Telegram Group Search
#yangiliklar

Amazfit kompaniyasi o'zining aqlli uzugini ishlab chiqdi

Amazfit Helio Ring nomini olgan ushbu mahsulot sportchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga oid ma'lumotlarni qayd etib borishda foydalaniladi.

Manba: https://www.tg-me.com/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​#Innovator

🎉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi hamda "Innovator" jurnali qahramoni Urunov Asadbek "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Asadbek o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun tinimsiz harakat qiladigan qahramonlarimizdan. Robototexnika sohasidagi ilmi orqali bir qancha ishlanmalarni yasashga muvaffaq bo'ldi. Natijada, ko'plab tanlovlar g'olibiga aylandi. Jumladan, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan "TechnoWays" texnologik marafonida "Fresh Energy" lohiyasi bilan respublika bosqichida g'olib bo'lgan. Shuningdek, ushbu marafon orqali "Dubay Expo 2020 xalqaro ko'rgazmasi"ga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. Inkubatsion markazlar mavjud universitetlar o'rtasida tashkillashtirilgan "Student CUP" loyihasida TTPU bosqichi g'olibi bo'lgan. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan elektromobillar taraqqiyotini yurtimizda ham bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadida ajratilgan 30 000 000 so'm grant sohibiga jamoasi bilan erishdi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimiznii samimiy muborakbod etadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

📚DARSLARNI BIRGALIKDA OSON O'ZLASHTIRAMIZ

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima sababdan bir o‘qituvchi o‘qitadigan bir sinfdagi o‘quvchilarning barchasi turlicha bahoga o‘qishadi? Nega hammasi aʼlochi yo ikkichi emas? Bu balki o‘quvchining maʼlumotlarni qabul qilish qobiliyati yoki qiziqishiga bog‘liqdir? Mazkur muammoni o‘zi hali talaba bo‘lgan Gulsevar Xo‘jamova hal qilishga bel bog‘lagan. U o‘sib kelayotgan yosh avlod darslarni oson o‘zlashtirishi uchun yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 2-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz!

Yoshlik — mardonavor g‘oyalar, yorqin his-tuyg‘ular va katta yutuqlar davri.

Siz — shahrimiz va mamlakatimiz kelajagi bunyodkorisiz. Sizning shijoatingiz, ishtiyoqingiz, ijodkorligingiz va yaxshilik sari intilishingiz bizni ilhomlantirib, kelajagimiz yanada yorug‘ ekanligiga ishontiradi. Sizning faolligingiz va Vatanimizga cheksiz sadoqatingizdan faxrlanamiz.

Bayramingiz muborak!

Rasmiy sahifalarimiz
Web-site | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Innovator

🎉"Innovator" jurnalining qahramoni va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali talabasi, Farg'ona viloyat yoshlar akademiyasi lideri Abduvaliyev Javlonbek "Inovatsion g'oyalar yetakchisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimizni samimiy muborakbod etadi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️“Innovator” jurnalining eng katta fishkasi – uning muqovasidagi qahramonning jonlanishi!

👉Muqovada “NazzAR” ilovasini yuklab oling va meni jonlantiring, degan yozuv bor. Lekin koʻpchilik uni qanday qoʻllashni bilmaganini kuzatdik. Oʻzimiz koʻrsatganimizdan soʻng jurnalga hayrati oshayotganlarni ham koʻrdik.

📹Jurnalimiz oʻquvchilari uchun muqova qahramonini jonlantirish yoʻllari aks ettirilgan video tayyorlashga qaror qildik!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#ixtiro

Nima deb oʻylaysiz?

🗣Insoniyat tarixidagi eng mashhur ixtiro – bu nima?

📚Dunyodagi eng mashhur ixtiro – raketa, chiroq, televidenie, radio, internet, hattoki sensorli telefon ham emas – bu KITOBdir. Chunki elektr yoki atom energiyasi yordamida harakatlanadigan kosmik kemalar, samolyotlar va shunga oʻxshash olamshumul kashfiyotlar va ixtirolarning asl sababchisi bu – kitobdir.

📌 U qadimgi bilimlarning eng ishonchli tashuvchisi va unga hech qanday energiyaning ham keragi yoʻq. U hali ham insonlarni bilim va maʼrifat tomon yetaklashda peshqadamlik qilmoqda.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ixtiro

☕️Qahvasiz bir kun ham yashay olmaydiganlar uchun ajoyib ixtiro!

⚙️Yaqinda Ixtirochilar tomonidan Minipresso GR2 nomli kichik protativ ravishda qahva mashinasi yaratildi.

📌Ushbu qahva mashinasini sumkangizda, hattoki cho'ntagingizda ham olib yursangiz bo‘ladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #innovator

🎉"Innovator" jurnali qahramonlaridan biri Andijon davlat Pedogogika instituti "Pedagogika" yo‘nalishi talabasi Gulsevar Xo‘jamova "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan qahramonimizni samimiy muborakbod etadi!

Facebook I Telegram | Web | Instagram
O‘zbekistonda 9 yoshli bola sun’iy intellektning tayyor tizimlari asosida ishlovchi bot yaratdi

Bot sun’iy intellektning tayyor tizimlaridan ma’lumotlar olishga asoslangan. @GENT_GPT_UZ_bot’dan foydalanib ko‘rgan faollar u hali mukammal bo‘lmasa ham bu yaxshi natija ekanligi haqida yozmoqda.

👉manba

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz

📹Renessans TV telekanalining “Oyna” koʻrsatuvini bu galgi mavzusi sunʼiy intellekt haqida boʻldi. Unda “Innovator” jurnali bosh muharriri Sevara Abdullayeva ham qatnashdi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan

Robot futbolchilarni yetishtirgan Texnopark

📑
2022-yil mamlakatimizda robotexnika yo‘nalishida robofutbol musobaqasi o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkining robot shovvozlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritilgandi. Shu kungacha 20dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan, chempion "futbolchi"larni tayyorlagan texnopark faoliyati sizga ham qiziq bo‘lsa , maqolani oxirigacha o‘qing.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring
Web-site | Instagram | Facebook
2024/07/17 16:59:20
Back to Top
HTML Embed Code: