», «Bulbul va atirgul», «Xudbin daroz», «G'arayib raketa» kabi qator asarlarida bolalarni ham, katta yoshdagilarni ham qiziqtiruvchi va hayajonga soluvchi ma'naviy muammolar yaxshilik, do'stlik, sadoqat, mardlikni ardoqlaydi; maqtanchoqlik, quruqlik, loqaydlik, xiyonat, xudbinlik kabi illatlarga qarshi o't ochadi.

Nashriyot: Yangi asr avlodi
Betlar soni: 160
Narxi: 14 000

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar!
#Premyera 🔥

Yosh kitobxon ruknida
Nazar Eshonqulning «Momoqo’shiq» hikoyalar toʻplami

Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning Tersota qishlog'i odamlari haqidagi hikoyalari an'anaviy uslubni esga solishiga qaramay dunyoni faylasuf-ekzistensialist nigohi bilan kashf etish ruhini saqlab qolgan. Bu ruh soddadil qishloq odamlarining ichki dunyosini tasvirlash, ularning orzu-umidlari, oʻy-fikrlari, armonlari, dard va kechinmalarini tushuntirish, yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib oladi hamda uddasidan chiqadi. «Momoqoʻshiq», «Qultoy»,«Farishta», «Shamolni tutib bo'lmaydi» hikoyalarida nomus, odamgarchilik, sadoqat, sevgi qadriyatlari o'zining qadimiy va barhayot ranglari bilan o'quvchi qalbiga kirib boradi.

Nashriyot: "Yoshlar matbuoti"

Narxi: 18 000 so’m

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
22- iyun Erix Mariya Remark
tug'ilgan kun

"Yoʻqotilgan avlod" deb atalgan adabiyotning yirik vakili, Birinchi jahon urushi qatnashchisi.
Asarlarida urush dahshatlari, Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan.

📚@bookuzbekistan
Siz Remark ijodi bilan tanishmisiz?

Ijodkorni asar va hayot falsafasidagi iqtiboslaridan izohlarda yozib qoldiring.

Remark ijodiga qisqa sayohat qilamiz! 😊

@bookuzbekistan
🔎 Bir asar tarixi

Aleksadr Dyuma, «Graf Monte Kristo»

Asar 1844-45 yillarda yozilgan,

Yozilish tarixi: Muallif Oʻrtayer dengizi boʻylab sayohat qilayotganida, Montekristo orolini koʻrgan va u yerda koʻmilgan xazinalar haqida afsonani eshitgan. Bundan keyin qahramon ismini oʻylab topgan. Muallif orol nomini oʻzgartirgan xolos.

Romandagi voqealar 1815-29 va 1838-yillarda boʻlib oʻtadi.

Asarning bosh qahramoni:
Edmon Dantes — dengizchi. Adolatsizlik bilan qamaladi. Keyinchalik Graf Monte- Kristo nomi ostida taniladi.

Asar asosida 28 ta film suratga olingan

Asar shu kunlarda “Yoshlar matbuoti” nashriyoti tomonidan yana qayta nashr etildi.

📚@bookuzbekistan
#PREMYERA 🔥

Qatag'on qurbonlari hayoti va faoliyati, o'sha davr ijtimoiy siyosiy jarayonlari yoritilgan eng yaxshi asar

📔Xurshid Do'stmuhammad
«Yuz yillik qotillik» qissasi

Universitetni tugatib, tergovchi-izquvar sifatida ish boshlagan Temurga nihoyatda murakkab roppa-rosa 100 yil avvalgi qotillik fojiasini o'rganish vazifasi topshiriladi. Davr qanday edi? Qotillar kimlar? Fojiali o'lim topgan maqtul, ya'ni kallasi tanidan judo etilgan ulug' zot qanday inson edi?..

Yosh tergovchi-izquvar berilgan muhim va g'oyatda qaltis topshiriqni ado etish uchun ishni nimadan boshlamog'i kerak?

U o'sha tarixiy qotillikka doir barcha-barcha ma'lumotlarni sinchkovlik bilan to'plashga, o'rganishga kirishadi va tabiiy, shu asnoda o'zi ham inson va shaxs sifatida o'zgara boradi.

Tarixiy hujjatli - maʼrifiy qissa

Nashriyot: "Yoshlar matbuoti"
Betlar soni: 128

Narxi: 18 000 so’m

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
🛒 BOOK.UZ'ga rus tilidagi qaysi kitoblardan keltirishimizni istaysiz?

📝 Izohlarda yozib qoldiring.

@bookuzbekistan
#Kitobdan

Maqsad sari yurmasangiz, kichik muammolar, kichik to'siqlar, kichik ehtiyojlar, kichik odamlar bilan kurashishingizga to'g'ri keladi.

***

Alloh harakatni davom ettirganlarga va qayta boshlaganlarga yordam beradi. Birinchi to'siqda taslim bo'lmaslik, ilk sinovda umidsizlikka tushmaslik va boshdan kechirgan og'riqlarga yopishib qolmaslik kerak.

***

Dunyoning so'nggi kunlarida zulmat bilan poyga o'ynayapmiz, bunda insoniyatdan iz ham qolmasligi mumkin. Zulmat qoplaguncha qo'limizdan kelganini qilish yagona vazifamizdir...

***

Muhabbati va maqtovi haddan ortiqlarning g'azabi va tanqidi ham shafqatsiz bo'ladi.

📕Ferhat Kardash, «Harakatda davom et»

@bookuzbekistan
#Yangilik 🔥 Tez kunda

Nikola Tesla, «Mening kashfiyotlarim»

Nashriyot: "Yangi asr avlodi"

Bizni kuzatib boring! 😊

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
#Kitobdan

Bir zodagon oilaning qizi pul o'g'irlayotganda qo'lga olindi. Qabila a'zolari Muhammad (s.a.v.) yaxshi ko'rgan va hurmat qilgan kishini yuborib, jinoyatchini ozod qilishni so'radi. Ammo olgan javoblari juda qattiq bo'ldi: «Sizdan oldingilarning xarob bo'lishining sababi shu. Boylar jinoyat sodir etganda, ozod qilindi, kambag'allar esa jazolandi. Allohga qasamki, aybdor o'z qizim bo'lsa ham jazosini beraman». Islom diniga ko'ra, hech kim hech kimdan ustun emas edi. Muhammad (s.a.v.) qoldirgan ikkinchi mezon demokratiya edi. Ma'murlar jamoat huquqiga taalluqli har qanday masala bo'yicha yolg'iz qaror qabul qilmasligi kerak va, albatta, maslahat kengashi chaqirilishi kerak. Masalan, Muhammad (s.a.v.)ning Uhud jangidagi strategiyasi mudofaada qolish edi. Biroq u ovoz berish natijasida olingan jangovar qarorga e'tiroz bildirmadi. Oxirgi mezon munosiblik edi. Tayinlanadigan shaxsning kimligi emas, balki uning bu ish uchun mos yoki mos emasligi e'tiborga olinishi kerak.

📚@bookuzbekistan
#PREMYERA 🔥

Sherzod Komil Xalil «Oʻlim labirinti»

Bu kelib-ketguvchi dunyo bamisoli oʻlim labirinti. Istasak ham, istamasak ham bu labirintdan hech qachon chiqib ketolmaymiz. Biz unda kun kechiramiz, Haq sari yuramiz, adashamiz, sevamiz, nafratlanamiz va bir kun o'lamiz batahqiq.

Iste'dodli yosh yozuvchi Sherzod Komil Xalilning «Oʻlim labirinti» hikoyalar to'plamidagi obrazlar shahar sivilizatsiyasidan uzoq daryo va o'rmonlar bo'yida yashayotgan va bu anglanmagan, tushuniksiz dunyoda shu labirintga tushib qolgan o'zga dunyo odamlari. Bu odamlar hayotini yozuvchi goh realizmda, goh fusunkor realizmda g'aroyib bir tarzda tasvirlaydi. Milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi an'analarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻzgacha ruhdagi bu hikoyalar sizni aslo befarq qoldirmaydi, deb o’ylaymiz.

Nashriyot: "Yangi asr avlodi"
Betlar soni: 208

Narxi: 28 000 so’m

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
#Sotuvga_keldi

Shayx Alouddin Mansur tarjimasidagi Qur’oni Karim rus tilida nashr etildi.
💳 139 000 so’m

O’zbekiston musulmonlari idorasi sobiq raisi, marhum muftiy Usmonxon Alimov tahriri ostida tajvidli Mus'haf
💳 89 000 so’m

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turmush qurishdan va xiyonatdan qo'rqish

Shubha qo'rquvdan kelib chiqadi, vahima bilan uyg'unlashadi, insonni to'xtovsiz o'ylashga va qayta-qayta yomon tush ko'rishga olib keladi. Ayrim insonlar faqatgina shu sababdan yaqin munosabatlarga kirishishdan qo'rqishadi va oʻzlarini yolg'izlikka mahkum qilishadi. Bu qaysidir ma'noda sevilmaslikdan, boshida sevilsa ham keyinchalik bu muhabbatdan judo boʻlishdan qo'rqish tuyg'usidir. Sevgidan ayrilish insonga juda ogʻir keladi. Ba'zi odamlar aynan shu sababdan ham sevilmaslikni afzal koʻrishadi.

Bu tarzdagi qo'rquvlar insonning o'z ota-onasi turmushida xiyonat sodir bo'lishi oqibatida shakllanadi. Otaning onaga yoki onaning otaga xiyonat qilishi natijasida bola qattiq sarosimaga tushadi. Chunki oʻz oilasida bunday hodisa sodir bo'lishini aslo xayoliga keltirmagan boʻladi. Va shunday deydi: «Modomiki, oilamda bu sodir bo'lgan bo'lsa, demak, har qanday odamdan bu ishni kutsa boʻladi. Bunday holatda men kimga ishonishim mumkin?»

Shunday qilib, bu ishonchsizlik tuyg'usi qarama-qarshi jins vakili bilan munosabat o'rnatgan insonning doimo shubha va rashk ta'siri ostida bo'lishini ta'minlaydi. Bu holatda inson shu qadar ta'sirchan boʻladiki, arzimas voqealar uning uchun katta boʻlib tuyuladi va aql bovar qilmaydigan xulosalar chiqaradi. U eshitgan barcha yomon yakun topgan munosabatlarni oʻzining nikohi uchun potensial (yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan) xavf sifatida qabul qiladi. Shu tarzda «kutish xavotiri» deb ham atash mumkin bo'lgan «kutish paydo boʻladi. Ayrim insonlar ushbu vahimani oʻta jiddiy qabul qilib, uni vasvasaga aylantirib yuborishadi. Bu esa turmushda oʻzi va umr yo'ldoshini tang ahvolga solib qo'yadi. Bunday vaziyatda, albatta, mutaxassisga murojaat qilish lozim.

@bookuzbekistan
2024/06/26 03:44:28
Back to Top
HTML Embed Code: