Telegram Group Search
Live stream scheduled for
⚡️ Diagnostik test xizmati onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

🖥 Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Bunda abituriyentlar https://my.uzbmb.uz/service/12 havolasi orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasi asosida beshtagacha oliy ta’lim muassasasini tanlagan holda oxirgi uch yildagi o‘tish ballari bilan taqqoslashlari mumkin.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📲 Shuningdek, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ham ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 19-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 365 439 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 16 902 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 29 015 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 21 721 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 33 613 nafar
👉 So‘x tumani -- 730 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 13 670 nafar
👉 Namangan viloyati -- 17 758 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 22 612 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 35 933 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 38 735 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 12 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 14 716 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 6 962 nafar
👉 Toshkent shahri -- 65 947 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 26 611 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --202 742 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 162 697 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 174 539 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 190 900 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 317 259 nafar
🇷🇺 rus tili -- 39 198 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 7 774 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 208 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel name was changed to «BBA Qashqadaryo viloyati bo'limi rasmiy kanali»
#Ovozli_chat
Bu yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini o'tkazishda amalga oshiriladigan o'zgarishlar, shuningdek, abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish qanday tartibda amalga oshirilishi bo'yicha ovozli chat.

📅 Ovozli chat 2024-yil 20-iyun kuni soat 10:30 da Bilimni baholash agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘limining telegramdagi rasmiy kanalida o‘tkaziladi.

🎙Ovozli chatda BBA Qashqadaryo viloyat bo'limi hodimlari ishtirok etishadi va berilgan savollarga batafsil javob berishadi.

♻️BBA Qashqadaryo viloyat bo'limining rasmiy sahifalari:

Telegram | Youtube
Live stream finished (39 minutes)
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, 25-iyun kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar uchun muhim!

🖥 Ma’lumki, 2024 – 2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda abituriyentlar fanlar majmuasini, ta’lim tilini, test topshirish hududini (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda abituriyentlar ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiradigan OTMni ham) tanlaydi.

❗️Agentlikning my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar uchun fanlar majmuasini tanlashda ta’lim yo‘nalishlarining ham ko‘rsatilishi ular uchun qulaylik sifatida qilingan bo‘lib, abituriyentning fanlar majmuasini tanlashda adashmasligi nazarda tutilgan. Bunda abituriyentning tanlagan ta’limi yo‘nalishi ahamiyat kasb etmaydi.

💯Test sinovlari yakunlangandan so‘ng ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi, ya'ni tanlov bosqichida abituriyentlarda fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “PROKURORLIK FАOLIYATI” bakalavriat ta'lim yoʼnalishiga qabul boʼyicha


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʼgʼrisida” 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-son Farmoniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta'lim yoʼnalishi boʼyicha kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

‼️ Shunga koʼra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025-oʼquv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga qabul davom etayotganligi maʼlum qilinadi.

❇️ “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha oʼqitish kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida, oʼzbek va rus tillarida, davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📱O‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga (2024-2025-oʼquv yili uchun)” boʼlinmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlashi lozim.

🏛Test sinovlari iyul-avgust oylarida oʼtkaziladi.

📱Shuningdek, nomzodlar “Chet tili sertifikati” boʼlinmasida tegishli sertifikatni yuklashi mumkin.

Kirish imtihonlari bo‘yicha yangiliklar bilan Аkademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/, https://www.tg-me.com/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borish mumkin.
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
🎙 Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

Bugun 14:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Iltimos, oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTMga qabul
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 21-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

‼️ Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertifikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from huquqplus.uz
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🎙 Huquqplus.uz — nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalida chop etilgan huquqiy maqolalarni sizlar bilan muhokama qilish va savollaringizga javob berish maqsadida Huquq+ podkastni davom etamiz!

🔜 22-iyun soat 17:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlarga ega?" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i — Odilov Jamshidbek To‘lqinboy o‘g‘li bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://www.tg-me.com/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube

#podkast
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 21-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 528 055 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 25 808 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 40 744 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 29 707 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 49 928 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 116 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 26 783 nafar
👉 Namangan viloyati -- 32 879 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 29 452 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 53 316 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 55 722 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 17 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 22 871 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 11 848 nafar
👉 Toshkent shahri --92 702 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 37 480 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --294 393 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 233 662 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 247 714 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 280 341 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 460 171 nafar
🇷🇺 rus tili -- 53 963 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 12 246 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 675 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUNOSABAT


Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha may-iyun oylarida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarning gapirish ko‘nikmasini baholash sinovlari 12-iyun kuni yakunlandi. Talabgorlarning natijalari Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligi sababli 20-21-iyun kunlari e’lon qilinishi bo‘yicha Agentlikning rasmiy telegram kanalida ma’lumot berilgan (https://www.tg-me.com/BaholashUz/6668).

Agentlik tomonidan natijalar 20-iyun kunning ikkinchi yarmida my.gov.uz saytiga yuklangan. Ammo my.gov.uz saytida yuzaga kelgan texnik uzilishlar sababli talabgorlarning natijalarini yuklash jarayoni 21-iyun kunning ikkinchi yarmida to‘liq yakunlandi.

Shuningdek, bildirilayotgan e’tirozlarda abituriyentlar chet tilidan imtihon natijalari chiqmayotganligi sababli oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ta olmayotganligini bildirishgan.

Ma’lumki, Agentlik tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlarning ma’lumotlari abituriyentlarning shaxsiy kabinetida to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi. Shu boisdan abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tishi chet tili imtihonlarining natijalari bilan bog‘liq emas.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari 20-iyun kuni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklangan.



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 22-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 601 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 29 724 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 45 790 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 33 280 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 57 057 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 276 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 30 881 nafar
👉 Namangan viloyati -- 38 259 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 32 775 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 60 793 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 63 610 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 19 986 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 26 497 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 14 236 nafar
👉 Toshkent shahri --105 553 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 42 229 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --330 850 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 271 096 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 282 532 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 319 414 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 525 578 nafar
🇷🇺 rus tili -- 60 349 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 14 167 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 852 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 23-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 650 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 32 513 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 49 165 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 35 569 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 61 267 nafar
👉 So‘x tumani -- 1 383 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 33 779 nafar
👉 Namangan viloyati -- 41 200 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 35 278 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 65 467 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 68 692 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 21 640 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 28 699 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 15 687 nafar
👉 Toshkent shahri --115 460 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 44 916 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --350 647 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 300 068 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 308 392 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 342 323 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 568 425 nafar
🇷🇺 rus tili -- 64 827 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 15 483 nafar
🔘  boshqa tillar -- 1 980 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/24 14:16:59
Back to Top
HTML Embed Code: