Telegram Group Search
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
#qabul2024 #magistratura #sertifikat

⚡️Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati

Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)

Xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlarning yangi ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin: 👉 https://www.tg-me.com/Ta& 39;lim nazorati/com.uztdi/8464

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

🔰 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

💻 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 20-iyundan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.C.Vosiqova nomidagi hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:

ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
3.5x4.5 oʻlchamdagi rangli rasm (oq fonda).

▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Akademik litseyda oʻqishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan, quyidagi telefon raqamlar orqali oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

☎️ Murojaat uchun:

▪️M.C.Vosiqova nomidagi akademik litsey +998 71 241-72-44;

▪️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.

Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇬🇧Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha bugungi kunda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda!

Siz ham magistratura yoki bakalavriat talabalari qatorida bo‘lmoqchimisiz⁉️

Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti sizga bu imkoniyatni berishga tayyor!

👉 Bakalavriat
👉 Magistratura
👉 O'qishni ko'chirish
👉 Ikkinchi mutaxasislik

Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot

📞Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

💵 O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📌 Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi!

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
[email protected]
1.2 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrugʻi

👉 Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
[email protected]
1.2 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  tegishli (20.06.2024-yildagi 191-sonli) buyrug‘i bilan Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy o‘quv rejalari tasdiqlandi.

👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qarshi xalqaro universiteti” da qabul davom etmoqda!

Haliyam o‘tiribsizmi? Hoziroq bizga murojaat qiling!

☎️ +99855-500-99-44
☎️ +99878-113-72-10

📍Qashqadaryo, Qarshi, Mustaqillik 71
Mo’ljal: Muhammad ota choyxona yonida

📍Qashqadaryo, Qarshi, Bunyodkorlik ko’chasi
Mo’ljal: UzGazOil ro’parasida.

🧑‍💻 @kiu_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlar diqqatiga: Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

Hurmatli abituriyentlar!

❇️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha bugunoq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

📌 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

❗️ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://www.tg-me.com/Ta& 39;lim nazorati/com.uztdi/8484

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
Dorilarning sanoat texnologiyasi;
Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vazirlik xodimi hujjat topshirayotgan abituriyentlarga tavsiyalar berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov Kun.uz bilan suhbatda abituriyentlar oliy ta’lim tashkilotlariga ro‘yxatdan o‘tishda hech kimdan yordam so‘ramasdan o‘zlari ro‘yxatdan o‘tishlari kerakligini ta’kidladi.

Bizda ko‘pincha maktab direktori yo Paynet’dan yordam so‘raladi va natijada yo‘nalish tanlashda, imtihon topshiradigan hududni tanlashda tushunmovchiliklar bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili bir abituriyent 189 ball to‘plagan, lekin birinchi yo‘nalish sifatida agrar yo‘nalishni, so‘ng tibbiyot yo‘nalishlarini tanlagan ekan. Menimcha, u bola o‘tgan yili agrar yo‘nalishda o‘qimagan. Bu xato – uning bir yili “kuyishini” anglatadi”, dedi Abduvali Xoliqov.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4000 dan ortiq Talabala nega aynan Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutini tanlashganini bilasizmi?

▪️ Talabalarimiz bu institutda o'qish orqali xalqaro tan olingan kredit modul tizimi asosida ta'lim olishadi.

▪️ Professor-o'qituvchilari va o'quv dasturlari yuqori darajada bo'lib, nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko'nikmalar ham berib boriladi.

▪️Undan tashqari TMII instituti Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi hamda beriladigan diplom boshqa Davlat oliygohlari diplomi kabi teng kuchga ega.

✔️Siz ham talabalarimiz kabi to'gri tanlov qiling va safimizga qo'shiling.

💻 Online ro'yxatdan o'tish

📲 Qoshimcha savollar uchun:
+998712009005 | @timeedubot

Telegram |Instagram |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Ertaga OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: fanlar majmuasini tanlaganda e'tiborli bo‘ling!

Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

❗️Ayrim abituriyentlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi aytib qaysi fanlar majmuasini tanlashim kerak deb so‘rashmoqda.

Masalan:

Geodeziya va geoinformatika (60721500) yo‘nalishiga kirish uchun matematika (3,1) fizika (2,1) tanlash zarur.

Boshlangʻich taʼlim (60110400) yoki kompyuter lingvistikasi (60230400) yo‘nalishiga kirish uchun ona tili va adabiyoti (3,1) matematika (2,1) tanlash zarur.

Abituriyentlarga fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan yuqoridagi jadval bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Fanlar majmuasi tanlashdan avval @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/25 02:56:11
Back to Top
HTML Embed Code: