Telegram Group Search
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi. https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/yunusobod/ Telegram…
Veolia Energy Tashkent sovuq suv quvuridagi nosozlik tufayli 4-IM qozonxonasida bosim pasayib ketgani va belgilangan standartlarga muvofiq ishlay olmasligini bildirdi.

Qator hududlar aholisi issiq suv taʼminotida uzilishlarga duch kelgan.

Kompaniyaga koʻra, nosozlik “Oʻzsuvtaʼminot” tomonidan toʻliq bartaraf etilishi bilan issiq suv taʼminotini tiklash ishlari boshlanadi.

Telegram | Instagram | YouTube
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/india/

Telegram | Instagram | YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 4-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,15 soʻmga qimmatlab, 12 584,05 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa biroz tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | YouTube
30-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qanot Sharq aviakompaniyasining Toshkent-Budapesht-Toshkent yangi reyslari ishga tushirilishi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/qanot-sharq/
Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun elektron (raqamli) dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi, bu qonunni parlamentdan o‘tkazishga uchinchi urinish. Deputatlardan biri hujjatdagi kamchiliklarga to‘xtalib, “fojiaviy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/digital-evidence/

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/flood/

Telegram | Instagram | YouTube
Yunusoboddagi toshqin

Chorshanba kuni Yunusobod tumanidagi magistral suv quvurining yorilishi oqibatida 6-7-mavze koʻchalari va hovlilarini suv bosdi.

Hodisaga nima sabab boʻlgani, suv toshqini koʻlami va odamlar bu holatda qanday yoʻl tutgani — videoreportajimizda.

https://youtu.be/M2HOgMQv1fU

Shohruh Haydarov, Maʼmurjon Obrahmatov
Ostona shahrida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini tez fursatda qurish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/mirziyoyev-jinping/

Telegram | Instagram | YouTube
Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/space/

Telegram | Instagram | YouTube
Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligi subyektlariga ekinlar hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining 50 foizi, biroq sug‘urta summasining 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/agriculture/

Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo kabi tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/uzb-pak/

Telegram | Instagram | YouTube
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/ad/

Telegram | Instagram | YouTube
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-may oylarida O‘zbekiston xorijga oltin sotishni sezilarli darajada qisqartirgan. Fevral-mart oylarida 23 tonna oltin eksport qilingan bo‘lsa, aprel-mayda ko‘rsatkich 1 tonnani tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/gold/

Telegram | Instagram | YouTube
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida suv quvuridagi avariyani bartaraf etish ishlari yakunlandi. Suv ta’minoti tiklandi. Yerto‘lalarda namlik borligi uchun elektr hozircha ulanmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/yunusabad/

Telegram | Instagram | YouTube
Jo Baydenning Donald Tramp bilan debatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishi Demokratik partiya ichida vahima va uning nomzodini almashtirish haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris eng yaxshi alternativ hisoblanyapti, deb yozdi Reuters.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/kamala-harris/

Telegram | Instagram | YouTube
3-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🌊 Yunusobodda suv toshdi: sabablar, oqibatlar, mas’ullardan qarama-qarshi bayonotlar.

🇨🇳 Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi.

🇵🇰 O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda.

🕳 O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tunnel aniqlandi, 1 mlrd so‘mlik dorilar olib qo‘yildi.

👨‍⚖️ Sud “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

💻 Ilgari 2 marta rad etilgan elektron dalillar to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda 3-marta ko‘rilmoqda.

📹 Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
Andijon viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgan Marufxon Xodjayev “Hududgazta’minot” AJning yangi rahbari bo‘ldi. Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/04/marufxon-xodjayev/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident farmoni bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Uning tuzilmasidagi tashkilotlar va qo‘shimcha funksiyalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/04/pre-school/

Telegram | Instagram | YouTube
❗️“Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Loyihalarni 26-iyulga qadar kiritish mumkin. Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/04/tashabbusli-budjet/

Telegram | Instagram | YouTube
2024/07/04 05:11:53
Back to Top
HTML Embed Code: