Telegram Group Search
#Prezident_sovgʻasi

Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi umumta’lim maktablariga 2024-2025-oʻquv yili 1-sinf oʻquvchilari uchun 12 turdagi Prezident sovgʻasi tarqatildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
"Har bir farzand kelajagi uchun barchamiz birdek masʼulmiz"

Tumandagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida "Farzand tarbiyasida barchamiz birdek masʼulmiz" shiori ostida ota-onalar va maktab xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

💫 Yigʻilishda maktab direktori, milliy gvardiya va mahalla oqsoqollari qatnashib, farzandlarimiz kelajagiga befarq boʻlmaslik, bilim salohiyatini yanada yuksaltirish, turli xildagi oqimlarga qoʻshilib qolmaslik, uyali aloqa vositalaridan foydalanishda jiddiy eʼtibor qaratish mavzularida soʻz yuritildi va shu oʻrinda maktabning yagona formasi taqdim etildi.

🌟 Yigʻilish soʻngida ota-onalar bilan maktabning yangi oʻquv yiliga tayyorligi, zamon talabiga mosligini koʻzdan kechirish maqsadida ushbu maktab sinfxonalariga ekskursiya tashkil etildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev Tortuli mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy, mahallama-mahalla yurish orqali har bir xonadonga kirib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Tortuli mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda, aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, elektr ustunlarini yangilash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, subsidiya asosida asbob-uskuna bilan ta’minlash kabi murojaatlari tinglandi.

Qabulda yo‘llangan murojaatlarning ba’zilari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
👥 DIQQAT E'LON

Sariosiyo tumani Gulobod mahallasida joylashgan Xazorbog‘ 35/10 kV li nimstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, 2024-yil 20-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tumanning:
🫥Alisher Navoiy (bir qismi);
🫥Billur;
🫥Bog‘iobod ;
🫥Do‘stlik;
🫥Ehtirom;
🫥Gulobod ;
🫥Lutfkor;
🫥Mirzo Ulug‘bek (bir qismi);
🫥Mehr-shavqat (bir qismi);
🫥Nodirabegim;
🫥Nurobod (bir qismi);
🫥Sa’diy Sheroziy;
🫥Sebzor;
🫥Terakzor;
🫥Shabnam (bir qismi);
🫥Tortuli mahallalarida vaqtinchalik elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishi haqida ma’lum qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun Sariosiyo TET ma’muriyati uzr so‘raydi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📎Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalarni bo‘yicha taqdirlanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

🫥 “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasi bo‘yicha - Sariosiyo tuman 18-sonli umumta’lim maktabi direktori Avazov Saydali Ergashovich;
🫥 “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha -“Nogironlar”jamiyati raisi Normo‘minova Muhabbat Xo‘janazarovna;
🫥 “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasi bo‘yicha - Rajabova Hurniso Rustamovna;
- “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha Afrosiyob mahallasi fuqarosi Shoymardonova Shohida Asadovna.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: www.tg-me.com/Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati/com.sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/08/19 11:51:27
Back to Top
HTML Embed Code: