SUBYEKTIV qaysi yoʻnalishlarda koʻproq video tayyorlashini xohlaysiz?
Anonymous Poll
46%
Surishtiruv
24%
Ilmiy-ommabop
6%
Ta’sirli hikoya
11%
Tarixiy
13%
Sayohat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV animatsiya yoki animatsion SUBYEKTIV)

Koʻrsatuvni toʻliq holda SUBYEKTIVning Youtube kanalida tomosha qiling.

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kulaylikmi, yigʻlaylikmi?

Holatingizni smayliklar orqali bildiring.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UzAuto Motors va mashinaga qaramlik haqida

😏 Kecha, 21-may kuni UzAuto Motors Chevrolet Lacetti avtomobiliga shartnomalar tuzayotganini e’lon qilmay, 3200 ta mashina sotish kelishuviga erishilganini xabar qildi. May oyining boshida ham shartnomalar ochilgani e’lonidan bir soatgina o‘tar-o‘tmas tugab qolgandi.

😔 Ikkinchi holat. Yaqindagina o‘z mashinasi uchun pul topaman deb Rossiyaga ishlash uchun ketgan 19 yoshli yigit baxtsiz hodisa tufayli vafot etibdi.

🤔 UzAuto monopoliyasi, O‘zbekistondagi ishsizlik darajasining yuqoriligini inkor qilolmaymiz. Lekin yuqoridagi ikki xabardan kelib chiqsak, mashinalar biz uchun qanchalik muhim o‘zi?

🫤 Bugun biz ularni qo‘shnimizga ko‘z-ko‘z qilish, kimlargadir o‘zimizni ko‘rsatib qo‘yish, hamma “ooo” deyishi uchun xarid qilyapmizmi? Yoki mashinalar biz uchun haqiqatdan ham ehtiyojlarni qondiruvchi oddiy vositami? Umuman, pul ishlab topishda mashina oliy maqsad darajasiga chiqishi qanchalik to‘g‘ri, deb hisoblaysiz?

@subyektivuz
SUBYEKTIVning qurilishlar haqidagi mavzusi muhokamalari hamon davom etyapti.

Masalan, kuzatuvchilar:

- qurilish uchun ehtimoliy samolyot “metka”lari faqat poytaxtda emas, Angren, Samarqand shaharlari, Andijon va Ellikqal’a tumanlarida ham borligini;

- qurilish egalari uy-joy qurish uchun maydonni katta mablagʻ evaziga qoʻlga kiritishlari, qurilish jarayonida “ega”larning koʻpligi ham kvartiralarning qimmatlashishiga ta’sir qilishi;

- quruvchi ishchilar esa yomon mehnat sharoitlarida ishlashayotgani, hatto yuvinish joylarining yoʻqligi, yotoqxonalar tashkil etilmasligi sababli bitmagan binolarning derazalariga sellofan tortib tunashlari haqida izohlarda yozishmoqda.

Dolzarb mavzu uchun koʻproq fikr bildiring. Hech boʻlmasa, smayliklar orqali. 😊

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana, yuqoridagi fikrlardan biriga yaqqol misol

Bloger Nikita Makarenko yozmoqda:

Bugun Yakkasaroy tumanidagi qurilish maydonchasida kuchli yomg‘irdan keyin chuqur devori qulab, ishchini bosib qoldi. Uning ahvoli noma’lum. Video voqea guvohi tomonidan suratga olingan.

Ishchilar va qurilish maydoniga qarang. Na maxsus kiyim, na qurilish dubulgʻasi bor. Xavfsizlik choralari koʻrilmagan
”.

Ma’lumot uchun, qurilishlarni bir-biriga bogʻliq boʻlmagan 4 nafar nazoratchi nazorat qilishi kerak.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Komment”laringizdan tayyorlangan video

Qonunlar toʻgʻri ishlasa, quruvchi qulogʻini qimirlatolmaydi”, - ekspert.

To'liq video Youtube’da!

@subyektivuz
Bir xabarga koʻzim tushib qoldi

2023-yilda Oʻzbekistondagi uy-joy narxlari aholi topish-tutishining oshishiga qaraganda 2 baravar tez oʻsgan. Bu esa oʻzbekistonliklarning uy olish orzusiga yetishlari 2 hissa qiyinlashdi, degani.

Shuncha uy-joy qurilsayam, narx tushmayapti. Odamlar ipoteka kreditlari juda qimmat boʻlsayam, olishga majbur boʻlmoqda. Nachora, uy kerak.

Qiziqib, ipoteka kreditlari boʻyicha dunyo mamlakatlari reytingiga qarasam, dahshat: Oʻzbekiston hozirgi davrda iqtisodiyoti barqaror boʻlmagan, inflyatsiyasi oʻta yuqori, ayrimlari sanksiyadagi Argentina, Turkiya, Venesuela va Erondan keyingi 5-oʻrinda turibdi - 21 %.

Yuqoridagi davlatlarda iqtisodiy tanglik ma’lum va ular oʻz yoʻliga. Ularning qatoriga tushib qolgan O'zbekistonda esa ipoteka kreditlarining qimmatligi banklararo raqobatning pastligi, valyuta kursining beqarorligi va kredit resurslarining cheklanganligi sababli yuz beradi.

@subyektivuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#unuttirmaymiz

Odatda ijtimoiy tarmoqlarda biror tanqidiy xabar yoki ma’lumot chiqsa, mas’ullar keyingi trend chiqquncha yoki jim turishadi, yo mavzu unutilguncha biror vaqtinchalik munosabat bilan jamoatchilikni tinchlantirib turishadi. SUBYEKTIV #unuttirmaymiz heshtegi bilan shunday holatlarning “holidan xabar olib turish”ni maqsad qildi.

Xabaringiz bordir, yaqinda sobiq Milliy xavfsizlik binosi atrofidagi yarim asrlik daraxtlarning ayrimlari Qibray tumaniga koʻchirib oʻtkazilgani aytildi. Va bu amaliyot Oʻzbekistonda birinchi marta boʻlayotgani, ularning yashab ketishiga kafolat borligini ham aytishdi.

Bugun 30-may. Bugundan boshlab shu daraxtlarning yashab ketishini tez-tez kelib, koʻrib ketamiz. Qani, rostdan ham ular yashab ketar ekanmi? Xullas, unuttirmaymiz.

@subyektivuz
SUBYEKTIV
#unuttirmaymiz Odatda ijtimoiy tarmoqlarda biror tanqidiy xabar yoki ma’lumot chiqsa, mas’ullar keyingi trend chiqquncha yoki jim turishadi, yo mavzu unutilguncha biror vaqtinchalik munosabat bilan jamoatchilikni tinchlantirib turishadi. SUBYEKTIV #unuttirmaymiz…
Afsuslar boʻlsinki, daraxtlarning koʻchirilishi juda kech noqonuniy deb topilib, holatga nisbatan endi jinoyat ishi ochildi

Bu haqda hammayoqda gapirildi. Kun.uz’da maqolalar chiqdi, blogerlar qancha yozdi, SUBYEKTIV ham shu achinarli holat sabab #unuttirmaymiz loyihasini boshlab yubordi (u davom etadi).

Butun boshli poytaxtning qoq markazidan oʻzboshimcha kesib, yulib olib ketilgan daraxtkushlarga endi ish ochildi.

Nima boʻlsa ham, koʻchirilgan daraxtlar yashab ketishi kerak. Jarayonlarni kuzatamiz va #unuttirmaymiz.

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV
SUBYEKTIV qaysi yoʻnalishlarda koʻproq video tayyorlashini xohlaysiz?
Doʻstlar! Qaysi yoʻnalishda mavzu tanlagan ma’qul, deyilgan postimizga koʻpchilik oʻz fikrini bildirgandi. “Oʻzingiz mavzu topolmay qoldingizmi?” deb yozganlar ham boʻldi. 😅👍

Bizga sizlarning qiziqishlaringiz muhim! Qanday izoh yozmang, biz uchun ajratayotgan qimmatli vaqtingiz hisobiga boʻladi. 🤝

Evaziga hammaning talab va takliflari asosida SUBYEKTIV yaqin kunlarda qiziq va ahamiyatli boʻlgan navbatdagi koʻrsatuvni taqdim qiladi. ⚡️

Koʻp intriga boʻlayotgandir, balki. Lekin uzoq tadqiqotlar, izlanishlar, ishtirokchilar sonining koʻpligi, tahlillar va tarjimalar vaqtimizni olib qoʻydi. Xullas, kuttirganga arziydi.

Bu safar ham jamiyatning yana bir nechta ogʻriqli mavzulari koʻtariladi. Vaqtingiz va e’tiboringizga arziydigan kontent boʻladi, degan umiddamiz. Tez orada “jonlanib” qolamiz. Oz qoldi… ⌛️

Post barcha uchun juda qiziq boʻladigan yana bir ma’lumot topilganidan ilhomlanib yozildi))

@subyektivuz
Oʻzbeklar! Tez kunda!
SUBYEKTIVda!


Toʻrtovlondan qaysilari haqiqiy oʻzbek millatiga oʻxshaydi yoki aksincha, deb oʻylaysiz? Fikrlarga SUBYEKTIV DNK aniqlik kiritadi.

Ular orasida Amerika hindularidan Andaman aborigenlarigacha genetik qarindoshlar bor)

@subyektivuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshagimiz suvdan oʻtdi)

Chilonzor tumani, Novza koʻchasi

@subyektivuz
Tarqalamiz! Koʻchma skameykalar “Gʻafur Gʻulom” bogʻidan vaqtincha olib kelingan ekan. Ja oʻtirgingiz kelsa, oʻshayoqqa boraverasizlar)))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV
Video message
Chilonzor tumani prokuroriga respect! Holatga oʻzi e’tibor qaratibdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/30 11:11:39
Back to Top
HTML Embed Code: