​​Hurmatli Boris Jonson!

Umid qilamanki, bu maktub sizni stolingizdan joy topadi, pishloq yoki muzlatgichingizga chalg’ib qolmaydi (axlatga ketmaydi).

Kecha vazirlaringizdan biri televideniyaga chiqdi va hayot inqirozi bilan kurashayotgan odamlarga "ko'proq soat ishlashni" yoki "yaxshiroq ish topishni" aytdi (Londoncha qovun)

Men bu yerda LinkedIn’da tezkor so‘rov o‘tkazdim, natijada 300 ga yaqin respondentning 87 foizi qo‘shimcha ish soatlari uchun qo‘shimcha pul ishlash imkoniga ega emasligini aniqladim.

Bu unchalik oson emas!

Ko'p odamlar uchun ikkinchi ishga joylashish ularni ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini buzishiga olib keladi va bu soliqqa tortish bilan bog’liq muammolarga sabab bo’ladi.

Buni derazadan tashqari gap deyishadi (Aql hijolat)

Iltimos, ko'proq ishlashga qodir bo'lmagan odamlar uchun eng yaxshi yechimni bera olasizmi?

Men Maklin xonimning “yaxshiroq ish toping” degan ikkinchi fikrini biroz tadqiq qildim.

O'ylab ko'ring, agar xohlasangiz, ONS tomonidan xabar qilinganidek, o'rtacha Buyuk Britaniyadagi to'liq kunlik ishchi uchun o'rtacha ish haqi yil davomida 31,772 funt sterlingga teng.

Soliq va milliy sug’urta to’lovidan keyin bu ko'rsatkich 25,030 funt sterlinggacha kamayadi.

79 funt sterling (3%) pensiya to'lovlari va uning 89 funt sterlinglik talaba krediti to'lovi bizning Joannani (Zulayhoni) o'rtacha oyiga 1,963 funt sterling bilan qoldiradi.

Joannaning erkak sherigi Jo (Jo’rabek) Buyuk Britaniyada o'rtacha 25,971 funt sterling maosh oladi.

Soliq, sug’urta va pensiya to’lovi oyiga 1741 funt sterlingni shundoq yeb qo’yadi.

Ma’lumot uchun, bu yerda Buyuk Britaniyada to’rt kishilik oilaga asoslangan o‘rtacha yashash xarajatlari keltirilgan.

🏠Ijara/ipoteka toʻlovi – £1060

⚡️2021-yilda oʻrtacha energiya toʻlovi oyiga 95 funt sterlingni tashkil etdi, ammo bizning oʻrtacha oilamiz oʻrtacha energiya isteʼmol qilishiga asoslanib, bu oyiga 153 funt sterlinggacha koʻtariladi.

📈Hokim soliq toʻlovi - £189

💧 Suv uchun £33.

💻TV kabel va statsionar telefonlar Joannaga o'rtacha oyiga 44 funt sterlingga aylanadi..

📱Telefon to'lovlari har oyiga £45,60.

🚝Endi siz Joanna va Jo larni har kuni ofisga kelib ishlashlarini xohlaysiz, shunda ularning transport harajatlari o'rtacha oyiga £288 ga aylanadi.

👨‍👩‍👧‍👦 Joanna endi ofisda ishlagandan so‘ng, chaqalog’i to‘liq vaqtli bolalar bog‘chasida qolishi lozim, ikkinchisi bola esa oilaviy bola parvarishi enagalariga topshirilsa xarajatlar £1303,24 ga aylanadi.

🥘Oilani boqish oyiga 424 funt sterling turadi.

Bu bizning o'rtacha oilamizda har oyda 118,56 funt sterling bo'sh qoladi. (Ya’ni ortishi mumkin bo’lgani)

Ishonchim komilki, oktyabr oyida bizga va'da qilingan qo'shimcha energiya harajatlarini ko'tarilishi buning ko'pini ko'rsatadi.

Siz uy xo'jaligining o'rtacha byudjetini baholagandan so'ng, Joanna yoki Jo o'zlarini malakasini oshirish uchun pulni qayerdan topishlarini kutasiz? (Ta’limga pul qomidiku deyapti)

O'rtacha maoshdan yuqori bo'lgan ishlarni qayerdan topish mumkin? (Kinoya)

Milliy matbuotda siz bilan muntazam intervyu qilib turadigan tengdoshlarimning hech biri sizni javobgarlikka tortishga qodir emasligi sababli, men buni o'zim qilishga qaror qildim (savol so’rashga qo’rqadi demoqchi)

Bizning misoldagi mehnatkash oilamiz ikki maoshga o'zini bemalol boqishi kerak.

Ikkalasi ham to'liq ishlayotganiga qaramay, yashashga qurbi bazo’r yetayapti.

Siz Joanna va Joga bosh vazir bo’lib bu vaziyatda qovun vazirlaringizdan farqli o’laroq qanday yechim berasiz?

Hurmat ila,
Kler Uilson

Oramizdagi gaplar turkumidan…

@londoners_diary
Futurizm - Kardashev shkalasi

Atrofga nazar solsangiz, har daqiqalarda yangi kashf qilinayotgan ilm-fan yangiliklarini ko'ramiz, eshitamiz, lol qolamiz. Fikr qilsak, jamiyatning burilish (tugash) nuqtasiga yaqinlashayotgandekmiz. Taniqli nazariyotchi fizik Michio Kakuning fikricha, keyingi 100 yillikdagi ilm-fan bizning kelgusi asrda halok bo'lishimizni yoki gullab-yashnashimizni tahmin qilishimizga vosita bo'ladi. Biz 0-toifa sivilizatsiyasi bo'lib qolamizmi yoki oldinga siljib, yulduzlarga yo'l olamizmi? (Ilon Musk shu yo'lda jon fido qilyapti)

Olimlarning ta'kidlashicha, sivilizatsiya o'sib borishi uning energiya talablari o'sib borishiga sababchi bo'ladi. Ya'ni qanchalik zamon taraqqiy etsa, energiyaga bo'lgan ehtiyoj ortadi.

Boshizni qotirmay?! Hop qisqa qilaman.

Kardashev shkalasi - sivilizatsiyaning texnologik taraqqiyot darajasini u foydalanishga qodir bo'lgan energiya miqdoriga qarab o'lchash usuli ekan. Ushbu nazariy ilm 1964-yilda sovet astronomi Nikolay Kardashev tomonidan taklif qilingan. O'lchov faraziy bo'lib, kosmik miqyosda energiya sarfini hisobga oladi. Koinot va uni ortidagi mavjud kuch-quvvat va energiyalarni boshqarish darajasiga ilmiy nazar bilan qarab 0 dan 7 gacha shkala (daraja) hisoblagan.

1-daraja (sayyora sivilizatsiyasi)
2-daraja (yulduzli sivilizatsiya)
3-daraja (galaktik sivilizatsiya)
4-daraja (universal sivilizatsiya)
5-daraja (multiversal sivilizatsiya)
6-daraja (katta oʻlchovli multiversal sivilizatsiya)
7-daraja (ijodkor sivilizatsiyasi)

Futurizmga qiziqqanlar uchun bu mavzuni chiroyli yoritib bergan ushbu manbaani ko'rib qoldim, umuman Google orqali Kardashev kimligiga qiziqsangiz ham bir olam ma'lumot chiqadi. Safsata bilan shug'ullangandur lekin katta ilm qoldirgan olim ekan. Bilimni tagiga chuqurroq kirsangiz - biz bilgan o'sha bir haqiqatga olib borar ekan. Dunyoning yaratuvchi egasi borligiga.

"Allohdan boshqa hech qanday kuch va quvvat yo'q. Barcha kuch va quvvat faqat Allohdandir! U istasa o'zi istagan miqdorda insoniyatni bilishga ilhomlantirib qo'yaveradi"

@londoners_diary
Hamma maktabni bitirib bo'ldimi? 🫠

Olamda nima gap ekan deb internetga kirsam bitiruvchilar haqida ijtimoiy tarmoqlar to'lib ketibdi "kattalarning" "kichiklarga" tavsiyalariyu "amaldorlarning" qutlovlari bilan. Instagram avlod "vaynlarni" gapirmasa ham bo'ladi. Bu yaxshi, har holda e'tibor!

El qatori gap ochadigan bo'lsam, Kaminani ham maktabni bitirganiga 13 yil bo'libdi. Bundo o'tgan 9 yilimni analiz qilib ko'rib, qayd qilib qo'ygim keldi.

Maktab davrida amalga oshira olgan 3 ta eng foydali va 3 ta eng zararli (befoyda) ishim!

4-sinfligimda "Kara jadvalni" yodlaganim.

5-sinfdan - 8-sinfgacha darsdan tashqari "suzish" va "arab tili"ni o'rganishga borganim.

9-sinfligimda maktab direktoridan eshitgan "O'g'lingiz egoist, atrofidagilarga yordam bermaydi" degan dakkim.

5-8 sinfimda "Informatika" fanini o'qimasdan "kompyuter" o'yinlariga vaqt sarflaganim.

Rus tili fani o'qituvchisi "onamni sinfdoshlariku" deb bilim uchun emas bahoga o'qiganligim.

"Karyera" tanlashdagi beqarorlik, maqsadsizligim.

Bu mavzuga Linkedin kompaniyasiga rahbarlik qilgan Reid Hoffman chiroyli xulosa bergan edi yaqinda (ingliz tili biladiganlar ko'rib ulgurishgandur).

@londoners_diary
Qirolicha buvijonimiz Elizavetta II ni monarx sifatida taxtda o’tirganlariga 70 yil to’lishi munosabati bilan kelasi hafta xalqga 4 kun dam olish kuni berilarkan. Asosiy ko’chalar mehr berib bezatib ulgurildi.

P.s Aksiga olib oddiy xalq dam ol desa ishga chopishadi, sababi “bank holidays” ya’ni o’sha kunlari kunlik ish haqqi ikki barobar to’lanar ekan.

@londoners_diary
London - Parij, Nyu-York va Moskva shaharlarini ortda qoldirib, tirbandlik bo'yicha rasman dunyodagi "eng yomon shahar" deb topildi.

Bugun INRIX tashkiloti so'rovnoma natijalariga asosan, 2021-yil uchun London shahrini eng tirband shahar deb e'lon qildi. Haydovchilar tirbanlikda yil davomida taxminan 148 soat vaqt yo'qotganlar.

Kunduzlari shaharda soatiga 20 mph tezlikda harakatlanasiz omadiz kelsa (bu tahminan 30 km soat degani). Balkim shu sabab, avariyalar kamdur.

Agar siz Toshkentdagi tirbandlik haqida noliyotgan bo'lsangiz, hotirjam bo'lavering, bundan yomonroqlarida yashayapmiz. 😀

@londoners_diary
Bugun Londonda - Ride London 2022 velomarafoni.

Erta tongdan, so'fi azon etmasdan, xo'rozlar qichqirmasdan, o'zini Londonlik hisoblagan velosipedi borlar marafonga otlanishdi. 2013-yildan beri o'tkazilib kelinadigan hayriya tadbirida ko'pchilik ishtirok etarkan.

1 oydan beri mani Transport vazirligi (TFL) ogohlantirib kelayotgandi 29-may sanasida ba'zi bir yo'llar yopiladi, avtobus, transport qatnovlarda uzilish bo'ladi harakatini shunga yarasha qil deb.

Asosan o'rta yoshdagi, "family" oriented (oila qadriyatlariga ega), biroz intelligent va sportsevarlar qatnashyapti. Londonni ko'pchilik shataloq o'tar yoshlari "kechagi bazmu javshid"dan so'ng tirrak o'tib uxlayapti yakshanbada!

@londoners_diary
Bugun bayram bugun bayram Londonimizda Jubili bayram 😅

Avvalroq yozganimdek, bugundan hamma 4 kunlik dam olishga chiqdi. Qirolicha 4 kechayu 4 kunduz xalqga bayram qilib bervottilar (odamlar narxlar oshayotganidan biroz chalg’isin deb)

Qitmir Boris amaki Ukrainaga yana qiruvchi raketali harbiy texnikalarni yetkazib berish bilan ovora. Londonni Jahongir akasi Sodiqxon esa bizni tilimiz bilan aytganda, iyun oyida xalq bilan ochiq muloqot o’tkazvottilar. Shartta, ro’yhatdan o’tib savolimni tayyorlab qo’ydim.
Kecha Hillary Klinton opa kelgandilar, o’zi shu oy juda ko’p kazo-kazolarni Londonga qatnovi tezlashib qoldi.

Tinchlik bo’lsin! Osmoni musaffo yurtimizga eson-omonlikda qaytaylik 😊

@londoners_diary
Live stream started
Live stream finished (26 minutes)
Uzr, bilmasdan orqamdan yomg’ir ergashib kelibdi 😅☔️🌧

Londonda yurganday bo’lsin deb))

@londoners_diary
​​“Mirjalol, qayerga ketib qolding?” deyotgandek hafa 🤓🤓🇺🇿

Bugun Boris amaki hurmatlari borida joylarini bo’shatmoqchilar…

Eplay olmagandan keyin mard bo’lib ketish ham jasorat.

@londoners_diary
Kayfiyatni ko'taruvchi email 📨

Ish faoliyatim davomida O'zbekistonda hech qaysi bir "davlat idorasi vakili" tomonidan elektron xat olmaganman! Balkim biror zarurat bo'lmagandur!

Lekin bir begona davlat, mendaka musofirni holidan habar olib turish maqsadida elektron pochta orqali (rassilka) bo'lsa ham yo'qlab turadi.

- Priyatnooooo!!! 😎

Santander Cycles narxlari 12-sentyabrda o'zgarishi haqida ogohlantirib, David aka (London Hokimiyatini Transport boshqarmasidan) "personalno" xat yuboribdilar.

(Bu yerda gap - Shaxsiy ma'lumotlar bilan qanday ishlash mumkinligi haqida ketyapti)

@londoners_diary
Channel name was changed to «Londoner's Diary - Home 🏠»
🥲🥲🥲
Qirollik veb-saytida o'z taziyasini qoldirmoqchi bo'lganlar uchun maxsus xizmat ishga tushirildi. 💡

https://www.royal.uk/send-message-condolence

Shu bilan @londoners_diary blogchasini ham rasmiy tugatib qo'yaqolaman.

Barchaga tashakkur!
2024/06/28 19:57:24
Back to Top
HTML Embed Code: