Telegram Group Search
#haqida

Sizlarga hozir o'tgan yil tahminan shu paytlarda boshlangan voqeani aytib bermoqchiman.
O'shanda hayotimni sarhisob qilarkanman, kunlarimning birin-ketin bir xilda o'tib borayotganligini anglay boshladim. Uy-ish,ish-uy, bola-chaqa...Orada blogerlik qilishim yaxshi, biroq u ham go'yo bir tekisga tushib qolgandek bo'ldi. Xullas, o'zimga chellenjlar qilmay qo'yganimni tushundim. Buni ko'plar comfort zone deydi. Bu esa sizni ortiq o'stirmay qo'yadi.

O'ylab qaradimki, fikrlarim boshida unday emasdi. Diplomatiyani tugatganimda qo'limda IELTS 7.0, yaxshi baholarga to'la diplom, xorij universitetidan olingan offer bor edi... Lekin shu bilan birga, karyera qilish niyatim ham ustunlik qilardi. Bakalavr nazariya, hayot esa amaliyot o'rgatadi. Shu sababli o'qishni davom ettirmadim. Ishga kirdim. Yaxshi ish topdim. Keyin shaxsiy hayotimni tartibga keltira boshladim. Yaxshi inson bilan tanishdim. To'y. Oila boshlig'i. Farzandli bo'ldim. Bular men xohlagan yo'l edi. Ulkan baxt va katta orzularga erishdim. Shu paytagacha qilgan birorta qarorimdan sira afsuslanmayman.

Lekin bo'ladiku, kunlardan bir kuni eski uyingizga borasiz va chordoqning chetidan qachonlardir siz uchun qadrli bo'lgan buyumlaringizni saqlab qo'ygan sandiqchangizni topib olasiz. Nostalji. Yoqimli xotiralar. Men ham sandiqchamdan ilmiy faoliyatimni davom ettirish istagini topib oldim. To'g'ri oradan biroz vaqt o'tdi. Nima bo'pti? Nega hozir emas?

Xullas, o'qishni chet eldai davom ettirishga qaror qildim. Lekin duch kelgan emas, balki nufuzli joyda. Bir paytlar orzu qilgan maskanlarimda. Harakat boshlandi. IELTSga qayta tayyorlandim. Buyog'i hamma biladigan narsalar. Application process. Kutish. Javob keldi. Unconditional offer. From Glasgow, Reading va Swansea University. Lekin kontraktga pul yo'q:)

Shunda yaxshi niyat bilan El-yurt Umidiga hujjat topshirmoqchi bo'ldim. Lekin uniyam ancha kutdim, bu yil topshirganlar biladi. Nihoyat tanlov iyunda ochildi. Keyin bir oydan keyin test, avgustda suhbat. Yana 2 oy javobini kutish. Ozmuncha vaqt o'tmadi.

Bugun esa yomg'irli Toshkent havosida ko'chada edim. Ertalabdan smartfonimda ozgina zaryad qolgan. Birdan qo'ng'iroq bo'ldi. O'rtoqlarim: "Tabriklayman!". Boshida nimaga va negaligini tushunolmadim. Esimdan chiqayozgan narsa edi, rosti. Ammo bu haqiqat bo'lib chiqdi.

Shunday qilib, kamina "El-yurt Umidi" fondining 2024-yilgi "Jamg'arma Stipendiati" bo'lib topilibman. Bugungi xushxabar shu edi. Shuncha voqealar rivoji. Yana bir muhim dovondan o'tibman:) Hali bundan ham muhim dovonlar bizni kutib turibdi...

Bir paytlar do'stlarim va tanishlarim grant yutishganda ularga chin dildan havas qilardim va bir kun o'zim shunday bosqichga chiqishni orzu qilardim. Alloh shu kunlarga ham mana yetkazdi. Ishonch va harakat orqali yetishsa bo'larkan. Xudoga behisob shukr!

Men bugun xursandman😊

@boredpandablog
Hayotingdagi eng yaxshi xabarlar sen uni umuman kutmaganingda keladi:)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kinotarix #moviehistory
Qarilikni his qilishni istaysizmi?

Bugun daho Kventin Tarantinoning "Pulp fiction" filmi premyerasiga roppa-rosa 30 yil to'ldi.

@boredpandablog
#haqida

Oilaviy qadriyatlar

Kecha internetda bir guruh vaynerlarning epik durdonamiz “Kelinlar qoʻzgʻoloni” filmidan parchalarni remeyk qilayotganini koʻrib qoldim. Yangilik yoʻq.

Ammo ular na rol ijrosida, na boshqa jihatdan oʻz ajdodlariga yeta olishmaydi. Shunchaki tozzaa kommerchiskiy syomka.

Eng qizigʻi bu emas. Men video tagidagi izohlarni oʻqib, odamlarning, prichem u davrni elas-elas eslaydigan, hozir endi katta boʻlib oʻzlari oila qurgan odamlarning izohlarini oʻqib tushundimki, koʻpchilik oʻshanday katta va ahil oila an’analarini sogʻingan. Bu shunchaki nostalgiya emas.

Hozirgi hayotimiz faqat individualikka asoslangan. Internet sababli hayotimizda ulkan va keraksiz informatsiyalar oqimi paydo boʻldi. Biz ancha yaxshi hayot kechiradigan boʻldik. Hayotimiz osonlashdi.

Lekin baribir ich-ichimizdan, koʻnglimiz oʻsha katta oila davrasida soʻrida shoʻrtakkina shoʻrvani ichib oʻtirishni istaydi…

@boredpandablog
O'zbekistonda har bir muomala layoqatiga ega, voyaga yetgan insonning yonida qurol olib yurishi, saqlashi kabi Konstitutsiyaviy huquqi bo'lishiga qanday qaraysiz? Ha bo'lsa nega, yo'q bo'lsa nega? Sababini izohlarda qoldiring
Anonymous Poll
16%
Ha! Sababi...
72%
Yo'q! Sababi...
12%
Menga qizig'i yo'q
#tavsiya

Kutilmagan yakunga ega bo‘lgan top-20 film

Bu filmlarning yakuni tomosha davomida shakllangan butun filmga bo‘lgan qarashingizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilarkan. Ko'rib chiqamiz:

• "Yong‘inlar" - triller, drama, harbiy janr. Rotten Tomatoesda 91%
• "Kechirim" - drama. 83%
• "Taklif" (2015) - triller. 90%
• "Varvar" (2022) - dahshat. 92%
• "It hokimiyati" - drama, vestern. 94%
• "Qayta tug‘ilish" - dahshat. 90%
• "ona!" - triller, drama. 68%
• "Sovg‘a" (2015) - dahshat. 91%
• "Bezovta qilganim uchun uzr" - komediya, fantastika. 93%
• "Ikki opa-singil tarixi" - detektiv, dahshat. 86%
• "Cho‘ri" - triller, romantika. 96%
• "Narigi tomonidagi uy" - dahshat. 88%
• "Iblis uyi" - dahshat. 85%
• "Sarob oroli" - triller. 91%
• "Xom" - triller. 93%
• "Soltbern" - drama, triller. 71%
• "Erkaklar nasli" - dahshat. 69%
• "Sayqallanmagan javohirlar" - drama, triller. 91%
• "Ibtidoiy qo‘rquv" - triller. 77%
• "Xoinlar" - drama, jinoyat. 91%.

Ruscha nomlari izohda.

@boredpandablog
Kim mazza qilgan shu epizodni ko'rib:)

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #Arcane

Netflix "Arkeyn"ning ikkinchi va yakuniy mavsumi uchun yangi treylerni namoyish etdi.

U yana uch qismga bo‘linadi: birinchisi 9-noyabrda, ikkinchisi 16-noyabrda, uchinchisi esa 23-noyabrda chiqadi.

@boredpandablog
#kinonews

"Anora"miz Oskarga yutishga asosiy nomzod

Next Best Picture va Variety versiyalariga ko‘ra "Oskar" mukofotining asosiy nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib turibsiz.

Albatta, bu bashoratlar hali o‘zgarishi mumkin, qaysi filmlar yakuniy o‘ntalikka kirishini esa 17-yanvarda bilib olamiz.

Hozircha esa "Anora"ga muxlislik qilishda davom etamiz:)
@boredpandablog
⚡️“Anora” filmida bosh qahramon rolini ijro etgan Mayki Medison Vanity Fair nashri uchun suratga tushdi.

“Anora”
filmini tomosha qilganlar bormi?

@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Men chiqishini juda intiqib kutayotgan filmlarimdan biri "Mikki 17"dan yangi kadrlar.

U "Parazitlar" filmining rejissyori Pon Jun-ho tomonidan suratga olingan fantastik qora komediya bo'lib, unda bosh rolni Robert Pattinson ijro etgan. Uning qahramoni Mikki Barns yangi sayyorani o‘zlashtiradi va eng xavfli topshiriqlarga borib, u yerda tez-tez halok bo‘ladi. Biroq, uning tanasi va ongi qayta-qayta tiklanadi, lekin faqat bitta nusxada - to ikkinchi Mikki paydo bo‘lguncha.

Pon Jun-ho "Mikki 17"ni o‘zi yaratgan eng insonparvar hikoya deb ta’riflarkan, shu bilan birga film insonlar qanday ayanchli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishini ta’kidlaydi.

@boredpandablog
#tavsiya

Barcha zamonlarning eng yaxshi 100 ta dahshatli filmlar ro‘yxati

Har yili oktyabr oyida nashrlar Xellouin bayrami munosabati bilan shunday ro'yxat e'lon qiladi. Bu safar IndieWire o‘zining Top-100 ro‘yxatini taqdim etdi. Mana ularning ilk yigirmaligi:

1. «Одержимая» (1981)
2. «Нечто» (1982)
3. «А теперь не смотри» (1973)
4. «Кабинет доктора Калигари» (1920)
5. «Техасская резня бензопилой» (1974)
6. «Дом» (1977)
7. «Что ни день, то неприятности» (2001)
8. «Сияние» (1980)
9. «Ведьма из Блэр» (1999)
10. «Видеодром» (1983)
11. «Чужой» (1979)
12. «Прочь» (2017)
13. «Ночь живых мертвецов» (1968)
14. «Глаза без лица» (1960)
15. «Забавные игры» (1997)
16. «Кроваво-красное» (1975)
17. «Я гуляла с зомби» (1943)
18. «Хэллоуин» (1978)
19. «Зловещие мертвецы 2» (1987)
20. «Вторжение динозавра» (2006)

To'liq ro'yxat shu yerda.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Max srtrimingi "Dyuna: Bashorat" serialining ilk katta treylerini e'lon qildi. Syujet markazida "Bene Gesserit" ordeni turadi va asosiy voqealar Pol Muad'Dib Atreydes tug‘ilishidan 10 000 yil oldin sodir bo‘ladi.

Premyera - 17-noyabr.

@boredpandablog
Bored Panda
Ayni paytda esa bizning telekanallarimiz buyurtmalari asosida suratga olingan "milliy" seriallar: @boredpandablog
O'zimizni seriallar turkumidan...

Albatta bu Klikbeyt, tabiiyki videoda hech qanaqa ichkikiyim bo'lmasa kerak.

@boredpandablog
#premyera

Kapitan Nemo haqidagi stimpank janrida "Nautilus" seriali suratga olinibdi. Treyler ham go‘zal chiqibdi. To‘g‘ri, syujetga ko‘ra, kanonga aql bovar qilmaydigan darajada aralashuv bor - turli maxluqotlar, garovga olingan ayol, hind Nemo va voqealar ham 1857-yildagi Hindistonda kechadi.

Syujetga ko'ra, "Nautilus" Buyuk Britaniyaning Ost-Hindiston kompaniyasi tomonidan quriladi va uning kelajakdagi kapitani Nemo esa bu asriy qurilishda qul-dizayner sifatida ishlaydi. Keyin u "Nautilus"ni olib qochishga muvaffaq bo'ladi, shu bilan misli ko'rilmagan sarguzashtlar ham b oshlanadi.

Umuman olganda, treyler menga yoqdi, Jyul Vern ijodini chiroyli, qiziqarli va sifatli yetkazib berishsa juda xursand bo'laman.

https://www.youtube.com/watch?v=2HxWthmp9HU

@boredpandablog
2024/10/19 02:03:19
Back to Top
HTML Embed Code: