Telegram Group Search
Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada o'qish uchun 200 o'rinli to'liq moliyalashtiriladigan Clarendon granti

Talablar
— Nomzodlar 2025-yil 15-yanvarga qadar Oksford universitetidan o'zlariga tegishli yo'nalishni tanlab hujjat topshirishgan bo'lishlari lozim;
— Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikat bali nomzod topshiradigan yo'nalishiga bog'liq;
— akademik ko'rsatkichi yuqori, faol va harakatchan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Kontrakt pulidan ozod qilinadilar;
— Talabalarga o'qish davomida stipendiya beriladi;
— O'qish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi.

Eslatma: oxirgi muddat yo'nalishga qarab farq qilishi mumkin!

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/99877

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Rassom, grafik dizayner va fotograflar uchun "Art for Change Prize— 2024" tanlovi. Umumiy mukofot — £20,000!

18 yosh va undan yuqori barcha ariza bera oladi. Tanlov mavzusi: “Tomorrow'ing: yaxshiroq kelajak haqidagi tasavvurlar”.

Foydali tomonlari
— 5 nafar g'olib 2,000 funt sterlingdan; bitta umumiy g'olib 10,000 funt sterling.
— G'oliblar pul mukofotini yutib olish bilan birga o'z ishlarini Londondagi Saatchi galereyasi hamda zamonaviy san'at bo'yicha tan olingan maxsus ko'rgazmalarda xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Oxirgi muddat
17.07.2024 15:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/20065

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
ServiceScape insholar tanlovi — 300 so'zdan iborat insho yozib o'qish xarajatlari uchun $1000 pul mukofoti yutish imkoni

Talablar
— Rasmiy ro'yxatdan o'tgan maktab, kollej yoki universitetda o'qiyotgan bo'lishi;
— Kamida 18 yosh bo'lishi kerak;
— Insho 300 so'zdan ko'p bo'lmasligi va ingliz tilida yozilishi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlovga qatnashish hech qanday mablag' talab qilmaydi;
— $1000 pul mukofoti;
— G'olibning ismi, fotosurati, yozgan inshosi ServiceScape saytida namoyish etiladi.

Oxirgi muddat
30.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/74345

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734


5 kun qoldi:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlar uchun Qozogʻistonda magistraturani toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — OSCE Scholarship Programme granti
👉 https://grantgo.uz/go/78894

2. Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasidan futzal boʻyicha JCh-2024 uchun volontyorlik dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/47533

3. Polshadagi Vistula Universitetida bakalavr va magistratura bosqichini o‘qish uchun 100% lik Vistula Merit Scholarship grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/25948

4. Bakalavr yoki qoʻshma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan iqtidorli talabalar uchun maxsus grant dasturi. Stipendiya miqdori — €12,000!
👉 https://grantgo.uz/go/15187

Telegram | YouTube | Mentorlik
Ayol-qizlar uchun Avstriyaning Vena texnologiya universiteti magistratura bosqichi uchun to'liq qoplanuvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini Computer science yoki matematika/texnologiya sohasi bo'yicha yakunlagan ayol va qizlar bo'lishi;
— Kuchli matematik va texnik salohiyat;
— Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL sertifikati).

Foydali tomonlari
— Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida o'qish uchun kontrakt to'lovidan ozod qilinadi;
— 2 yil davomida yiliga €7,000 stipendiya bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
30.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/01029

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Avstriya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi

Talablar
— Butun dunyo bo'ylab talabalar va o'qishni bitirganiga 3 yildan oshmaganlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar 18 yoshdan 29 yoshgacha bo'lishi hamda magistratura darajasini hali olmagan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate level).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
— Global miqyosdagi guruhlar o'rtasi jonli muloqotlar o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
04.07.2024 09:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/36483

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dunyoning Top 100 talik universitetlaridan biri Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi

Talablar
— Tanlayotgan magistratura yo'nalishiga mos bakalavr bosqichini tugatgan yoki tugatayotgan YI va YEIZga kirmaydigan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin (O'zbekistonliklar topshira oladi);
— Til talabi tanlagan dasturiga qarab farq qiladi.

Foydali tomonlari
— O'quv kontrakt to'lovi uchun €10,000 yoki €15,000 miqdorida grant ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62003

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Niderlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Chetga "suraman" deysiz-u, moliyaviy qiyinchiliklar to'siq bo'lyaptimi?

Ushbu maqolamizda chet elda o'qish uchun bir qancha nufuzli davlat grantlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

📎 Maqolani o'qish

#blog

Foydali – 🔥
GrantGO'dan ko'proq ma'lumotlar olishni istasangiz –
👍

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchilar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/28033


3 kun qoldi:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

3. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024
👉 https://grantgo.uz/go/55060


10 kun qoldi:
1. Yetakchi yoshlar uchun AQShda 1 yil davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda amaliyot qilish imkoniyati — Community Engagement Exchange Program
👉 https://grantgo.uz/go/46141

2. 18 yoshdan yuqori boʻlgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000
👉 https://grantgo.uz/go/41908

Telegram | YouTube | Mentorlik
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20% dan 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Knight-Hennessy Scholars granti

Talablar
— Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlariariza berishi mumkin;
— TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball.

Foydali tomonlari
— 3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchunmablag' ajratiladi(ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
10.10.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/72050

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: www.tg-me.com/uenteruz
———
Подписывайтесь на канал Инновационного центра UEnter и используйте возможности для саморазвития и реализации ваших бизнес идей: www.tg-me.com/uenteruz
Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi

Talablar
— Ushbu tanlovda avval birorta ishi nashrdan chiqmagan yosh havaskor yozuvchilar qatnashishi mumkin;
— Ilmiy fantastik, badiiy to'qima va fantastik yo'nalishdagi va avval nashr ettirilmagan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun $1,000;
— 2-o'rin uchun $750;
— 3-o'rin uchun $500.

Bosh sovrin — $5000!

Oxirgi muddat
30.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/34174

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734


3 kun qoldi:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675


5 kun qoldi:
1. Meksika hukumatidan barcha bosqichlarda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi — Merit Scholarships grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/34947

Telegram | YouTube | Mentorlik
Xorijda magistratura bosqichida o'qimoqchimiz? Arizangizda quyidagilarni namoyish qilish ustunlik beradi

🛡 Kasbiy malaka:

Tegishli ish tajribasi: Hujjat topshirayotgan sohangizda professional tajriba.
Loyiha boshqaruvi: loyihalarni samarali boshqarish, belgilangan muddatlarga rioya qilish va natijaga erishish salohiyati.
Jamoada ishlash va hamkorlik.

➡️Shaxsiy sifatlar:

Motivatsiya va ishtiyoq.
Muloqot ko'nikmalari: Kuchli yozma va og'zaki muloqot ko'nikmalari.
Yetakchilik: darsdan tashqari ishlarda yetakchilik tajribasi.
Moslashuvchanlik va bosimga chidamlilik.

📌 Qo'shimcha ko'nikmalar:

Taym-menejment: vaqtni samarali boshqarish va mas'uliyatni bo'yniga olish.
Netvorking: professional munosabatlarni o'rnatish va undan foydalana olish.

Bu va yana boshqa ko'nikmalar professional maydonda kuchli kadr bo'lib yetishishingizga yordam beradi.

🔥 – Maqola shaklida o'qishni istasangiz
👍 – Post yoqqan bo'lsa


Do'stlaringizga yuborib qo'yishni unutmang 😉

#foydali

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp (1543)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024 (486)
👉 https://grantgo.uz/go/55060

3. Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi (368)
👉 https://grantgo.uz/go/43285

4. Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda barcha bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi — Kingdom Saudi Arabia grant dasturi (336)
👉 https://grantgo.uz/go/59959

5. Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro (330)
👉 https://grantgo.uz/go/20119

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

3. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024
👉 https://grantgo.uz/go/55060


5 kun qoldi:
1. Talabalar va malakali mutaxassislar uchun Yaponiyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — METI Japan Internship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/84864


10 kun qoldi:
1. Talabalar va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/36483

Telegram | YouTube | Mentorlik
25-iyundan qabul ochiq!

"El-yurt umidi" jamg'armasidan bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichlarini top universitetlarda o'qish uchun 500 o'rinli grant

Talablar
— Xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha ta'lim olishni istaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
— Bakalavriat uchun: 25 yoshgacha bo'lgan; Magistratura uchun: 20-45 yosh oralig'idagi; doktorantura uchun: 22-45 yosh oralig'idagi, tanlagan mutaxassisligi bo'yicha kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega bo'lganlar (oliy talim muassasasi tavsiya etadigan nomzodlar bundan mustasno) ariza topshira oladi.

Foydali tomonlari
— Kontrakt to'liq qoplanadi;
— Viza olish, transport xarajatlari (ikkala tomonga);
— Yashash, ovqatlanish, tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
25.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/49251

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi

Talablar
Dasturda 30 yoshdan oshmagan va demokratik faollikka chuqur qiziqish bildiruvchi barcha qatnashishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— Yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya;
— Vashingtongga borish-kelish xarajatlari;
— Tibbiy sug'urta va b. qoplanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08742

#hamdoʻstlik_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/06/24 13:16:05
Back to Top
HTML Embed Code: