Lekin inson xato o‘ylaydi, hatto hamma narsani o‘ziniki deb biladi. "Ega bo‘lgan narsalarimni tark qilsam, dunyo ham tugaydi, hammasi tamom bo‘ladi", deb o‘ylaydi. Vasvasaga tushib qolib, mol-dunyosidan voz kecha olmaydi, shuhratini oyoq ostiga olib, eza olmaydi. G‘alati narsa a? Holbuki, bu dunyo tushga o‘xshaydi. Tushingizda ko‘rgan narsalaringizni uyg‘onganingizda topa olasizmi? Yoki tushingizda ega bo‘lgan mol-davlatni uyg‘onganingizda ko‘rmasangiz xafa bo‘lasizmi? G‘am-tashvish chekasizmi? Yo‘q albatta. Aytmoqchimanki, bu dunyo ham bir tushdir. Bu tush dunyosida sizniki bo‘lgan narsalar aslida sizniki emas. Inson ularga nisbatan egalik ham qila olmaydi. Axir hatto o‘zi ham o‘ziniki emas-ku! O‘ziga ega bo‘lmagan inson boshqa narsalarga qanday qilib egalik qilsin?
#Men
@afiyfun
#Men
@afiyfun
#Juma
Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi Juma kunidir!
Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ko’proq salovat aytish sunnat.
“Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg’ambarga salovat ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovat ayting va salom yuboring”.
(Ahzob surasi, 56-oyat)
Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi:
“Juma ibodat kuni. Ramazon boshqa oylardan qanchalik afzal bo’lsa, juma boshqa kunlar ichida shunday afzallikka ega. Juma kunidagi duo ijobat bo’ladigan vaqt Ramazondagi qadr kechasi kabi qadrlidir”.
#Eslating

Shu kunlardagi hislar…
Inson bir musibatni his qilishi uchun o’sha musibat ustida yashab ko’rishi kerak ekan. Uch kun oldin Yaqin insonlrimdan biri omonatlarini topshirdilar. Jon uzilar payt men yonida bo’ldim, so’ngi daqiqalarini ko’rdim, yashadim, his qildim. Va tasavvur qildimki; o’rnida men bo’lganimda nima bo’lardi, aynan shu men uzoq deb o’ylagan o’lim, hozir menga yetib kelsa, hayotimni qanday yashadim, qanday holatda ketaman? Deb o’yladim, avval hech o’limni bunday yaqindan his qilmagandim. Huddiki, o’lim qarshimga chiqib: “Sen bilan ham bir kun ko’rishamiz” degandek edi go’yo, muzladim, holatimni ko’rganlar qo’rqib ketdi deb o’ylagandir balki. Ha qo’rqdim, ular o’ylagani kabi o’lik jasaddan emas, o’limning o’zidan qo’rqdim, ilk bor o’limni huddi yonimdagidek his qildim. Agar hozir o’lsam qanday ketardim? Gunohlarim ko’p, g’aflatim naqadar uzun. Biror bir qabul bo’lgan amalim bormi? Degan savollar qalbimni tirnadi…
Bir tasavvur qilib ko’ring, bugun o’ldingiz. Hayotingizni qanday yashadingiz?

#Sunnatdan_duo
اللهمَّ إني عبدُك وابنُ عبدِك وابنُ أَمَتِك ناصيتي بيدِك ماضٍ فيَّ حكمُك عَدْلٌ فيَّ قضاؤُك أسألُك بكلِّ اسمٍ هو لك سميتَ به نفسَك أو أنزلتَه في كتابِك أو علَّمتَه أحدًا مِنْ خلقِك أو استأثرتَ به في علمِ الغيبِ عندَك أنْ تجعلَ القرآنَ ربيعَ قلبي ونورَ صدري وجلاءَ حُزْني وذَهابَ هَمِّي
Allohim men Sening qulingman, qulingning farzandiman, choʻringning farzandiman. Peshonam sening qo'lingda, menga hukming adolatli. Sendan Oʻzingni u bilan atagan, yo Kitobingda nozil qilgan, yo bandalaringdan biriga oʻrgatgan yo huzuringdagi gʻayb ilmiga kiritgan har bir isming bilan so'rayman: Qur’onni qalbimning bahori va ko‘ksimning nuri, dard-alamlarimdan chiqish va tashvishlarimdan xaloslik qilgin.

- Eshit bolam. Bugungi odamlar dunyo degan narsani faqatgina ismi va jismi bilan taniydi. Biz - g’aflat zamonida tug’ilgan g’ofil insonlarmiz. Biz «Dunyo biz uchun yaratilgan, u bizniki», deb o’ylaymiz. Holbuki, dunyo har bir musofirga «Men senikiman» deb, uning qalbini o’g’irlab, o’zini tashlab ketadi.
#Men
@afiyfun
#Men
@afiyfun