Forwarded from Zakovat harakati
Zakovat xodimi Baymurza Bazarbayev – “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

Zakovat klubining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi koordinatori yordamchisi Baymurza Bazarbayev Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Baymurza Bazarbayevni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz!

Biz Zakovat nafaqat o‘yin ekanligini ta’kidlaganda, bilimdonlarimiz nafaqat muvaffaqiyatli, balki jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ham nazarda tutamiz. Mana shunday jonkuyar xodimlarimiz borligidan faxrlanamiz!

#zakovatliman

@zakovatharakati
“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari ishtirokida Zakovat musobaqasi o‘tkazildi

“Hududgaztaʼminot” AJ hamda Zakovat klubi hamkorligida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi

Murosasiz kechgan bahs yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-oʻrin: “Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati
🥈2-oʻrin: “Hududgaz Surxondaryo” GTF
🥉3-oʻrin: “Hududgaz Qashqadaryo” GTF

Mazkur jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
Zakovatchi Temur Madalimov falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi!

Zakovat o‘yinining uzoq yillik ishtirokchisi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Temur Madalimovga Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.

Temur Madalimovni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Zakovatchilar tez-tez shaxsiy yutuqlarga erishayotganidan xursandmiz!

#zakovatliman

@zakovatharakati
“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogining navbatdagi mavsumi o‘tkaziladi!

Turnir 7-iyul, yakshanba kuni soat 11:00da respublikamizning 6 ta hududida sinxron o‘tkaziladi.

Turnirda jami 36 ta savol (12 ta savoldan 3 ta tur) o‘ynaladi.

Turnirda har bir mintaqada 1-o‘rinni olgan jamoalarga maxsus kubok topshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Zakovat” Chempionlar kubogi nizomi.pdf
5.8 MB
“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogi nizomi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Zakovat harakati
Biz ham bir kun yutarmiz🥲

Navbatdagi shablonlarimizdan Siz ham foydalanib ko‘ring 😉

@zakovatharakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Juma, soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Xorijdagi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun Zakovat o‘yini o‘tkazildi

Xorijdagi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida tashkil etilayotgan o‘zbek tili kurslari doirasida “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda Zakovat klubi hamkorligida Zakovat o‘yini tashkil etildi.

Mantiqiy fikrlash qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan savollar ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2024/07/04 12:32:01
Back to Top
HTML Embed Code: