Telegram Group Search
- Oʻrtoq nega xomushsan?
- E, nimasini aytasan, pulim yoʻq ishlamayapman, topish tutish boʻlmasa kayfiyatingam boʻlmasakan...
-Siqilma doʻstim, manavini ishlatib tur (3*4 yuz dollar pulni oʻrtogʻini choʻntagiga sopqoʻyadi). Shunaqa kartina yana bir ikki bor qaytariladi va doʻstni sinovdan oʻtgani tantana qilinib “yaqin doʻstlarga yuvorib qoʻyamiza” deydi. Boʻldi. Tamom.
Boshqa mazmundagi vaynlar ham shu ahvol.

Shunaqa vaynlar shunaqa koʻpki, mediaplatformada siyqasi chiqib ketgan. Gʻoya qashshoq emas, badiiy ifoda gʻarib, tasvir taʼsiri menga oʻta nochor tuyuladi. Dialoglardagi suhbat soʻzlarining gʻalizligi toʻgʻrisida gapirmasayam boʻladi. Yangilik yoʻq.

Oʻsmir suhbatdoshim bu vaynni zoʻr ishlanganini ayta turib, meni hayratga tushmaganimni sababini soʻraydi.
Men bu VAYNlardan bir necha yuz barobar baland narsalarni 30-35 yil avval kitoblarda oʻqib boʻlganimni aytdim.

Men bolaligimdayoq, yaʼni 10-12 yoshimda Gaydarning “Temur va uning kommandasi” Remarkning “Uch oʻrtoq”, Djon Boynning “Malchik v polosatoy pijame” sini oʻqiganman. Keyinroq sevimli yozuvchilarim Oʻtkir Xoshimov, Nosir Fozilov, Said Axmad, Anvar Obidjon (ustozim), rus adabiyotidan Chexov, Dostoyevskiy, Turgenev, Lermontov, Tolstoy, Bulgakov, Gogolni oʻqidim. Xatto ayrimlarini bir necha martalab. Bundan tashqari oʻn besh yoshimgacha Turk yozuvchisi Aziz Nesin, gʻarb adabiyotidan Shekspir, Markes, Xemenguyey, Borxes, Kafka, Red Breydberi, Artur Konan Doyl va boshqalarni oʻqidim.

“Sizlarning oʻta sayoz, badiiy ifodasi gʻarib vaynlarga hayratingizning asosiy sababi KITOB OʻQIMASLIK kasali xolos”-dedim.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ O‘rtachadan yuqori!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, maʼnaviyat va maʼrifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

Kuni kecha "Biznesni rivojlantirish banki" da o‘tkazilgan kitob yarmarkasidan lavha.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Bolalar uchun odob-axloqqa oid HADISLAR toʻplami.
Aziz bolajonlarga atab sevikli Paygʻambarimiz Rasulalloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarini toʻplab, ularni yengil va ravon uslubda sharhlangan holda taqdim etilgan. Kitob imkon qadar bolalar tili va tabiatiga yaqin qilib yozilgan. Jumlalar sodda, yengil, tushunarli boʻlishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Qattiq muqova, 172 sahifa, 45ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Farzandlaringiz kelajakda o’z so’ziga ega bo’lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling”. Qayta qayta o‘qilgan kitob yomon bo‘lishi mumkinmi?! 😉 🍭Yumshoq muqova; 35 sahifa; 10 ming. Buyurtma: @TaskinKitob 🐣 Mahbublarga ulashing…
​​Meni uyaltirgan kitob

📙 Kitobning yaxshi-yomoni bo'lmaydi ekan-ku, ammo judayam yaxshisi bo'lar ekan. Gap "Men ikkiga kirguncha" kitobi haqida ketyapti. Rostan kitob juda foydali, ayniqsa men kabi sho'ring qurg'ur, o'zicha qattiqqo'l va bolasini harbiychasiga tarbiyalaydigan onalar uchun.

📙 To'g'risini aytsam, kitobni o'qib juda uyaldim. Jajjigina Bahora tilidan hikoya qilingan ushbu kitob bolalar tilidan hikoya qilingan. Anglashlarim:

...Bolaning ikki yoshigacha bo'lgan davr, eng muhim vaqt ekan.

... Bolangizning qilgan ishini rag'batlantirib tursangiz, u albatta bu ishni yana ishtiyoq bilan, mehr berib qilar ekan.

... Ularni bola, hech narsani bilmaydi deyishimiz xato, chunki ular hammasini his qilib turishar ekan.

... Ularga ertak aytib berish, ularning fikrlashini o'stirar ekan.

... Allaning kuchi, chaqaloqlar allani juda ham yaxshi ko'rar ekan.

Yumshoq muqova, 88 sahifa, 22ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz… Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi… Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir oʻz xoʻjasiga ovoz beradi!

Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!
Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...

Malkolm X "Fitrat"

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“1975-yil ukam menga Quddusdan Qur’on kitobini olib keldi. Fotiha surasini o‘qiganimda uning umumiy ma’nosini tushunishga harakat qildim. Bu avval o‘qigan kitoblarimning hech biriga o‘xshamasdi. So‘zlar negadir menga tanish tuyuldi. Qachondir yo‘qotgan qadrli…
🌳 Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.
Ushbu kitob Qur'on va sunnatda bayon etilgan baxtli oila tendensiyasi bayon etilgan...

Yumshoq muqova, 208 sahifa, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bir zumda yodlab olish koʻnikmasi ulkan imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Faraz qiling-a, yurgan yoʻlingizda xorijiy tilning yangi soʻzlarini yodlab olsangiz. Kitob, moliyaviy hisobot yoki taqdimotdagi zaruriy maʼlumotlar barchasi xotirangizga mixlanib qolaversa.…
Kibrning qoidasi:
Men undan yaxshiman!

Pir yetti yoshga to‘lganda otasining vafotidan chuqur g'amga botdi. Bolaning yuragi dosh berolmaydigan qayg‘u xuddi dengizda cho‘kayotgan odamning bo‘g‘ilishga o‘xshardi. Bu bir ilohiy rahmat ekanligini bolakay hali bilmasdi. Zero, kalb baʼzan chukur bilim va ruhiy holatlarga og'riqli tarzda tayyorlanadi. Ichidagi g‘am-qayg‘uning bo'ronlari iloxiy sifatlarning zuhurini unga ergashtiradi. Ana shunday chuqur qayg‘u ichida u Sayramda daryo bo'yida yolg‘iz sayr qiladi. Suv oqimiga kilgan holda ota-onasining yo‘qligiga ko‘nikishga harakat qilar ekan, ko‘zlarini uyqu bosdi. Ko'z qovoqlarini asir etgan uyqu Rahmoniy bir tushga yo'l ochdi. Ana shunda Xoja Ahmad Yassaviy ilk marotaba Xizr bilan uyqusida yuzlashdi. Xizr uning qalbini ilohiy zukkolik ilmi ila to‘ldirib, bo shidan kechirajak ruhiy holatlarga tayyorlay boshladi.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tilini, madaniyatini, tarixini yòqotgan millat tanazzulga mahkumdir... - Yaxshi suhbat bòlayaptiyuu nega samalyotdan tushib qolmoqchi?! Qiziq... - U - odamlar ketayotgan samolyotdan emas, sovetlar ketayotgan yo‘ldan chiqib ketishni orzu qiladi. - Chiqib…
Jamiyatning munofiq fuzalolaridan koʻrgan musibati, qattol jinoyatchilaridan koʻrgan koʻrgiliklaridan alamliroq boʻladi.

Shayx Muhammad Gʻazoliy, “Muslimlar xulqi” kitobidan

Qattiq muqova, 403 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kitob bahosi 26ming, sizga eng yaqin pochta ofislarigacha tekinga yetkazib beriladi!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
— Qaysi kitobni yig'lab o'qigansiz?
— Alifbeni... 😄

(Shu jumladan: "Jannatga taklifnoma"," Tutqun" kitoblarini ham yig‘lamay o‘qib bo‘lmaydi...) ❤️‍🔥

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitobni oʻqish uchun qoʻlga olar ekanman, moliyaviy erkinlik haqidagi navbatdagi zerikarli asar boʻlsa kerak degan oʻy oʻtdi. Ochib qarasam, badiiy kitob ekan! Kutmagan edim. Bu mavzuda badiiy kitob boʻlishini oʻylab koʻrmagan ekanman. Kitobning qisqacha…
EFFEKT LATTE deb nomlanuvchi amerikalik moliyachi va tadbirkor Devid Bax tomonidan ommaga taklif qilingan moliyaviy konsept bor. Bunga koʻra, kundalik mayda-chuyda xarajatlardan voz kechilsa (masalan kunda ichiladigan qahvadan) oy va yil davomida anchagina pul ekonom qilib qolish mumkin deyilgan. Misol tariqasida bir amerikalik qizning xarajatlarini taftish qilib, kuniga 11 $ qahvaga sarflashini, agar shu qahvadan voz kechsa, oyiga 330 $ , yiliga 4000$ tejab, uni 10 % foyda keltiradigan yerga investitsiya qilsa 40 yildan keyin millioner boʻlishini hisoblab beradi.

Bizda qahva ichishmaydi. Bizda Flesh (energetik), kola ichishadi xar kuni. Shu narsalar kaxva oʻrnida EFFEKT LATTE konseptiga tushadi.

Bu konseptni tanqid qiladiganlar xam koʻp. Atigi kuniga 11 $ ni deb, oʻzini kunlik hayotdagi xursandchiliklardan mahrum qilishga arzimaydi deydiganlar ham bor.

Ikkala tarafniyam haqiqati oʻz prizmalaridan qaraganda toʻgʻriga oʻxshaydi.

Yumshoq muqova, 236 sahifa, 40ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Saodatning ilhomini mushki anbardan oldim. Unga avvalo oʻzim burkanmay turib, boshqalarga ulasholmas ekanman... Baxt va saodat qalbning Parvardigorga yaqinligi qadar boʻladi. Bundan boshqalari esa, sababi ketsa oʻzi ham ketadigan shunchaki xursandchilikdir.…
Bir kishi odamlar ranjisa-da, Alloh roziligi uchun ish tutsa, Alloh uni odamlarning aziyatidan har zamon asraydi! Aksincha bo‘lsa aksincha bo‘ladi...

"Maktubot" 98-maktubdan.

Yumshoq muqova, 590 sahifa, 140ming.
Yetkazib berish tekin🔥

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Forwarded from Hikmatlar Xazinasi 🍃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uxlaganlarni, agar qodir esak, uyg'otamiz!
A.Qodiriy

Turkistonning XV-XX asrlardagi hayoti yoritilgan ushbu kitob jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 42 yillik urushda jon bergan qurbonlar buning guvohidir (1853 – 1895). Undan keyin yana o‘nlab yillar qarshilik harakati davom etdi. O‘z erkimiz, dinimiz, odatimiz va yerimizning egasi bo‘lamiz, degan umidda qo‘liga qurol olganlarning nomi bosmachi bo‘ldi. Sopimizni o‘zimizdan chiqardi. Biz o‘zlarining va bizning (o‘sha paytda hali kelajak avlod) mustaqilligimiz uchun kurashgan haqiqiy mujohidlarimizni, asl bosmachi – xo‘jayinlarga ergashib, bosmachi deya atay boshlaganimizni ham ushbu kitob tarixiy hujjatlar asosida isbotlab beradi. Shukrlar bo‘lsinki, B.Xayitning “bosmachilar” haqidagi inkor qilib bo‘lmaydigan fikrlari hozir O‘zbekiston bo‘ylab tarqala boshladi. To‘g‘ri, uni biz turli odamlardan eshityapmiz.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Islomimizni ayblashadi aslida ayb bizda, oʻzi islomimizni bizdan boshqa aybi yoʻq!

Islom sensiz ham yengilmaydi! Ammo sen Islomsiz aniq yengilasan!!!

Islom muvaffaqiyatli ish. Lekin ba'zi "advokatlari" no‘noq...

Ayyom muborak!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitobxon kishi sayyoh kabidir. Boshqa sayyohlardan farqi shundaki, u maʼno izlab safarga chiqadi... @Taskinkitoblar da navbatdagi o‘tkir ⚡️ma'noli 🔥 kitob yaqin kunlarda hukmingizga havola etilajak. Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ O‘rtachadan yuqori!
Odamlar oʻzlariga do‘st, sherik va yaqinlar sifatida bir xil oʻyin oʻynaydigan kishilarni tanlashadi. Shu sababli, har qanday ijtimoiy doiraning (kiborlar, balogʻatga yetmaganlar guruhi, ijtimoiy klub, universitet kampusi va boshqalar) «tipik aʼzosi” boshqa jamoa ishtirokchilariga
mutlaqo begona boʻlib koʻrinadi. Aksincha, oʻz oʻyinlarini oʻzgartirgan ijtimoiy doiraning har qanday vakili bu doiradan siqib chiqariladi, lekin u boshqa ijtimoiy doiraga bemalol qoʻshila oladi. Bu oʻyinlarning oʻziga xos ahamiyatidir...
chiqariladi, lekin u boshqa ijtimoiy doiraga
bemalol qoʻshila oladi. Bu oʻyinlarning oʻziga xos ahamiyati hisoblanadi.

Erik Bern "Odamlar oʻynaydigan oʻyinlar"

Buyurtma berish @TaskinKitob
Qattiq muqova, 220 sahifa, 48ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Barchamizda muhabbat degan tuyg‘u bor, biroq barchamiz bu tuyg‘uni o‘z o‘rnida ishlata olmaymiz, demakki bu borada maslahatga muhtojmiz. Ba'zilar muhabbat bilan qariydi, ba'zilar esa aksincha, muhabbatni qaritishadi. Shu o‘rinda aytishimiz lozimki insonning…
DARD QAYERDA BOʻLSA DARMON OʻSHA YERGA SHOSHADI

“Hayotga ijobiy qarash” deb nomlangan seminar dasturimizga qatnashgan bir yigit soʻradi: “Xoʻsh, siz har doim xursandmisiz? Xiyonat, nohaqlik, adolatsizlik sizni ranjitmaydimi? Umidsizlikka tushgan paytlaringiz boʻlmaydimi?”
Albatta xafa boʻlaman. Mazlumlarcha oʻlim topish, ochlik, adolatsizlik, tarafkashlik, nafrat va hurmatsizlik hukmron boʻlgan dunyoviy jamiyatda qaysi pok vijdon qah-qaha otib kula olardi? Albatta, oʻksinaman, xafa boʻlaman va baʼzan uyga bemajol kelib, bir burchakka tiqilib yigʻlab ham olaman. Mulohazali hayot oʻrtada oʻrdak bolasidek jilpanglab, zavqu shavq bilan sayr qilish emas-ku? Ilmingiz va tafakkuringizni yuksaltirganingiz sari vijdoningizning ogʻirligi ortib boraveradi. Lekin dard chekish boshqa, tushkunlikka tushib, zulmatga choʻkish boshqa!
Muvaffaqiyat “jafo-safo” qoidalari bilan rivojlanadi: Yaʼni yuksalish yoʻlida jafolarni boʻyinga olib chiqasiz, ilgarilaganingiz sari, alal oqibat safoga erishasiz. Safoga taqalib qolsangiz, oxir-oqibat jafoga yoʻliqasiz. Hech kim bu azaliy imtihon toʻridan qochib qutulolmaydi. Mashaqqat bilan boshlangan ishni yakunlash oson kechadi. Koʻtarilish qiyin boʻladi, ohista suzulish rohat. Urush beshafqat, zafar zavqdir. Oʻrganish mashaqqatli, erishish halovatlidir. Turmush achchiq zaharlarni yutishga majbur qilsa-da, oila qaynoq taftli panohdir. Anglaganingizdek, mashaqqatni yelkasiga ortmagan muvaffaqiyatga musharraf boʻlolmaydi.
Bu borada Mavlono Jaloliddin Rumiy shunday deganlar: “Qayerda dard boʻlsa, davo oʻsha yerga boradi. Qayer pastlik boʻlsa suv oʻsha yerga qarab oqadi. Bulut yigʻlamasa, yashillik qanday kuladi? Bola yigʻlamasa, sut qayerdan joʻshsin?! Kulgu koʻz yoshlarda yashiringan. Ey pok va sodda kishi! Xazinani vayronalardan izlagin! Bor, oʻzingga dard izla, dard top; dardlar ichidan bir dard tanla oʻzingga! Qorongʻuda yulduzlar qanday yoʻl koʻrsatsa, doʻstlarimizga ham alamlar, muammolar dengizida shunday yoʻl koʻrsatadi!”

Muhammad Boʻzdagʻ _ "Muhabbat anatomiyasi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
2024/06/19 10:23:07
Back to Top
HTML Embed Code: